O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti farmasevtik texnologiya fanidan mustaqil ish mavzu: Suspenziyalar texnalogiyasida ishlatiladigan stabilizatorlar,tabiiy va sun’iy stabilizatorlar haqida


Download 69.07 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi69.07 Kb.
#1161758
Bog'liq
x.sh farm tex

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI Farmasevtik texnologiya fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Suspenziyalar texnalogiyasida ishlatiladigan stabilizatorlar,tabiiy va sun’iy stabilizatorlar haqida Bajardi: Xudayshukurov Shahzod Tekshirdi:Rizayeva Nilufar Toshkent 2022

Suspenziyalar - mikrogeterogen sistema bo'lib, qattiq dispers faza va suyuq dispers muhitdan iborat. Qattiq moddalarning suspenziyadagi zarraehalar kattaligi 0, I dan - I mkm gaeha, qo'poli,dispers suspenziyalarda 1 mkm dan ortiq. Dorixona amaliyotida kO'pincha suspenziya holida beriladigan dorilar qattiq moddalar bo'lib, suvda juda kam eriydigan yoki amalda erimaydigan preparatlardan tashkil topadi

Suspenziya lotincha dispergere tarqalrnoq so'zidan olingan bo'lib, qattiq faza zarrachalari dispers muhitda osilma holida tarqalgan bo'ladi. 1. Dispers faza dispers muhitda erimasa. 2. Eritma tarkibidagi modda miqdori eruvchanlik chegarasidan ortiq bo'lsa. 3. Ikki xii tabiatli erituvchining qo'shilishidan moddaning eruvchanligi yomonlashsa (Zarracha yiriklashi kuzatilada). 4. Eritmada erigan moddalaming kimyoviy reaksiyasi natijasida erimaydigan yangi modda yuzaga kelsa.

Suspenziya tarkibida asosan ichishga mo'ljallangan dori moddalar bo'lib, bu dori turlari murakkab tarkibli suyuq dorilar qismida ko'p uchraydi va ularni amaliyotda mikstura deb ham yuritiladi. Miksturaning suspenziya turi sifatida ahamiyati shundaki, suvda erimaydigan dori moddalar yuqori darajada disperslangan (maydalangan) bo'lib, kukunlarga nisbatan organizmga tezroq so'riladi va samarali davolash xususiyati bo'ladi.

Mikstura - suspenziyalar yetarli darajada turg'un bo'lishi kerak. Bundagi zarrachalamingjuda sekin-asta cho'kishi miksturalarni ichish davrida yetarli darajada to'g'ri dozalarga bo'lish imkoniyatini yaratadi. Shunday bo'lishiga qaramay, mikstura -suspenziyalar tarkibida zaharli va kuchli ta'sir ko'rsatadigan moddalar berilmaydi. Miksturasuspenziyalar shubxasiz, suzilmaydi va filtrlanmaydi

Suspenziyalar zollardan farqi diffuziyalanmaydi, ulardagi osmotik bosim va kinetik energiyasi, zarrachalami betartib harakatlanishi bilan bog'liq. Shuning uchun suspenziya turg'unligi fazaning harakati, uning dispers darajasiga, muhitning qovushqoqligi kabi omillarga bog'liq bo'larli (cho'kadi).

Bundan xulosa qilib, suspenziyalami tayyorlaganda ulaming zarrachalarini kattaligi 10 mkm dan oshmaydigan qilib olish kerak (dorixonadagi suspenziyalar ko'p dispersli sistemadir). Shunday qilganimizda mikstura tarkibidagi suspenziya zarrachalari cho'kmaga cho'ktirmay, dozalarga bo'lishda xatolikka yo'l qo'ymasdan, o'lchab olish uchun yetarli imkoniyat yaratilad

Dorixonada tayyorlanadigan suspenziyalar uchun Stoks formulasi qo'llanilib, bunda yuksak darajada dispers sistema saqIagan, zarrachalari qat'iy yumaloq shaklda, butulllay qattiq va tekis bo'lishi ko'zda tutilgan. Ammo ko'p miqdordagi mikstura, suspenziyalar va boshqa oddiy suspenziyalar ham bu talabni qanoatlantirmaydi. Dori moddalarning disperslangan zarrachalari har xiI shaklda bo'lishi mumkin.

Gidrofob xususiyatiga ega bo'lgan zarrachalar o'z-o'zidan stabillangan suvli pardani hosil qilolmaydi, chunki osonlikcha o'zo'zidan yuz beradigan (molekulani tort ish kuchi ta'sirida) yopishqoq massa, oxirgi davrda esa parcha agregatlar hosH qilib, keyin tezda cho'kmaga tushadi.

Bunday hodisaning nomi flokulatsiya deb ataladi. Qattiq faza sirtining yomon ho'llanishi natijasida, havo pufakchalari yopishishiga yordamlashadi. Shuning uchun suspenziyalarni havo pufakchalari bilan chayqatilsa, flokulatsiya hodisasi kuchayadi. Biroq gidrofob liofil zarrachalarni suvga munosabatini tubdan o'zgartirish irnkoniyatlari bor va uni arnaliyotga tatbiqi suspenziyalarning agregat turg'unligini oshirishi rnurnkin.

Stabillash usullari bir qancha. Suvli dispersion rnuhitda, shuningdek, qutbli organik suyuqliklarda (rnasalan, spirtda) suspenziya zarrachalarining sathi rna'lurn ishorali dzeta-potensial bilan stabillanishi rnumkin. Liofob zolida mitsella mag'izining zaryadlanishi (ionlarning eritmadan shirnilishi va dissotsialanishi yoki qattiq faza yuzasidagi qatlarnni gidrolizlanishi) kabi suspenziyalarda dzetapotensialning vujudga kelishini shunday izohlasa bo'ladi.

Bu turdagi suspenziyalami tayyorlashda shuni bilish kerakki, ularga qo'shilgan rna'lurn konsentratsiyadagi elektrolitlar ular turg'unligini oshiradi. Elektrolitlaming konsentratsiyasini oshirish natijasida turg'unligini oshirmasdan koagulatsiya yuzaga keladi.Suspenziyalami eng kuchli himoya qiladigan - yuqori molekulali birikmalardir. Bu birikmalaming eritmalari nafaqat o'zlari kattaturg'unlikka ega bo'libgina qolrnay, bu xossasini gidrofob zarrachalarga ham olib beradi

Ko'rsatilgan birikmalaming stabillash xususiyati suspenziyalarda shundan iboratki, suspenziya zarrachalari sirtida gidratli himoya qatlarnini hosH qiladi hamda bu zarralami uzun marjonsimon nakromolekula bilan o'rab oladi. Shunga e'tibor berish kerakki, suspenziya va kolloid eritmalarning orasida yaqinlik bor.

Liofobli zollarni koagulatsiya o'tish bosqichida suspenziyalarni ko'rish murnkin. Chunki, koagulyatsiya tugallanish vaqti zarrachalami katta-kichiklikda yopishqoq massani hosil qilishi suspenziyalarga xoslikni ko'rsatadi. Suspenziyalarni doTi moddalardan uch xii usul bilan olish mumkin. I. Qattiq dori moddalarni dispersion muhitda yuqori dispersli (o'zining tabiatiga qarab) loyqalash yo'li bilan. 2. Dispergirlash (mexanika) usuli. 3. Kondensatsiya yo'li bilan.

Dispergirlash shundan iboratki, qo'pol dispers moddalarni kerakli dispers darajasiga yetkazish uchun ularni dispersion muhitda ezish mumkin. Kondensatsiya usuli asosida boshqa qonun-qoida yotadi: - zarrachalarning yiriklashishi va ko'z bilan ko'rinali holatda bo'ladi. Ba'zi holatlarda cho'kmaga tushishi mumkin. - molekulalar birikmalarining zarrachalari yirikroq agregatlar bo'lib, katta-kichikligi haqiqiy suspenziyalarga xos (kolloid zarrachalaridan o'tish davri).

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 69.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling