O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet1/39
Sana28.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39


 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH 
VAZIRLIGI  
 
TOSHKENT FARMASEVTIKA 
INSTITUTI 
 
 
TOKSIKOLOGIK, ORGANIK VA BIOLOGIK KIMYO KAFEDRASI 
 
 
 
TOKSIKOLOGIK KIMYO FANIDAN FARMATSIYA FAKULTETI 
―FARMATSIYA‖ VA ―KASBIY TA‘LIM‖ YO`NALISHLARI UCHUN 
O`QUV- USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2016 


 
Tuzuvchilar:  
Yuldashev  Z.A.  Toksikologik,  organik  va  biologik  kimyo  kafedrasi  mudiri, 
f.f.d., prof.  
Zulfiqoriyeva D.A. -Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi dots. v/b, 
farm.f.n. 
Alixodjayeva    M.I.  -  Toksikologik,  organik  va  biologik  kimyo  kafedrasi  dots., 
farm.f.d. 
 
 
Taqrizchilar:  
 
Iminova I.M.  Toshkеnt farmatsеvtika  instituti, farmatsеvtik kimyo kafеdrasi  
dosenti, farm.f.n.     
Muslimov M.K. -Toshkеnt viloyati Sud-tibbiy ekspеrtizasi sud-kimyo                                      
laboratoriya  mudiri, k.f.n, dots.  
 
 
 
 
 
 
O`quv  uslubiy  majmua  soha  uslubiy  kengashida  muhokama  qilindi  vatasdiqlash 
uchun tavsiya etildi.15 iyun 2016 yil  11- sonli bayonnoma  
Soha uslubiy kengash raisi:                       M.A.Tojiyev 
 
O`quv uslubiy majmua MUK da  ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. 
―___iyun‖ 2016 yil   ____- sonli bayonnoma 
 
 
Kelishildi: markaziy uslubiy kengash raisi                               S.U.Aliyev 
 
 
 
 
 
 
 


 
MUNDARIJA 
 
 
1.
 
Ishchi dastur.................................................................................................6 
 
2.
 
Sillabus (o`qituvchining ish dasturi)..........................................................35 
 
3.
 
Modulni o`qitishda foydalaniladigan interfaol ta`lim metodlari............42 
 
4.
 
Nazariy materiallar.................................................................................... ...45 
 
4.1.
 
Toksikologik  kimyo  fanining  asosiy  bo‗limlari  va  fan  o‗rganadigan 
umumiy  masalalar,  uning    farmatsiya  fanlari  bilan  bog‗liqligi.  Toksikologik 
kimyo tahlilida o‗qitiladigan usullar. Ob‘ektlar. Uchuvchi zaharlarni suv bug‗i 
yordamida  biologik  ob‘ektdan  ajratib  olishning  nazariy  asoslari.  Zaharlarni 
suv bug‗i yordamida haydab ajratib olish Sianid kislota…..............................45 
4.2.
 
Biologik  ob‘ektdan  suv  bug‗i  yordamida  ajratib  olinadigan  zaharli 
moddalarni tahlil usullari. Formaldegid, sirka kislotasi, aseton……………...64  
4.3.
 
Biologik  ob‘ektdan  suv  bug‗i  yordamida  ajratib  olinadigan  zaharli 
moddalarni tahlil usullari. Fenol, krezollar. Anilin, nitrobenzol, toluol…........71 
4.4.
 
Alkilgalogenidlar 
(xloroform, 
xloralgidrat, 
to‗rtxlorli 
uglerod    
dixloretan). Toksikologik ahamiyati va tahlil usullari…………………….........81 
4.5.
 
Metil, etil, amil spirtlari va etilenglikol, ularning toksikologik ahamiyati. 
Kimyoviy  tahlil usullari…………………………….…………………………....87 
4.6.
 
Spirtlarni gaz  suyuqlik xromatografik usulda sifat va miqdoriy tahlili.95 
4.7.
 
Biologik ob‘ektni mineralizatsiyalab ajratib olinadigan zaharli moddalar 
guruxi. 
Metall 
kationlarini 
organizmdagi 
faoliyati, 
 
ob‘ektni 
mineralizatsiyalash usullari, mineralizatni denitratsiyalash usullari................97  
4.8.
 
Mineralizatni  kasrli  usulda  aniqlashda  xalaqit  beruvchi  ionlarni 
niqoblash.    Zaharli  metall  kationlarini  mineralizatdan  aniqlash.  Bariy, 
qo‗rg‗oshin    saqlovchi  zaharli  birikmalar  (tetroetilqo‗rg‗oshin),  ularni 
toksikologik ahamiyati, sifat va  miqdoriy tahlil usullari. Metallarni aniqlashni 
fizik-kimyoviy usullari……………………………………….……….……… .103 
4.9.
 
Kumush,  mis,  marganets,  xrom,  elementlarini  saqlovchi  zaharli 
birikmalar,  ularni  toksikologik  ahamiyati,  sifat  va  miqdoriy  tahlil 
usullari..…................…….....................................................................................115    
4.10.
 
Talliy,  rux,  surma  va  kadmiy  elementlarini  saqlovchi  birikmalar, 
ularni  toksikologik  ahamiyati.    Mineralizatdan  talliy,  rux  va  surmani  tahlil 
usullari……………………………………………………………………………121  
4.11.
 
Mishyak  elementini  saqlovchi  birikmalar,  ularni  toksikologik 
ahamiyati.  Mineralizatdan mishyakni tahlil usullari………………..………131 
4.12.
 
Simob  va  uning  birikmalarini  toksikologik  ahamiyati.  Ob‘ektni 
destruksiyalash,  destruktatdan  simob  saqlovchi  birikmalarni  aniqlash. 
Gronazan……………………………………………………….………………134 


 
4.13.
 
Sud  kimyosi  ekspertizasi,  byurosi,  xodimlar.  Sud  kimyogarlari, 
ularning  vazifalari,  etika  va  deantologiyasi.  Kimyo  toksikologik  ekspertizasi.    
Sud  kimyosi  tekshiruv  akti.  Sud-kimyo  amaliyotida  qo‗llaniladigan  reaktivlar 
va ularga qo‗yiladigan talablar…………………………………................….138 
4.14.
 
Ekstraksiya    usullari.  Ajralmalarni  yot  moddalardan  tozalash 
usullari.    Zaharli  moddalarni  ob‘ektdan  ajratib  olishda  ta‘sir  qiluvchi 
faktorlar.  pH-muhiti,    elektrolitlar,  organik  erituvchilar,  ekstraksiya  soni, 
qayta ekstraksiyalash…………………………………………......................…144 
4.15.
 
Zaharli  moddalarni  biologik  ob‘ektdan  qutbli  erituvchilar 
yordamida  ajratib  olish  usullari.  Fenatsetin  va  salitsil  kislotasi,  atsetilsalitsil 
kislotasi. Tokskologik axamiyati va tahlil usullari……………………………150 
4.16.
 
Pirazol  xosilalari:  fenazon  (antipirin),  propifenazon  (amidopirin), 
metamizol  natriy    (analgin),  fenilbutazon  (butadion).  Toksikologik  axamiyati, 
ajratib olish va tahlil usullari………………………………………………..…161 
4.17.
 
Alkaloidlar 
xaqida 
ma‘lumotlar. 
Alkaloidlarni 
umumiy 
cho`ktiruvchi  va  rang  hosil  qiluvchi  reaktivlar.  Indol  alkaloidlari:  Strixnin, 
brutsin, rezerpin…………………………………………………………………163 
4.18.
 
Ksantin  xosilasini  saqlovchi  alkaloidlar.    Kofein,  teobramin, 
teofillin, ularning toksikologik ahamiyati, ajratib olish va tahlil usullari. Kofein 
toksikomaniyasi…………………………………………………………………165 
4.19.
 
Piridin,  piperidin  alkalodlari,  ularni  toksikologik  ahamiyati,  tahlil 
usullari.    Nikotin,  tamaki  chekish  toksikomaniyasi,  anabazin,  paxikarpin, 
arekolin, koniin…………………………………………………………… . ......168   
4.20.
 
Atropin,  giossiamin,  skopolamin,  хinin,  papaverin  alkaloidlari. 
Toksikologik ahamiyati va tahlil usullari……………………………..... ........177 
4.21.
 
Novokain,  dikain,  lidokain,  dimedrol.  Ularning  toksikologik 
ahamiyati, ob‘ektlardan ajratib olish va tahlil usullari……………………….182   
4.22.
 
Antiaritmik  dori  vositalari.  Amiadaron,  atenolol,  propafenon. 
Ularning    toksikologik  ahamiyati,  ob‘ektlardan  ajratib  olish  va  tahlil 
usullari…………………. ......................................................................................186  
4.23.
 
Antidepressant 
dori 
vositalari. 
Amitriptillin, 
venflaksasin, 
mirtazapin, fluoksetin. Toksikologik ahamiyati va tahlil usullari...................198 
4.24.
 
Is  gazi  bilan  zaxarlanish.  Karboksigemoglobinni  qondan  kimyoviy 
va fizik-kimyoviy usullarda taxlil qilish…..........................................................204  
4.25.
 
Dializ  usulida  ajratib  olinadigan  zaharli  moddalar.  Mineral 
kislotalar, ishqorlar va tuzlar………………………………………………….209 
4.26.  Qishloq  xo‗jalik  ximikatlari.  Fosofrorganik  va  xlororganik  karbamin 
kislota  xosilalari. Ularni ob‘ektlardan ajratib olish va tahlil usullari………216 
4.27.
 
Qishloq xo‗jalik ximikatlari. Sintetik  peritroidlar xosilalari. Ularni 
ob‘ektlardan ajratib olish va tahlil usullari……………………..….................228      
4.28.
 
Zaharli    moddalarning  farmakokinetika  va  farmakodinamika 
masalalari……………………………………………………………………….233 
 
 


 
5.
 
Laboratoriya mashg`ulot uchun materiallar............................................245 
 
6.
 
 Keyslar banki..............................................................................................309 
 
7.
 
Mustaqil  ta‘lim mavzulari.........................................................................317 
 
8.
 
Test................................................................................................................318 
 
9.
 
Glossariy............................................................................ ..........................357 
 
10.
 
Adabiyotlar ro`yxati................................................................................... .372 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI 
SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
 
TOSHKЕNT FARMATSЕVTIKA INSTITUTI 
 
 
 
 
Ro`yxatga olindi 
№ ___________________ 
2016yil ‘‘___‘‘________ 
―Tasdiqlayman‖ 
O‘quv ishlari bo‘yicha prorеktor 
S.U.Aliyev________________ 
―_____‖____________2016  yil 
 
 
 
TOKSIKOLOGIK KIMYOFANINING 
 
ISHCHI O`QUV DASTURI 
 
 
Bilim sohasi:          500000-Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot 
Ta'lim sohasi:        510000 - Sog`liqni saqlash 
Ta'lim yo`nalishi:   5510500 – Farmatsiya (farmatsevtik tahlil) 
5510500 – Farmatsiya ( klinik farmatsiya) 
5510500 – Farmatsiya (farmatsevtika ishi) 
5111000 – Kasb ta‘limi  (5510500-farmatsevtika ishi) 
 
Umumiy soat  -  283 
Jami               -  168 
Ma`ruza         -    56 
Laboratoriya mashg`uloti  -  112 
TMI               -  115 
 
 
Toshkеnt – 2016 


 
Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘quv,  ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq 
ishlab chiqildi  
Tuzuvchilar:  
Yuldashev  Z.A.  Toksikologik,  organik  va  biologik  kimyo  kafedrasi  mudiri, 
farm.f.d., prof.  
Zulfiqoriyeva D.A. -Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi dots. v/b, 
farm.f.n. 
 
 
Taqrizchilar:  
 
Iminova I.M.  Toshkеnt farmatsеvtika  instituti, farmatsеvtik kimyo kafеdrasi  
dosenti, farm.f.n.     
Muslimov M.K.. -Toshkеnt viloyati Sud-tibbiy ekspеrtizasi sud-kimyo  
                                    laboratoriya  mudiri, k.f.n, dots.  
 
 
 
Fanning  ishchi  o`quv  dasturiToksikologik,  organik  va  biologik  kimyo 
kafedrasining2016 yil  ―15 июнь‖ №21-dagi  yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan  va 
fakultet kengashida   muhokama qilish  uchun tavsiya etilgan. 
              Kafеdra mudiri:                                        Z.A.Yuldashev     
 
Ishchi  dastur  soha  uslubiy  kengashida  muhokama  qilindi  vatasdiqlash  uchun 
tavsiya etildi.15 iyun 2016 yil  11- sonli bayonnoma  
Soha uslubiy kengash raisi:                       M.A.Tojiyev 
 
Ishchi dasturi MUK da  ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. 
―___iyun‖ 2016 yil   - sonli bayonnoma  
 


 
Kirish 
 
Ushbu  o‘quv  dasturi  Toksikologik  kimyofanining  namunaviy  dasturi  asosida 
tuzildi.  
Kimyo-toksikologik  tekshiruvning  xar  bir  bosqichida  ekspert  kimyogar,  bajarish 
texnikasini  mukammal  olib  borishi  va  amaliy  ko‗nikmalarga  ega  bo‗lishi  kerak. 
SHuning  uchun  kimyo-toksikologik  taxlilning  boskichlari  bo‗yicha  toksikologik 
kimyo fanini bo‗limlarga ajratib o‗qitishning samarasi yuqori bo‗ladi. Qisqa soxani 
(alohida bo‗limni) chuqur bilish xatolik darajasini kamaytiradi.  
Dunyo  miqyosida  sud-toksikologlarining  ilg‗or  tajribalariga  e‘tiborni  qaratsak, 
sud-kimyo  laboratoriyaning  ish  jarayonida  xar  bir  bo‗lim  bo‗yicha  alohida 
mutaxassis o‗z vazifasini mukammal bajaradi.  Asosiy taxlilda qo‗llaniladigan usul 
albatta  validatsiya  qilingan,  ya‘ni  usulning  aniqligi, qaytaruvchanligi,  sezgirligi  va 
xatolik darajasi ko‗rsatilishi kerak. SHularni inobatga olib, sud-kimyogar ekspertni 
tayyorlashda dastlabki tekshirish va skrining usullarni ko‗rsatib, biologik ob‘ektdan 
ajratish  usullarini  asoslab  berish,  tekshiriluvchi  moddani  ballast  moddalardan 
tozalash usullarining o‗rinli tanlanishiga ahamiyat berish, zamonaviy fizik-kimyoviy 
taxlil  usullarining  nazariy  asoslari  bilan  qo‗llanilishini  o‗rgatish,  hamda  olingan 
natijalarni  to‗g‗ri  baxolab,  xulosa  chiqarish  bo‗yicha  toksikologik  kimyo  fanini 
o‗qitish samarali bo‗lib va bu davr talabidir. SHu yul orkali sud-kimyoviy ekspertiza 
ishining  mukammal  bilimga  ega  bo‗lgan  mutaxassissini  tayyorlashimiz  maqsadga 
muvofiq bo‗ladi. 
Amaliy tibbiyot ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda  zaharli moddalar bilan o‘tkir 
zaharlanishda  laboratoriya  eksperss-diagnostikasini  o‘tkazish,  umumiy  va  xususiy 
toksikologiya,  toksikokinetika  va  toksikodinamika  haqida  ma‘lumot  berish, 
tashqaridan  organizmga  tushgan  zaharli  birikmalar    transport  mexanizmi,  ularni 
organizmdan chiqarilishi, inson tanasi a‘zolarida va murdada bo‘ladigan metabolizm 
jarayonlari,  kimyo  toksikologik  tahlil  usullari  yordamida  biologik  ob‘ekt  va 
suyuqliklardan zaharlarni ajratib olish,  ajralmalarni chinligini va miqdorini aniqlash 
hamda olingan natijani sharhlashga oid masalalarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. 
Ishchi  dasturda  xorijiy  adabiyot    (Principles  of  forensic  toxicology  /  edited  by 
Barry Levine.—2nd. ed., rev. and updated, p.; cm) asosida ma`ruza va laboratoriya 
mavzulariga  o`zgartirish  kiritildi.  Zaharli  moddalarning  farmakokinetika  va 
farmakodinamika  masalalari,  toksikologik  kimyoda  qo`llaniladigan  usullar 
validasiyasi,  antidepressant  dori  vositalari  tahlili,  antiaritmik  dori  vositalari  tahlili 
kabi mavzular kiritildi. 
Toksikologik  kimyo  fani  farmasevtika  ixtisosligiga  oid  maxsus  fanlardan  biri 
bo‘lib, u:  
1.  Zaharli  moddalar  xossalarini  o‘rganish, ularning   organizmdagi  va  murdadagi 
o‘zgarishlari, tahlilning yangi usullarini yaratish bilan shug‘ullanadi. 
2.  Inson  va  hayvon  a‘zolarida  hamda  biologik  suyuqliklar  tarkibidan  zaharli 
moddalarni ajratib olish. 
3.  Ajralmalardan  zaharli  moddalarni  chinligini  va  miqdorini  aniqlash.  Zarur 
xujjatlarni to‘ldirish. 


 
4.  O‘tkir  zaharlanish  holatlarida  zaharlanish  sabablarini  aniqlash  uchun  tez 
eksperss tahlil usullarini o‘tkazish. 
Fanning  maqsad  va vazifalari 
Fanni  o‘qitishningasosiy  maqsadi  va  vazifalari    talabalarda    inson  o‘z  hayotida 
turli  xil  surunkali  va  o‘tkir  zaharlanishga  uchrashi,    ko‘plab  zaharli  moddalarga 
duch  kelishi,  ayrim  hollarda  ular  organizmni  zaharlanishiga  sababchi  bo‘lishi 
mumkinligini,  og‘ir  patologik  o‘zgarishlar  hamda  zaharlanish  hollarini  aniqlash, 
zaharlanishni  oldini olish  choralarini o‘rgatish.  
Shuningdek,toksikologik  kimyo  fani  biologik  ashyodagi  zaharli  moddalar  va 
ularning  metobolitlarini  ajratib  olish.  ularning  chinligini,  miqdorini  aniqlash 
usullarini  yaratish,    toksikologik  kimyo  ekspertizasini  olib  borish,  mos  bilim, 
ko‘nikma va malakani shaklantirishdan hamda o‘rgatishdan iborat. 
Toksikologik  kimyo  fanini  o‘zlashtirishda  oldingi  kurslarda  o‘qib  o‘rganilgan 
barcha  farmasevtika  yo‘nalishiga  oid  fanlardan  olingan  bilimlar  asos  bo‘lishini 
nazarda tutilgan.  
Fanni  o‘zlashtirishda  ma‘ruzalar,  laboratoriya  mashg‘ulotlari  hamda  o‘qtishning 
zamonaviy interaktiv usul va vositalaridan foydalaniladi.  
 
 
Fan  bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar 
Toksikologik 
kimyo 
fanini 
o‘qitishda  talabalar  quyidagi  bilimlarni 
o`zlashtirishlari  va  ular  asosida  mustaqil  faoliyatni  amalga  oshirishlari  nazarda 
tutiladi: 
-toksikologiya  va  toksikologik  kimyo  fanlari  nuqtai-nazaridan  zaharlanish  ro‘y 
berish ehtimolini baholash va tushuntirish; 
-zaharlanishdan  saqlanish  extiyot  choralarini  bilish  va  baholash,  klinikadan 
oldingi birinchi yordam ko‘rsatish usullarini o‘zlashtirish; 
-inson  va  hayvon  a‘zolarida,  biologik  suyuqliklar  tarkibida  bo‘lishi  mumkin 
bo‘lgan dorivor, narkotik va zaharli ta‘sir qiluvchi moddalarni aniqlash; 
-to‘liq  va  to‘liq  bo‘lmagan  sud  kimyo  tahlillarini  biologik  ob‘ektlardan  iborat 
bo‘lgan ashyoviy  dalillarda olib borish; 
-o‘tkir zaharlanish hollarida zaharlanish sabablarini aniqlash uchun ekspress-tahlil 
olib borish; 
-zarur  bo‘lgan  xujjatlarni  rasmiylashtirish  uchun  mutaxassislik    bilimlariga  ega 
bo‘lmoq kabilar. 
Fan talabalarga: 
-toksikologik  kimyo  ekspertizasiga  tegishli  bo`lgan  me`yoriy  xujjatlar  bilan 
tanishtirish; 
-toksikologik  kimyo  fani  amaliyotiga  ruxsat  etilgan  uslubiy  qo‘llanmalar  bilan 
tanishtirish va amalda qo‘llashga o‘rgatish; 
-laboratoriya  mashg‘ulotlarini  bajarishda  texnika  xavfsizligi,  zaharli  moddalar 
bilan tahlil  olib borilayotganda zarur ehtiyotkorlik qoidalarini singdirish; 
-toksikologik  kimyo  tahlillari  olib  borish  katta  ma`suliyatni  talab  qilgani  uchun 
kimyogar  ehtiyotkor  bo‘lmog‘i  va  tahlilni  talab  darajasida  olib  borishi  zarurligi 
ko‘nikmasini hosil qilish.  

10 
 
Laboratoriya  mashg‘ulotlari  ustida  ish  olib  borilganda  talabalar  avval  zaharli 
moddalarning  kam  miqdorda  bo‘lgan  hollarda  qanday  reaksiyalar  va  usullar 
yordamida  chinligi  va  miqdorini    aniqlash   usullarini  o‘rganadilar,  so‘ngra    ularni 
ob‘ektdan  tegishli  usul  yordamida  ajratadilar,  yot  moddalardan  tozalaydilar  va 
ularga xos  bo‘lgan tekshiruv yo‘llarini qo‘llaydilar. Bu ishlarni olib borishda har bir 
talaba aniq tahlil rejasini tuzib olmog‘i lozim. Olib boriladigan ekspertiza yuzasidan 
toksikologik kimyo tahlil dalolatnomasini (aktini)rasmiylashtirishtalab qilinadi. 
O‘quv rеjadagi boshqa fanlar bilan  bog‘liqligi 
1.
 
Anorganik kimyo, analitik va fizkolloid kimyo  
2.
 
Organik kimyo,  
3.
 
Farmasevtik kimyo,   
4.
 
Biologik kimyo, 
5.
 
Farmakognoziya. 
Toksikologik kimyo fani ixtisoslik fani hisoblanib 7 va 8 semestrlarda o‘qitiladi. 
Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan. 
Zaharlar, zaharlanish turlari, ob‘ektlar, ularning olinishi, saqlanishi, ekspertizani 
olib  borish  tartiblari,  zaharli  moddalarni  suv  bug‘i  yordamida;  qutbli  va  qutbsiz 
erituvchilar  yordamida;  mineralizasiyalash  va  destruksiyalash  yordamida  hamda 
dializasiyalab  ajratib  olish  usullarini,  har  bir  guruh  moddalarini  hamda  ularning  
metabolitlarini  sifat  va  miqdorini  aniqlash  usullarini  o‘zlashtirish  uchun 
(toksikodinamikaga,  farmakologiya,  toksikologiya,  toksikokinetika),  analitik  va 
anorganik  kimyo  (kislotalar,  asoslar,  tuzlar),  organik  kimyo  (alifatik,  aromatik, 
geterosiklik  birikmalar),  farmasevtik  kimyo  (moddalarni  chinligi  va  miqdorini 
aniqlash usullari), biologik kimyo (aminokislotalar, oqsillar va b.) fanlaridan etarli, 
bilim  va  ko‘nikmalarga  ega  bo‘lishi  talab  etiladi.  Shuningdek  gumanitar,  ijtimoiy-
iqtisodiy bilim hamda ko‘nikmalardan ham foydalaniladi.    
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pеdagogik 
tеxnologiyalar 
Talabalarning  Toksikologik  kimyo  fanini  o‘zlashtirishlari  uchun  o‘qitishning 
ilg‘or  va  zamonaviy  usullaridan  foydalanish,  yangi  innovation-pedagogik 
texnologiyalarni tadbiq etish muhimdir. Fanni o‘zlashtirishda dasrlik, o‘quv-uslubiy 
qo‘llanmalar,  ma‘ruza  matnlari,  tarqatma  materiallar,  kompyuterda  multimedialar, 
elektron  materiallar,  stendlardan  hamda  xromatografiyaning  turli  usullari,  ayniqsa, 
gaz-suyuqlik,  yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usullarini, UB, IQ, Mass va 
Xromato-Mass-spektroskopiya  usullarini  qo‘llash  hamda    talabalarni  shu  usullar 
yordamida  zaharli  moddalarni,  ularni  metabolitlarini  aniqlashni  o‘zlashtirishlari 
talab qilinadi.  

11 
 
Toksikologik  kimyo  fanining  kirish  qismi,  uchuvchi,  organik,  metall    zaharlar 
bo‘limlaridan kompyuterda test seminarlar o‘tkaziladi. 
Ma‘ruza  va  laboratoriya  mashg‘ulotlarida  mos  ravishdagi  ilg‘or  pedagogik 
texnologiyalardan foydalaniladi. 
Laboratoriya mashg‘ulotlarida talabalar o‘zlashtirish darajalarini aniqlashda ilmiy 
asoslangan 
pedagogik 
texnologiyalardan  ―Fikrlar  xujumi‖,  ―Klaster‖, 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling