NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi
Qonuniga
muvofiq dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish
tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha
dorixonalar uchun majburiydir.
3. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar va
dorixonalarning filiallari orqali amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki dorixonalar tomonidan
tayyorlangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |