O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/166
Sana10.12.2021
Hajmi2 Mb.
#179781
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   166
Bog'liq
farmatsevtika ishini tashkil qilish fani boyicha oquv-uslubiy majmua 4 kurs

 
 
 
 
3-bob. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni tashkil etish tartibi 
va shartlari 
6.  Dorixonalar  sanitariya  qoidalari,  normalari  va  gigiena  normativlari  talablariga  hamda 
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga javob berishi kerak. 
7.  Dorixonalar  tegishli  davlat  standartlari  talabiga  muvofiq  dori  vositalarini  va  tibbiy 
buyumlarni saqlash va chakana realizatsiya qilishda ularning sifatini, xavfsizligini va bezararligini 
ta’minlash talabiga javob beradigan tegishli bino, asbob-uskunalar va jihozlarga ega bo‘lishi kerak. 
8. Dorixona mudiri oliy farmatsevtik  ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.  Dorixona  filialining 
mudiri farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. 


165 
 
9.  Dorixonalar  tomonidan  dori  vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  tayyorlash,  berish, 
realizatsiya  qilish  qoidalariga  va  ularning  sifatini  ta’minlovchi  saqlash  sharoitlariga  rioya  etishi 
kerak. 
10. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni dorixonalardan tashqarida sotish taqiqlanadi. 
CHetdan  olib  kelinadigan,  shuningdek,  mamlakatimiz  ishlab  chiqaruvchilaridan  sotib 
olinadigan  dori  vositalari  va  tibbiyot  buyumlarini  chakana  sotish  ularni  etkazib  berishda  ishtirok 
etuvchi  vositachilar  sonidan  qat’i  nazar,  chakana  savdo  uchun  ulgurji  narxidan  20  foizdan  ortiq 
bo‘lmagan  miqdorlarda  belgilanadigan  cheklangan  savdo  ustamalari  qo‘llanilgan  holda  amalga 
oshiriladi; 
ijtimoiy  ahamiyatga  ega  dori  vositalari  va  tibbiyot  buyumlari  belgilangan  narxlarda 
sotiladi. 
11. Belgilangan tartibda sertifikatlanishi lozim bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni 
muvofiqlik sertifikatlarisiz chakana realizatsiya qilish taqiqlanadi. 
12. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori 
vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni,  shuningdek  O‘zbekiston  Respublikasida  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan 
dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan 
foydalanish taqiqlanadi. 
13.  Dorixonalar  dori  vositalarining  qo‘llanilishi  chog‘ida  nojo‘ya  reaksiyalar  aniqlangan 
barcha  holatlar  to‘g‘risida  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligini  belgilangan 
tartibda yozma shaklda xabardor qilishi shart. 
14.  Dorixonalar  farmatsevtika  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  berilgan  litsenziyaning 
raqami,  amal  qilish  muddati,  shuningdek  litsenziya  bergan  organ  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  yoki 
litsenziya nusxasini iste’molchilar tanishishi uchun qulay bo‘lgan joyga joylashtirishi kerak. 
15. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning chakana realizatsiyasi 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
16.  Dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  tayyorlash  tegishli  litsenziyaga  ega  bo‘lgan 
dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. 
17.  Dori  vositalari  dorixonalarda  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi 
tomonidan qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi. 
18.  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tomonidan  tasdiqlanadigan 
tayyorlashga  ruxsat  etilgan  dori  vositalari  ro‘yxatiga  kiritilmagan  dori  vositalarini  tayyorlash 
taqiqlanadi. 
19.  Dori  vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  tayyorlash,  shuningdek  ularni  saqlash,  sifatini 
nazorat  qilish  hamda  rasmiylashtirish  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi 
belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling