O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti
-bob. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish sharoitlarini
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtika ishini tashkil qilish fani boyicha oquv-uslubiy majmua 4 kurs
4-bob. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish sharoitlarini
ta’minlash 20. Dorixona dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklida tashkil etilishi mumkin. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika tashkilotlari dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi. 21. Dorixonalar alohida binoda yoki turar joy va noturar joy binolarining birinchi qavatida joylashgan bo‘lishi, dori vositalarini saqlash va qadoqlash uchun mo‘ljallangan xonalar birinchi qavat ostidagi xonalarda joylashgan bo‘lishi mumkin. 22. Dorixonalar binosining kirish qismida dorixonaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili va ish tartibi haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan peshlavha bo‘lishi kerak. 23. Dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi uchun tegishli sharoitlar yaratilishi kerak. 24. Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha dorixonalar dori vositalari va tibbiy buyumlarning O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq sotilishini ta’minlashi shart. 166 Dorixonalar belgilangan narxlari bilan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan ro‘yxatini davlat va rus tillarida 12 shrift o‘lchamidan kam bo‘lmagan o‘lchamda ko‘rinadigan joyga osib qo‘yishlari shart. Dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan birga sotib oluvchiga identifikatsiya ma’lumotlari (nomi, dozasi, qadoqlash, miqdori), dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarining nomi, ularni beruvchi shaxsga oid ma’lumotlar, berish sanasi va narxi ko‘rsatilgan tovar cheki beriladi. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshirish uchun xarid qilish yoki nazorat natijalari bo‘yicha olingan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash bo‘yicha tartibni buzish faktini tasdiqlovchi tovar va kassa cheklari dorixonaning litsenziyasini to‘xtatib turish yoki tugatish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 25. Dorixonalar sanitariya va gigiena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, ma’danli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qo‘shimchalarni realizatsiya qilishni ularning qo‘llanishi va realizatsiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi mumkin. 26. Dorixonada barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar narxi ko‘rsatilgan holda hamda dorixona javobgar shaxsining imzosi bilan sotuvga qo‘yiladi. Dorixona sotuv zali peshtaxtalarida faqat vrach retseptisiz beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni qo‘yishga ruxsat beriladi. Bunda peshtaxtaga ichish uchun mo‘ljallangan va tashqi qo‘llaniladigan dori vositalari alohida-alohida joylashtiriladi. Vrach retseptlari asosida beriladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini dorixona peshtaxtasiga qo‘yish taqiqlanadi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling