O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017 yil 12 may,
284-son
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 maydagi 284-sonli
qaroriga
1-ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi
to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni
litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
(keyingi o‘rinlarda — litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan litsenziya talabgorining davlat
ro‘yxatidan o‘tgan manzili bo‘yicha amalga oshiriladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash ushbu
Nizomga
1-ilovadagi
sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash
tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona
markazlari (keyingi o‘rinlarda «yagona darcha» markazi deb ataladi) yoki O‘zbekiston Respublikasi
interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona portali (keyingi o‘rinlarda YAgona portal deb ataladi)
orqali amalga oshiriladi.
4. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar va
ularning filiallari orqali amalga oshiriladi.
5. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun namunaviy
(oddiy) litsenziyalar beriladi.
6. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya (keyingi
o‘rinlarda litsenziya deb ataladi) besh yil muddatga beriladi.
Litsenziya besh yildan kam muddatga faqat litsenziya talabgorining arizasiga binoan
berilishi mumkin.
7. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya olish
farmatsevtika faoliyatining boshqa qismlariga litsenziya olish huquqini cheklamaydi.
Litsenziyani yoki unga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |