2-bob. Yo‘q qilish usullari
9. Suyuq dori shakllari (ampulalardagi in’eksiya qilish uchun eritmalar, paketlar va
flakonlardagi, aerozol ballonlardagi eritmalar, miksturalar, tomchilar) sindirib (ezilib), (aerozol
ballonlar oldindan teshib qo‘yiladi) hamda suv bilan kamida 1:100 nisbatda suyultirilib, hosil
bo‘lgan eritma kanalizatsiya tizimiga to‘kiladi.
Bo‘shagan ampulalar, aerozol ballonlar, paketlar va flakon qoldiqlari konteynerlarga
joylashtiriladi va chiqindilarni utilizatsiya qilish talablariga muvofiq yo‘q qilinadi.
10. Tarkibida suvda eriydigan moddalar bo‘lgan qattiq dori shakllari (kukunlar, tabletkalar,
kapsulalar) maydalanib kukun holiga kelgunga qadar eziladi, suv bilan kamida 1:100 nisbatda
suyultirilib, hosil bo‘lgan suspenziya (yoki eritma) kanalizatsiya tarmog‘iga to‘kiladi.
11. Tarkibida suvda erimaydigan moddalar bo‘lgan qattiq dori shakllari (kukunlar,
tabletkalar, kapsulalar), yumshoq dori shakllari (maz, suppozitoriylar), dori vositalarining
transdermal shakllari, shuningdek substansiyalar faolsizlantirilib, maxsus konteynerlarga
joylashtiriladi va chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan joyga tashlanadi.
12. Tarkibida tirik organizmlar (tibbiy immunobiologik preparatlar) mavjud dori vositalari
avval dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida faolsizlantirilib, yuqori bosim hamda harorat ta’sirida
ularning hujayralari parchalanadi va chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan joyga
tashlanadi.
13. Tibbiy buyumlar ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda yo‘q
qilinadi.
14. Tarkibida radioaktiv elementlar mavjud bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar atrof
muhitga bezararligi to‘g‘risida tegishli komissiya xulosasi olingandan keyin, mazkur Nizom bilan
tashkil etiladigan va unda nazarda tutilgan tartibda tasdiqlanadigan Komissiya tomonidan ularni
yo‘q qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |