168
qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati to‘g‘risida
yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum;
sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik
muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy buyum;
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy
nusxalari — intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan
dori vositalari.
5. Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning egalarining yoki
sudning qarori bo‘yicha muomaladan chiqariladi va yo‘q qilinadi.
6. Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar aniqlangan taqdirda ularning
egasi mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarni zudlik bilan muomaladan chiqarishi va 30 kun
mobaynida yo‘q qilishi lozim.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dori vositalarining va tibbiy
buyumlarni bojxonada rasmiylashtirish jarayonida, shuningdek sertifikatlashtirish sinovlari
natijasida qo‘llash uchun yaroqsizligi aniqlangan bo‘lsa, bunday dori vositalari va tibbiy buyumlar
O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi
hududidan tashqariga chiqarib yuboriladi (reeksport) yoki yo‘q qilingunga qadar bojxona rejimida
joylashtiriladi va yo‘q qilinadi.
8. Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish bilan bog‘liq
xarajatlar ularning egalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: