O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti
-MA`RUZA. NOVOKAIN, DIKAIN, LIDOKAIN,DIMEDROL
Download 3.09 Mb. Pdf ko'rish
|
21-MA`RUZA. NOVOKAIN, DIKAIN, LIDOKAIN,DIMEDROL.
ULARNING TOKSIKOLOGIK AHAMIYATI, OB‘EKTLARDAN AJRATIB OLISH VA TAHLIL USULLARI Ma'ruza rejasi: Novokain, dikain, lidokain. Ularning toksikologik ahamiyati, ob'ektlardan ajratib olish va tahlil usullari Novokain C O O CH 2 H 2 N CH 2 N C 2 H 5 C 2 H 5 Novokain tabiiy kokain alkaloidi o‘rnida qo‘llaniluvchi sintetik birikmalardandir. Haqiqatan ham kokainni organizmga zaharli va xavfli ta'siridan ("kokainizm") qutilish maqsadida novokain va dikain moddalari sintez qilingan. Novokain - p-aminobenzoy kislotaning dietilaminoetanol bilan hosil qilgan efiri. Novokain oq kristall kukun bo‘lib, suv va etil spirtida yaxshi, xloroform va efirda kam eriydi. U ta'siri jihatidan kokaindan kuchsizroq bo‘lib, tibbiyotda mahalliy og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Ba'zi bir odamlarning organizmi novokainga juda ham sezgir bo‘ladi, shuning uchun bunday kishilarga novokain berilsa, zaharlanish alomatlari paydo bo‘lishi mumkin. Inson novokain bilan zaharlanganda boshi aylanadi, umumiy darmonsizlik paydo bo‘ladi, qon bosimi pasayadi, kollaps va shok holati vujudga keladi. Zaharli dozada novokain asab faoliyatida qo‘zg‘alishni vujudga keltiradi, so‘ng markaziy asab tizimini falajlaydi. Novokain organizmda p-aminobenzoy kislotasi va dietilaminoetanolga parchalanib, 2% yaqini esa o‘zgarmagan holda peshob orqali chiqariladi. Sifat reaktsiyasi. 1. Novokain eritmasi natriy nitrit va ( - naftol eritmalari ta'sirida qizil rangli azobo‘yoqni hosil qiladi. 2. Dragendorf reaktivi novokain bilan xarakterli to‘g‘ri to‘rt burchakli qizil qo‘ng‘ir rangli kristallar hosil qiladi. 3. YuQX usulida aniqlash: erituvchilar aralashmasi siklogeksan-benzol-dietil efiri (75:15:10), aniqlovchi reaktiv ? Dragendorf reaktivi. 183 Novokain uchun Rf=0,33-0,35, dikain uchun Rf=0,60-0,63 ga teng. 4. Suvli eritmasining UB-spektrlari ( max = 229 nm; 2n H 2 SO 4 eritmasida (( max = 228, 272, 279 nm tashkil qiladi. Miqdori. SF usuli FEK usul - azobo‘yoq reaktsiyasiga asoslanib aniqlanadi. Dikain C O O CH 2 HN CH 2 N C 2 H 5 C 2 H 5 C 4 H 9 Dikain p-butilaminobenzoy kislotaning dimetilaminoetanol bilan hosil qilgan efiri bo‘lib, oq yoki sariq rangli kristall modda, suv, xloroform, etil spirtida yaxshi va etil efirida yomon eriydi. U juda zaharli hisoblanib kokainga nisbatan 2 va novokainga nisbatan o‘n marta organizmga kuchli ta'sir etadi. Kishi dikain bilan zaharlanganda huddi kokain bilan zaharlangani kabi belgilar namoyon bo‘ladi. Ishqoriy muhitda organik erituvchilar bilan ekstraktsiyalanadi. Dikain bronxo- va ezofagoskopiya va oftalmologiyada anesteziya uchun qo‘llaniladi. Organizmda metabolizmga uchrab, peshob orqali ajraladi. Sifat reaktsiyasi. 1. Vitali-Moren reaktsiyasini berib, qon kabi qizil rang hosil qiladi. 2. 30% NaNO 2 eritmasi bilan dikain xarakterli prizmatik kristallar hosil qiladi. 3. YuQX usulida aniqlash (novokainga qarang). 4. UB spektri bo‘yicha; 0,1n H 2 SO 4 eritmasi ( max = 229, 281 312nm maksimum nur yutish spektrini namoyon qiladi. Miqdori. SF usulda aniqlanadi. FEK usulda aniqlanadi. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling