O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


-MA`RUZA. ANTIARITMIK DORI VOSITALARI. AMIADARON


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/273
Sana04.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1746083
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   273
 
22-MA`RUZA. ANTIARITMIK DORI VOSITALARI. AMIADARON, 
ATENOLOL, PROPAFENON. ULARNING TOKSIKOLOGIK 
AHAMIYATI, OB‘EKTLARDAN AJRATIB OLISH VA TAHLIL 
USULLARI. 
 
Ma‘ruza rejasi:
1. 
Talabalarni antiaritmik dori vositalarn, ularning xossalari, tibbiyotda 
kullanilishi bilan tanishtirish; 
2. 
Antiaritmik dori vositalarining sinflanishi, farmakologik xususiyatlari 
haqida tushuncha berish; 
3. 
Moddalarning kimyo-toksikologik taxlilini fizik-kimyoviy xossalari 
bilan bog‗liqligini ko‗rsatish; 
4. 
Amiodaron, propafenon va atenolol taxlili bilan tanishtirish 
 
Kimyo toksikologik tekshiruvda zaxarli moddalar, jumladan dori moddalari 
biologik ob‘ektlardan ajratib olish usuliga asoslanib sinflanadi. Bunda bir guruhga 
kiritilgan moddalar uchun bioob‘ektdan ajratib olish usuli umumiy bo‗lib, keyin shu 
guruh moddalarining sifat va miqdoriy taxlillari haqida ma‘lumotlar beriladi.
SHunday guruxlardan biri yurak aritmiyasining turli kurinishlarini davolashda 
ishlatiluvchi antiaritmik dori vositalari xisoblanadi. 
Ma‘lumki, yurak qon-tomir kasalliklari ko‗pgina rivojlangan davlatlarda, shu 
katorda O‗zbekistonda xam aholi orasida o‗lim xolatiga va nogironlikka sabab 


187 
bo‗luvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. YUrak taxiaritmiyasi aksari yurak 
xastaliklarining og‗ir kechishiga va asoratlarning yomonlashuviga olib keladi. 
Ma‘lumotlarga ko‗ra, miokard infarktidan kelib chikkan 80% dan kam bo‗lmagan 
o‗lim xolati yurak aritmiyasining asorati hisoblanadi. 
Antiaritmik guruh dori vositalarining sinflanishi: 
№ 
Antiaritmik guruhlari 
 
Preparatlar 
1

Membranalarni 
mustahkamlovchi moddalar. 
Xinidin, 
novokainamid, 
propafenon, etmozin, allapinin, 
etatsizin
2

Repolyarizasiya jarayononi 
uzaytiruvchi moddalar. 
Amiadaron (kordaron), sotalol, 
bretiliy (ornid)
3

β-adrenoretseptor 
antogonistlari yoki blokatorlari.
Anaprilin (inderal,obzidan), 
oksprenalol, atenolol propronolol. 
4

Kalsiy kanallarini falajlovchi 
moddalar. 
Verapamil, nifedipin (adalat), 
diltiazem, gallopamil
Klinikada qo‗llaniladigan antiaritmik vositalar ko‗pgina kamchiliklarga ega, 
jumladan, bir qancha nojo‗ya ta‘sirlarni keltirib chiqaradiki, shifokor antiaritmik 
dorini tanlashda to‗g‗ri qaror qabul qilishda qiynaladi: nima yomonroq - davolashsiz 
aritmiyami yoki belgilangan antiaritmik dorining nojo‗ya effektimi. Eng xavfli tarafi 
bu aritmiyaga qarshi preparatlarning paradoksal nojo‗ya ta‘sirlari, ya‘ni 
aritmiyaning yuzaga kelishi (proaritmogen ta‘siri) hisoblanadi. 
Bu gurux moddalarining kimyo-toksikologik tekshiruvi quyidagi asosiy 
bosqichlarni o‗z ichiga oladi: 

Ob‘ektni dastlabki tekshirish (ekspress taxlil); 

Biologik ob‘ekt tarkibidan zaxarli moddani ajratib olish; 

Ajratmani yot moddalardan tozalash; 

Tekshiriluvchi moddaning sifat va miqdoriy taxlilini amalga oshirish. 
Noma‘lum moddaga nisbatan taxlilni o‗tkazishda ayniqsa ob‘ektni dastlabki 
tekshirish muhim bosqichdir. Bunda xar bir moddaning yoki guruhning o‗ziga xos 
fizik-kimyoviy hususiyatini bilib, sezgir usullar yordamida tekshirish talab etiladi. 
Bu bosqichning aniq bajarilishi, keyingi jarayonlarni engillashtiradi va tekshiruv 
vaqtini qiskartiradi. 
Antiaritmik moddalarning ekspress taxlili uchun YUQX skrining usulidan 
foydalaniladi: 


188 
• YUQX skrining taxlili: 
• chloroform, acetone, ethanol, and 30% acid acetate in 18:2:7:1


189 
Taxmin qilingan moddani biologik ob‘ektdan ajratib olish uchun usulning to‗g‗ri 
tanlanishi tekshiruvning asosiy omili bo‗lib, jarayonlarni ketma-ket va sharoitlarni 
bilib bajarish kerak bo‗ladi. Bunda ekspert-kimyogar kamchilikka yo‗l qo‗ysa juda 
kam miqdordagi moddani yo‗qotib qo‗yishi mumkin. CHunki tekshiriluvchi modda 
bilan birga xar doim soekstraktiv va ballast moddalar ajratma tarkibida bo‗lib, 
ulardan tozalash jarayonlari ham qilinishi lozimdir. Namunani asosiy taxlilga 
tayyorlashda xar bir bosqich ehtiyotlik bilan olib boriladiki, jarayon davomida 
modda kamayib ketishi mumkin. Bu esa uning sifat va miqdoriy taxlilida 
qiyinchiliklarni tug‗dirib, xulosani berishda xatolikka olib keladi.
Kuyidagi sxemada allapinin misolida preparatni ob‘ektdan ajratib olish 
bosqichma-bosqich ko‗rsatilgan: 


190 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling