O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti
Download 3.09 Mb. Pdf ko'rish
|
XROM KATIONI TAHLILI
1. Nadxromat kislotalarini hosil bo’lish reatsiyasi. 5 ml tekshiriluvchi mineralizatga pH-7 bo‘lguncha natriy ishqorining 30% eritmasidan, so‘ngra 1 tomchi kumush nitratning 10% eritmasidan, 0,5 g ammoniy persulfat tuzidan qo‘shilib, aralashma suv hammomida 20 daqiqa davomida qizdiriladi. Probirkadagi aralashma sovuq suv oqimida sovutilib unga 1 ml birlamchi natriy fosfatning to‘yingan eritmasi, 1 ml sirka etil efiri, 2-3 tomchi pergidrol qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Mineralizatga xrom kationi bo‘lgan holda organik erituvchi qatlami rangga bo‘yaladi. Reatsiya kimyoviy tenglamasini yozing. 2. Difenilkarbozid bilan reatsiya.1 ml mineralizatga 4 ml suv, 1 tomchi kumush nitratning 10% eritmasi, 0,5 g ammoniy persul‘fat tuzidan qo‘shib, 20 daqiqa davomida suv hammomida qizdiriladi. Bunda mineralizat tarkibida bo‘lgan uch valentli xrom kationi olti valentli xrom kationigacha oksidlanadi(mineralizat qanday rangga bo‘yaladi?). So‘ngra aralashmaga 1 ml birlamchi natriy fosfatning to‘yingan eritmasidan qo‘shilib, uni pH sharoitini 10% kaliy ishqori yordamida pH-1,7 ga keltiriladi va difenilkarbazidning etil spirti va atsetonning (1:1) aralashmasidagi 0,25% eritmasidan 1 ml qo‘shiladi. Bunda mineralizat tarkibida xrom kationi bo‘lgan holda qizil binafsha rang hosil bo‘ladi. Reatsiya kimyoviy tenglamasini yozing. 3. Marganets ioni saqlagan mineralizatdagi xrom kationini aniqlash. Xromni difenilkarbozid bilan aniqlashda marganets halaqit beradi. Bunday hollarda tekshiriluvchi mineralizatga bir tomchi kontsentrlangan sulfat kislota va natriy azidi kristallaridan qo‘shib, hosil bo‘lgan qizil rang yo‘qolguncha aralashtiriladi, so‘ng difenilkarbozidning 1% spirtli eritmasi qo‘shiladi. Xrom bo‘lsa pushti yoki qizil rang hosil bo‘ladi. Reatsiya natijalariga sud-kimyoviy tahlil talabi bo‘yicha izoh bering. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling