O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti
Download 3.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
Tuzuvchilar:
Yuldashev Z.A. –Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi mudiri, farm.f.d., prof. Zulfiqoriyeva D.A. -Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi dots. v/b, farm.f.n. Taqrizchilar: Iminova I.M. - Toshkеnt farmatsеvtika instituti, farmatsеvtik kimyo kafеdrasi dosenti, farm.f.n. Muslimov M.K.. -Toshkеnt viloyati Sud-tibbiy ekspеrtizasi sud-kimyo laboratoriya mudiri, k.f.n, dots. Fanning ishchi o`quv dasturiToksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasining2016 yil ―15 июнь‖ №21-dagi yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. Kafеdra mudiri: Z.A.Yuldashev Ishchi dastur soha uslubiy kengashida muhokama qilindi vatasdiqlash uchun tavsiya etildi.15 iyun 2016 yil 11- sonli bayonnoma Soha uslubiy kengash raisi: M.A.Tojiyev Ishchi dasturi MUK da ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. ―___iyun‖ 2016 yil - sonli bayonnoma 8 Kirish Ushbu o‘quv dasturi Toksikologik kimyofanining namunaviy dasturi asosida tuzildi. Kimyo-toksikologik tekshiruvning xar bir bosqichida ekspert kimyogar, bajarish texnikasini mukammal olib borishi va amaliy ko‗nikmalarga ega bo‗lishi kerak. SHuning uchun kimyo-toksikologik taxlilning boskichlari bo‗yicha toksikologik kimyo fanini bo‗limlarga ajratib o‗qitishning samarasi yuqori bo‗ladi. Qisqa soxani (alohida bo‗limni) chuqur bilish xatolik darajasini kamaytiradi. Dunyo miqyosida sud-toksikologlarining ilg‗or tajribalariga e‘tiborni qaratsak, sud-kimyo laboratoriyaning ish jarayonida xar bir bo‗lim bo‗yicha alohida mutaxassis o‗z vazifasini mukammal bajaradi. Asosiy taxlilda qo‗llaniladigan usul albatta validatsiya qilingan, ya‘ni usulning aniqligi, qaytaruvchanligi, sezgirligi va xatolik darajasi ko‗rsatilishi kerak. SHularni inobatga olib, sud-kimyogar ekspertni tayyorlashda dastlabki tekshirish va skrining usullarni ko‗rsatib, biologik ob‘ektdan ajratish usullarini asoslab berish, tekshiriluvchi moddani ballast moddalardan tozalash usullarining o‗rinli tanlanishiga ahamiyat berish, zamonaviy fizik-kimyoviy taxlil usullarining nazariy asoslari bilan qo‗llanilishini o‗rgatish, hamda olingan natijalarni to‗g‗ri baxolab, xulosa chiqarish bo‗yicha toksikologik kimyo fanini o‗qitish samarali bo‗lib va bu davr talabidir. SHu yul orkali sud-kimyoviy ekspertiza ishining mukammal bilimga ega bo‗lgan mutaxassissini tayyorlashimiz maqsadga muvofiq bo‗ladi. Amaliy tibbiyot ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda zaharli moddalar bilan o‘tkir zaharlanishda laboratoriya eksperss-diagnostikasini o‘tkazish, umumiy va xususiy toksikologiya, toksikokinetika va toksikodinamika haqida ma‘lumot berish, tashqaridan organizmga tushgan zaharli birikmalar transport mexanizmi, ularni organizmdan chiqarilishi, inson tanasi a‘zolarida va murdada bo‘ladigan metabolizm jarayonlari, kimyo toksikologik tahlil usullari yordamida biologik ob‘ekt va suyuqliklardan zaharlarni ajratib olish, ajralmalarni chinligini va miqdorini aniqlash hamda olingan natijani sharhlashga oid masalalarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Ishchi dasturda xorijiy adabiyot (Principles of forensic toxicology / edited by Barry Levine.—2nd. ed., rev. and updated, p.; cm) asosida ma`ruza va laboratoriya mavzulariga o`zgartirish kiritildi. Zaharli moddalarning farmakokinetika va farmakodinamika masalalari, toksikologik kimyoda qo`llaniladigan usullar validasiyasi, antidepressant dori vositalari tahlili, antiaritmik dori vositalari tahlili kabi mavzular kiritildi. Toksikologik kimyo fani farmasevtika ixtisosligiga oid maxsus fanlardan biri bo‘lib, u: 1. Zaharli moddalar xossalarini o‘rganish, ularning organizmdagi va murdadagi o‘zgarishlari, tahlilning yangi usullarini yaratish bilan shug‘ullanadi. 2. Inson va hayvon a‘zolarida hamda biologik suyuqliklar tarkibidan zaharli moddalarni ajratib olish. 3. Ajralmalardan zaharli moddalarni chinligini va miqdorini aniqlash. Zarur xujjatlarni to‘ldirish. 9 4. O‘tkir zaharlanish holatlarida zaharlanish sabablarini aniqlash uchun tez eksperss tahlil usullarini o‘tkazish. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling