O‘zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi pedagogika


VII bob. XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji


Download 337.73 Kb.
bet18/54
Sana03.08.2023
Hajmi337.73 Kb.
#1665052
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent fa-fayllar.org

VII bob. XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji.XIX asrning 2-yarmida Turkistonda maktablar tizimi. O‘lkani Rossiya imperiyasi bosib olgandan so‘ng 1870 yillarda qizlar talimi bo‘yicha bazi malumotlar mavjud. Turkistonda shahar va qisman qishloqlarda qizlar uchun boshlang’ich maktablar ham mavjud bo‘lgan. Qishloq joylarda qizlar maktabi juda kam hollarda uchrar edi. Bazi hududlarda 100 ta maktabga bitta qizlar maktabi ham to‘g’ri kelmas edi. Biroq bazi shaharlarda qizlar maktablarining soni o‘g’il bolalar maktablarining chorak qismiga teng kelgan. Toshkent rus qo‘shinlari tomonidan egallangan paytda shaharning bazi qismlarida qizlar maktablari va o‘quvchilari soni o‘g’il bolalar maktablarining ½ qismiga to‘g’ri kelgan va ularda o‘quvchilar soni nisbatan kam bo‘lgan.
A.P.Xoroshkin va Toshkent shahrida yashovchi mullalarning xabar berishicha, 1864 yilda ruslar bilan bo‘lgan urush uchun soliq joriy etsh bo‘yicha ro‘yxatga olish o‘tkazilganda, 8000 ming nafar o‘quvchi bolalar, 4000 nafar o‘quvchi qizlar qayd etlgan. Birgina Sebzor dahasida 25 nafar o‘g’il bolalar va 15 nafar qizlar, Shayxontohur dahasida esa 20 ta o‘g’il bolalar va 10 ta qizlar maktablari mavjud bo‘lgan. Otnbibi maktabida o‘quvchi qizlar bilan birgalikda o‘g’il bolalar ham birga talim olgan hollari ham bo‘lgan. Qizlar maktablaridagi mashg’ulotlarda asosan fors-tojik va turkiy tldagi asarlar o‘rgatlgan. Ushbu talim muassasalarida “Talimi bayonot”, “Muosharat odobi”, “Tarbiyali xotun” va boshqa Sharq axloqiy madaniyatni o‘z ichiga oluvchi fanlar o‘qitlgan. A.P.Xoroshxinning 1876 yildagi malumotga ko‘ra, qizlar 7-11 yoshdan o‘qitlgan, 11-15 yoshdan esa tkuvchilikka o‘rgatlgan. Bundan shu narsa kuzatladiki, qizlar maktablaridagi talim dasturlari o‘g’il bolalar maktablari dasturlariga nisbatan kam qamrovli bo‘lgan.O‘rta Osiyoda o‘g’il va qiz bolalar birga talim oluvchi aralash maktablar bo‘lganligi haqida malumotlar deyarli uchramaydi. 1906 yil Kaspiyorti viloyati maktablarining ahvoli haqida malumot bergan N.P.Ostroumov turkmanlar orasida, bazi joylarda o‘g’il va qiz bolalar birga talim oluvchi maktablar mavjud bo‘lganligi, ularda atgi ikki yoki uch yil davomida talim berilishi haqida malumot beradi.
Mustamlakachilik tzimini o‘rnatlishi va o‘lkada rus aholisi soni o‘sib borishi bilan rus tlida so‘zlashuvchi aholi qizlarini talimiga bo‘lgan ehtyoj o‘sib bordi. Qizlar uchun gimnaziya, Mariin bilim yurtlari kabi talim muassasalarini tashkil etldi va mazkur maskanlarda mahalliy aholi vakillarini talim olishlariga imkon berilishi kam miqdorda bo‘lsada, qizlar talimiga ijobiy tasir o‘tkazdi. XIX asr 70-yillarida Toshkent va Chimkentda qizlar uchun bo‘lim hamda hunarmandchilik sinflari, Kazalinskda qizlar uchun yakshanba sinflari bo‘lgan boshlang’ich bilim yurtlari tashkil etldi. Ushbu bilim yurtlarining barchasi muayyan rejalarsiz, asosan, o‘lkadagi rus aholisining talim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tashkil etlgan edi.

Download 337.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling