O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018


Download 485.84 Kb.
bet2/121
Sana21.08.2023
Hajmi485.84 Kb.
#1668839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Bog'liq
Psixologiya-fayllar.org

Ilmiy kotib f.f.n To„xtaev F.X.

4

Kirish


Mazkur o`quv uslubiy qo`llanma psixologiya fanining predmeti, vazifalari,
shakllanish tarixi, psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog`liqligi, tadqiqot metodlari,
zamonaviy psixologiya fanining asosiy sohalari, psixikaning rivojlanishi va
qonuniyatlari, ong va faoliyat, psixikaning muhitga va jamoa a`zolarining tuzilishiga
bog`liqligi, inson psixikasining yosh davrlarida rivojlanish bosqichlari, shaxsning
shakllanishi va ijtimoiylashuvi, shaxs faoliyati va ijtimoiy xulq motivlari, shaxsning
bilish jarayonlari: diqqat, sezgi, idrok, tafakkur, xotira, hayol, hissiyot, iroda, tasavvur;
shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobilyat.Ijtimoiy
munosabatlar tizimida shaxsning ijtimoiy psixologiyasini shakllantirish, muloqotning
psixologik xususiyatlari, muloqot jarayonida shaxslararo ziddiyatlar va nizolar
psixologiyasi, nizolarni bartaraf etish usullari va ijtimoiy-psixologik treninglar
haqidagi dolzarb mavzular o`rin olgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, farmatsevtika
soxasidagi barcha o`zgarishlarning ijtimoiy-psixologik mohiyatini mutaxassislar
tomonidan o`zlashtirilishiga ko`mak beruvchi psixologik bilimlarning ahamiyatini yana
bir bor ta`kidlash kerak. Zero, bo`lajak farmatsevtlarning kasbiy bilimiga, ko`nikma va
malakasiga, madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faolligiga ijtimoiy-siyosiy hayotda
mo`ljalni to`gri ola bilish maxoratiga , ishbilarmonlik va raxbarlik qobilyatlariga ega
bo`lgan istiqbol rejasini va vazifalarini ilgari surishga, ijobiy xal etishga qodir
barkamol
insonlarni
tarbiyalash,
yurtboshimiz
ta`kidlaganlaridek,
Respublikamizning bugungi va ertangi taqdiri yosh avlodning kasb mahorati, 
intelektual darajasi, ma`naviy taraqqiyoti, jismoniy sog`lig`iga bog`liqdir”. 
Haqiqatdan ham shaxsning taraqqiyoti va kamoloti uchun muhim bo`lgan jihatlari
uning dunyoqarashini shakllantirish iymon-e`tiqodini mustahkamlash, irodasini
baquvvat qilish, o`z mustaqil fikriga ega bo`lishi, ruhiy va jismoniy salomatligi, tashqi
ijtimoiy muhitga moslashishi va jamoaga kirishib ketishi, ijodiy mehnat faoliyati
yuksak kasbiy malaka va ko`nikmasiga ega bo`lishga turtki bo`luvchi jarayonlar
uyg`unligi muhim omildir.
Mazkur o`quv uslubiy qo`llanmaning ahamiyati shundaki, O`zbekiston
Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining tavsiyasiga ko`ra davlat ta`lim
standartlari, “Psixologiya” fanining o`quv rejasi va na`munaviy daturi hamda
“Psixologiya” fanini o`qitishga mo`ljallangan o`quv rejasi va ishchi o`quv dasturi
asosida yozilgan bo`lib,Oliy o`quv yurtlarida bakalavriat yo`nalishida ta`lim olayotgan
talabalar uchun mo`ljallangandir. Mazkur o`quv uslubiy qo`llanma psixologiya
fanining predmeti, maqsad va vazifalari, psixologik-metodologik asoslari, ta‟lim-
tarbiya nazariyasi va amaliyoti hamda psixologik mahorat asoslarini yaratishga
bag‟ishlangan. Har bir mavzu matnidan so‟ng takrorlash va munozara yuritish uchun
savollar, topshiriqlar, testlar, intellektual treninglar berilgan.

5



Download 485.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling