O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018


Download 485.84 Kb.
bet9/121
Sana21.08.2023
Hajmi485.84 Kb.
#1668839
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121
Bog'liq
Psixologiya-fayllar.org

munosabatda bo’ladi.

qayta ishlash- tushuntirish metodi- bu 
nazariy va eksperimental metodlarni 
qo‟llanilishda, ularning o‟zaro munosabati 
natijalarining «uchrashish joyi»dir. 

13


Eksperimental psixologik metodlariga murojaat qilishdan oldin ularni umumiy-
ilmiy pozitsiyalarini ko‟rib chiqamiz. Barcha metodlar ma‟lumotlar olish uchun
ishlatiladi. Ular aktiv va passivlarga ajratilgan. Aktivlariga laboratoriya eksperimentlari
va ularning modifikatsiyasi, kvazi-eksperiment kiradi. Passivlariga – kuzatish, kichik
metod, faoliyat mahsuli analizi, o‟lchash va korrelyatsion kuzatuvlar, ma‟lumotlar
yig‟ish metodi va h.k. Birinchi metodda kuzatuv, hodisa va jarayonlar bilan faol
tanishtiradi.
Albatta obyektga ta‟sir etgan holda, ikkinchi metod jarayoni esa uni faqat
ro‟yxat qilish bilan chegaralanadi. Kuzatuvchi ro‟yxatni to‟g‟ridan-to‟g‟ri yoki
savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu narsa ta‟sir qilish jarayonida ham
qo‟llanilishi mumkin. Eksperiment jarayonida to‟g‟ridan-to‟g‟ri muloqot metodi orqali
o‟tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik eksperiment metodlaridir. Uchinchi
jarayonda eksperimentator kuzatuv jarayonida tabiiy usullardan yoki «tushunish
metodi»dan to‟g‟ridan-to‟g‟ri kuzatuvchiga nisbatan qo‟llaydi. Eksperiment jarayonida
kuzatuvchi vazifalarni faol bajaradi. Kuzatish, so‟rov davomida esa unga hech qanday
vazifa berilmaydi va u o‟zini erkin tutadi.

Kuzatish metodining asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda
o‟tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi xulq-atvorlarini
o‟zgartirmaydi. Kuzatishni bitta odam ustida ham va bir guruh shaxslar ustida ham
olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog‟chasi guruhlaridagi yoki maktab sinfidagi
bolalarni o‟rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina
mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni xulq-atvorning istalgan qiyofada emas,
balki aniq tadqiqot vazifalari bilan bog‟liq holda namoyon bo‟lishigina qiziqtiradi.
Shuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik holatlarining o‟ziga kerakli
tarzda namoyon bo‟lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning
yakka holda namoyon bo‟lishini kuzatish va qayd qilish etarli emas. Tadqikotchi u
yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bundan
tashqari eksperimental psixologiyada quyidagi metodlardan foydalanish mumkin.


Download 485.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling