O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018


Download 485.84 Kb.
bet11/121
Sana21.08.2023
Hajmi485.84 Kb.
#1668839
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   121
Bog'liq
Psixologiya-fayllar.org

Ekspert baholash metodi. Bu metod shaxs psixologiyasida keng qo‟llaniladi.
Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar – bolalar
bog‟chasi va maktab-internatlarning tarbiyachilarini, sinf rahbarlari, ishlab chiqarish,
texnika bilim yurtlarining masterlari, ishlab chiqarishdagi masterlar, ilmiy jamoa
rahbarlari, harbiy komandirlar, administratorlar, sport trenerlari qatnashishlari mumkin.
Ekspert baholarni ko‟proq xususiyatlarning sifat jihatidan namoyon bo‟lishlarini
tasvirlash emas (buni ekspertlar bilan qilinadigan keyingi suhbatlarda o‟tkazilsa ancha
foydaliroq bo‟ladi), balki o‟rganilayotgan xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy
baholash tarzida, ya‟ni u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor elementlari darajalarini
baholash tarzida o‟tkazilsa maqsadga muvofiq bo‟ladi. Ekspertlar umumlashtirish bilan
bog‟liq bo‟lmagan xulq-atvor elementlarining ancha-muncha mayda qismlari
ifodalanganligini qayd qilishi lozim. Umumlashtirish – ekspertning emas, balki
tadqiqotchining ishidir.

O’z-o’zini kuzatish metodi. XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan
kamsitilgan bu metod so‟nggi yillarda yana ma‟lum ahamiyatga ega bo‟lib bormoqda.
Chunonchi, suhbat va so‟roq-javob metodlarini o‟z-o‟zini kuzatish metodi orqali
olingan ma‟lumotlarsiz qo‟llab bo‟lmaydi. Buni suhbat va shaxsiy savol-javob
o‟tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o‟z-o‟zini kuzatish, garchi
psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo‟lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega
bo‟lishi mumkin. O‟z-o‟zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya‟ni tetik kayfiyatni,
achchiqlanishni, ishchanlikni, kasb bilan bog‟liq bo‟lgan sermahsul ishlarni
o‟rganishda ayniqsa foydali bo‟lishi mumkin.
Testlar metodi. Testlar, ya‟ni ozmi yoki ko‟pmi standartlashtirilgan
(birxillashtirilgan) shaxs xususiyatlarini qisqa muddatli sinash metodlari yaxshi yoki
yomon asoslangan bo‟lishi mumkin. Yaxshi asoslangan test – bu oldindan o‟tkazilgan
katta eksperimentlar natijasidir. Nazariy jihatdan asoslangan va eksperimental jihatdan
muhokama qilingan testlar tadqiqotchi uchun ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi
mumkin.

15


Arxiv metodi. Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxivlik metodi» degan atama
qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o‟tkazuvchi psixolog sinaluvchining aktual
xulqini kuzatmaydi va o‟lchamaydi, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv
materiallarini, mehnat, o‟quv yoki ijodiy faoliyatini analiz qilinadi. Ko‟p hollarda uni
«faoliyat mahsullarini o‟rganish» yoki «praksimetrik metod» deb ifodalanadi.
Tadqiqotchi tadqiqotlar matnini, faoliyatning predmetli mahsulotini turli xil
maqsadlarda o‟tkazishi mumkin. Maqsadlar joriy qilishning aniq usullarini arxivlik
metodi uning xilma-xilligini ajratib ko‟rsatadi.

Download 485.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling