O`zbеkiston rеspublikasi sogliqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/35
Sana15.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#476
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35

olish».  An'anaviy  paradigma  maktabning  maqsadi  yosh  avlodga  individual 
rivojlanishi  hamda  ijtimoiy  tartibni  saqlab  qolishga  yordam  beruvchi  madaniy 
meroslarning  muhim  elementlari  —  bilim,  ko'nikma  va  malakalar,  ilg'or  g'oyalar 
va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlarga yetkazish muhim ekanligini 
yoritadi.  Bilim  olish  paradigmasining  asosiy  maqsadi:  ta'lim  olish,  taraqqiyot  va 
madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish. 
2.  Ratsionalistik  (bixevioristik')  paradigma  (P.Blum,  R.Gane,  B.Skinner  va 
boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta'lim mazmuni emas, balki 
o'quvchilar  tomonidan  turli  bilimlarning  o'zlashtirilishini  ta'minlovchi  samarali 
usullari  yotadi.  Ta'limning  ratsionalistik  modeli  asosini  B.Skinnerning  ijtimoiy 
injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior — xulqi) konsepsiyasi tashkil qiladi. 
Maktabning  maqsadi  —  o'quvchilarda  g'arb  madaniyati  ijtimoiy  qoidalari, 
talablari  va  ko'zlagan  maqsadlariga  mos  keladigan  moslashtiruvchi  «xulqiy 
repertuar»ni  shakllantirishdir.  Shu  bilan  bir  vaqtda,  «xulqi»  atamasi  bilan 
«insonga  xos  hamma  ta'sirlanishlar  —  "ning  fikrlari,  sezgi  va  harakatlari» 
ifodalanadi (R.Tayler). 
Zamonaviy pedagogikada ta'lim paradigma 
(model)lari 
   An'anaviy — konservativ 
   Ratsionalistik (bixevioristik)
 
Texnokratik
 
  Fenomenologik (gumanistik)
 
Ezoterik
 

 
88 
Bunda  ta'limning  asosiy  metodlari,  o'rgatish,  trening,  test  sinovlari,  individual 
ta'lim, tuzatishlari bo'lib qoladi. Buning oqibatida, ta'limninggina emas, balki dars 
berishning ham ijodiy xarakterini aniqlash muammosi muhokama qilinmaydi. 
P.Blum  barcha  o'quvchilar  faqat  o'zlashtiribgina  qolmay,  balki  muvaffaqiyatli 
o'qishlari  mumkin  deb  hisoblaydi.  O'quvchining  optimal  qobiliyatlari  ma'lum 
sharoitlarda,  o'quvchiga  ta'lim  berish  natijasi  uning  sur'ati  bilan  aniqlanadi. 
Olimning  fikricha,  ta'lim  oluvchilarning  95  foizi  ta'lim  muddatlariga  bo'lgan 
cheklashlar olib tashlanganda o'quv kursining butun mazmunini o'zlashtirib olishga 
qodirlar.  Ana  shu  nuqtayi  nazardan  o'quvchilar  tomonidan  bilimlarning 
muvaffaqiyatli  o'zlashtirishini  ta'minlovchi  metodika  ishlab  chiqiladi,  uning 
mohiyati quyidagichadir: 
1.
 
Butun sinf yoki kurs uchun to'la o'zlashtirish etaloni, mezonini aniq belgilab olish 
asosida,  o'qituvchi  ta'lim  yakunida  erishilishi  kerak  bo'lgan  aniq  natijalarning 
ro'yxati va unga muvofiq keluvchi testlarni tuzadi. 
2.
 
O'quv birliklari, ya'ni, o'quv  materiallarining  yaxlit  bo'limlari ko'rsatiladi, ularni 
o'zlashtirish natijalari aniqlanadi, yakuniy bahoga ta'sir ko'rsatmaydigan navbatdagi 
testlartuziladi. Bu testlarning vazifalari — tuzatish, korreksiyalashdan iborat. 
3.
 
To'la  o'zlashtirishga  yo'naltirilgan  har  bir  o'quv  kurs  materiallarini  o'zlashtirish 
darajasini baholash uchun  test  sinovlarini o'tkazish. Bu o'rinda har  bir  o'quvchiga 
baho va ta'lim maqsadlarining ahamiyatini tushuntirish muhim. 
Predmetlarni bo'sh  va  o'rtacha  o'zlashtiruvchi  o'quvchilarning qobiliyatlarini  jadal 
rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi. 
Turli  mamlakatlarning  (Avstriya,  Belgiya,  AQSH  va  boshqalar)  ta'lim  tizimlari 
tajribasi  ratsionalistik  (bixevioristik)  paradigma  g'oyalariga  muvofiq  ish 
ko'rilganda 70 % o'quvchilar yuqori natijalarni qayd etganliklarini ko'rsatadi. 
Yuqorida  qayd  etilgan  ta'lim  yo'nalishlari  o'zida  insonparvarlik  g'oyalarini  ifoda 
etmagan,  ular  bola  dunyoqarashining  rivojlanishi,  shaxsning  rivojlanishida 
shaxslararo munosabatlarning muhim o'rin tutishini nazarda tutmaydi. 
3.  Gumanistik  (fenomenologik
-
)  paradigmaga  ko'ra  (A.Maslou,  A.Kombs, 
K.Rodjers,  L.S.Vigotskiy  va  boshqalar)  ta'lim  oluvchi  erkin  shaxs,  ijtimoiy 
munosabatlar  subyekti  sifatida  o'ziga  xos  rivojlanish  imkoniyatlariga  ega.  Ular 
bolani  rivojlantirish  maqsadida  uni  shaxslararo  munosabatlar  jarayoniga 
yo'naltiradi.  Ta'limning  fenomenologik  (fenomen  yunoncha  «phainomenon»  — 
hisoblangan,  ya'ni,  mashhur,  alohida  nodir  odam)  modeli  o'quvchilarning 
individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga 
hurmat bilan munosabatda bo'lishni ko'zda tutadi. Uning vakillari o'quvchini nodir 
shaxs deb hisoblaydilar. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har 
bir  ta'lim  tizimi  ijodiy  rivojlanadi  va  o'quvchi  hamda  o'qituvchining  erkinligi  va 
ijodkorligini yoqlaydi. 
Gumanistik  paradigma  g'oyalari  1991-yildan  keyin  respublika  uzluksiz 
ta'lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida o'quvchining 
barkamol  rivojlanishi,  uning  intellektual  ehtiyojlari,  «erkin  fikrlaydigan shaxsni 
tarbiyalash» masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda, respublika ta'lim 
muassasalarida  quyidagi  g'oyalarga  amal  qilinmoqda:  «Demokratik  jamiyatda 
bolalar,  umuman  har  bir  inson  erkin  fikrlaydigan  etib  tarbiyalanadi.  Agar 

 
89 
bolalar  erkin  fikrlashga  o'rganmasa,  berilgan  ta'lim  samarasi  past  bo‘lishi 
muqarrar. ... Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir»
Ezoterik paradigma (yunoncha «esoterikos» ichki, sirli, yashirin, faqatgina 
biluvchilar  uchun  mo'ljallangan  insonning  dunyo  bilan  o'zaro  aloqalari  yuksak 
darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati haqiqat abadiy va o'zgarmas, doimiy 
ekanligini  ta'kidlashdan  iborat.  Paradigma  tarafdorlari  haqiqatni  bilib  bo'lmasligi, 
unga  faqatgina  fahmlash  asosida  erishish  mumkinligini  ta'kidlaydilar.  Pedagogik 
faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, o'quvchining tabiiy kuchlarini ozod 
etish  va  rivojlantirishdan  iborat.  Shu  bilan  birga,  o'qituvchining  himoyalash 
vazifasi muhimdir, u o'quvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma'naviy, jismoniy, 
psixik jihatdan rivojlantirishga yo'naltiradi.   
Ilmiy-texnik,  texnokratik  paradigmaning  asosiy  maqsadi  amaliyotni 
takomillashtirish  asosida  ta'lim  oluvchilarga  «aniq»  ilmiy  bilimlarni  berish  va 
ularning  o'zlashtirilishini  ta'minlashdir.  Bilim  kuchdir,  shu  bois  shaxs  qimmati 
uning  o'rganish,  bilim  olish,  imkoniyatlari  bilan  belgilanadi.  Shaxs  muayyan 
(o'rtacha,  standartlashtirilgan)  bilim  yoki  mov  I.
A
.
 
Barkamol  avlod  -  O'zbekiston 
taraqqiyotining  poydevori.  -  Toshkent,  nashriyot-matbaa  konserni,  1997,  9-bet  
xulq-atvor  egasi  bo'lsagina  qadriyat  sifatida  e'tirof  etiladi  degan  g'oya  ushbu 
paradigmaning asosini tashkil etadi. 
So'nggi  yillarda  noinstitutsional  paradigma  rivojlana  boshladi.  U  ta'limni 
ijtimoiy institutlar, ya'ni, maktab va oliy ta'lim  muassasalaridan tashqarida tashkil 
etish g'oyasini ilgari suradi. Bu taiim «tabiatda» — Internet, «ochiq maktablar» - 
komputerlar  vositasida  ta'lim  dasturlariga  (masofadan  o'qitish)  muvofiq  o'qitish 
samarali deya hisoblaydi. 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. «Didaktika» tushunchasini ta 'riflab bering. 
2.
 
Didaktikaning predmeti va obyekti nimalardan iborat? 
3.
 
Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
4.
 
Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar? 
5.
 
Didaktik konsepsiyalardan qaysi lari bilan tanishsiz? 
6.
 
Rivojlantiruvchi konsepsiyaning mohiyati nimadan iborat? 
7.
 
Rivojlantiruvchi ta 'limning asosiy tamoyillari qaysilar? 
8.
 
Muammoli ta 'limning mohiyati nimadan iborat? 
9.
 
«Ta'lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyatlari» tushunchasini siz 
qanday tushunasiz? 
10.  Zamonaviy didaktik tizimning o 'ziga xos belgilari nimalardan iborat? 
11.  Pedagogik paradigma nima? Ta'limning asosiy paradigmalarini aytib bering. 
 
G   l   o   s   s   a   r   i   y .  
Didaktika (ta'lim nazariyasi) — (yunoncha «didaktikos» «o'rgatuvchi», «didasko» 
—  «o'rganuvchi»)  —  ta'limning  nazariy  jihatlari  (ta'lim  jarayonining  mohiyati, 
tamoyillari,  qonuniyatlari,  o'qituvchi  va  o'quvchi  faoliyati  mazmuni,  ta'lim 
maqsadi,  shakl,  metod,  vositalari,  natijasi,  ta'lim  jarayonini  takomillashtirish 
yo'llari va hokazo muammolari)ni o'rganuvchi fan. 

 
90 
Didaktika  tamoyillari  (lotin  tilidan  «principium»  -  har  qanday  nazariyaning 
asosiy, boshlang'ich, dastlabki holati) —ta'limni tashkil etishga qo'yilgan me'yoriy 
talablarni  ifodalovchi,  shuningdek,  ta'lim  jarayonining  asosiy  maqsadi  va 
qonuniyatlariga muvofiq uning dastlabki holatini belgilovchi qarashlari. 
Didaktik  tashhis  maqsadi  —  o'quv  jarayonining  samaradorligini  aniqlash,  baholash 
va tahlil qilish. 
Didaktik  tizim  (yunoncha  «systema»  —  yaxlit,  qismlarda  tashkil  topgan, 
birlashtirish)  —  ma'lum  mezonlari  asosida  ta'lim  jarayonining  yaxlit  holatini 
belgilash, ajratib ko'rsatish.  
Didaktik  o'yin  —  o'rganilayotgan  obyekt,  hodisa  va  jarayonlarni  modellashtirish 
asosida 
o'quvchining 
bilishga 
bo'lgan 
qiziqishi 
va 
faollik 
darajasini 
rag'batlantiruvchi o'quv faoliyati turi. 
Kategoriya — fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha. 
Bilim - shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks 
etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui. 
Ko'nikma  —  olingan  bilimlarga  asoslanib  qo'yilgan  vazifalar  va  shartlarga  binoan 
bajariladigan harakatlar yig'indisi. 
Malaka - ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.  
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
 
I.A. Karimov Barkamol avlod – O‘zbеkiston taraqqiyotining poydеvori. T.1998 y. 
2.
 
M.X.  Toxtaxodjayeva,  S.  Nishonova,  J.  Xasanboyev,  M.  Usmonboyeva,  S. 
Madiyorova,  A.  Qoldibekova,  N.  Nishonova,  N.  Saidaxmedov.  Pedagogika.  T. 
2010 y.  
3.
 
Munavvarov  A.K. " Pеdagogika "  T., "O‘qituvchi "  1996 
4.
 
S.P. Baranov   T., O‘qituvchi  1996. 
5.
 
Ilina T.A. « Pеdagogika»     M., 1985. 
6.
 
Tursunov I. Nishonaliеv U. Pеdagogika ko‘rsi.  T.,  1996.    
7.
 
R.  Mavlonova,  N.  Voxidova,  N.  Raxmonqulova  ―  Pеdagogika  nazariyasi  va 
amaliyoti ‖ Toshkеnt ― Fan va tеxnologiya ‖ nashriyoti 2010 .
              
 

 
91 
 
5 – Mavzu : Ta'lim tamoyillari va qonuniyatlari. 

Mavzu 
Ta'lim tamoyillari va qonuniyatlari.  
2  Darsning 
maqsadi va 
vazifalari 
Talabalarga ta'lim jarayoni mohiyati, ta'lim qonuniyatlari va 
tamoyillari hamda ularning ta'lim jarayondagi o‘rni haqida 
tushunchalar bеrish. Suhbat – munozara asosida tarqatma matеriallar 
yordamida talabalar mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligini 
nazorat qilish.      
3  O‘quv 
jarayoning 
mazmuni 
Ta'lim jarayoni mohiyati, ta'lim jarayoning yagona tizim sifatida 
tasnifi. O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavsifi, ularning ta'lim 
jarayonidagi o‘zaro aloqasi. Sharq (al-Forobiy, Bеruniy, Ibn Sino) va 
G‘arb mutafakkirlarining gnеsеologik g‘oyalari (qarashlari) ta'lim 
jarayonining asosi sifatida. Ta'lim jarayonida o‘zaro aloqa va 
bolalarning rivojlanishi. O‘qitishning ta'limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi vazifalarining birligi. O‘quvchi-yoshlarning o‘quv 
faoliyati va uning to‘zilishi. Tarbiyalanuvchilarning rеproduktiv va 
ijodiy bilish faoliyati. Bilimlarni o‘zlashtirish, malaka va 
ko‘nikmalar jarayoni hamda shaxsning rivojlanishi. Ta'lim jarayonini 
tashkil qilishda tarbiyachilar yo‘l qo‘yadigan xatolar va ularning 
oldini olish. 
Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari. Ularning psixologik va fiziologik 
asoslovi. Sharq mutafakkirlari ta'lim tamoyillari haqida.     
4  O‘quv 
jarayoning 
amalga oshirish 
tеxnologiyalasi  
 
Dars turi: Ma'ruza 
Mеtod: Ma'ruza, tushuntirish, . ―Paqamlar‖ 
Dars shakli:     Ma'ruza ommaviy yakka 
Vosita:  Ma'ruza matni, tarqatma  matеriallar, ko‘rgazmasi mavzuga 
oid o‘quv qo‘llanma va adabiyotlar, didaktik tеst, chizma jadval, 
bo‘r,  qurollar.   
Usul:  Og‘zaki bayon qilish.  
Nazorat:  Savol – javoblar, ko‘zatish .   
Baholash: Rag‘batlantirish rеyting asosida.        
5  Kutiladigan 
natijalar 
O‘ q i t u v ch i. 
Mavzu yuzasidan muammoli savol 
, masala va vaiyatlarni o‘quv 
birligiga muvofiq ravishda taqdim 
etadi va qal etish jarayonini 
boshqaradi, talabalarda qiziqishni 
uyg‘otadi. Mustaqil fikrlashni va 
faollikni shakllantiradi.     
T a l a b a. 
 Mavzuga doir yangi bilimlarni 
egallaydi, nutq rivojlanadi va 
eslab qolish qobiliyati kеchadi. 
Kеrakli adabiyotlar va ularning 
mazmuni bilan qisqacha 
tanishadi.  
Ma'ruza rivojlanadigan savol va 
javoblarni ongli ravishda 
tinglab, eng muhim joylarini 
6  Kеlgusi rеjalar 
(tahlili 
o‘zgarishlar)   
O‘ q i t u v ch i. 
O‘tilgan mashg‘ulotni tahlil qilish, 
yo‘l qo‘yilgan xato va 
kamchiliklarni o‘ziga qayd etish, 
T a l a b a. 
Mavzuga oid adabiyotlarni 
o‘rganish konspеktlarish, o‘z 
fikrini ravon bayon qilish 

 
92 
buni bartaraf etish maqsadida o‘z 
ustuda ishlash va pеdagogik 
mahoratini amalga oshirishning 
o‘zgartirilgan tеxnologiyasini 
ishlab chiqish. 
ko‘nikmasiga ega bo‘lish 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan texnologik xarita. 
 
1-Mavzu: Ta'lim tamoyillari va qonuniyatlari. 
 
Ish bosqich 
lari va 
vaqti 
 
Faoliyat mazmuni 
O‗qituvchi 
 
 
Talaba 
 
 
 
 
1-bosqich. 
O‗quv 
mashg‗uloti
ga 
kirish – 
tashkiliy-
tayyorgarlik 
bosqichi 
(20 daqiqa) 
 
1. Mavzu, mavzuni 
o‗zlashtirishdan ko‗zlangan 
maqsad va kutilayotgan 
natijalarni bayon etadi. 
2. ―Paqamlar‖ metodi bo‗yicha 
ishlash yuzasidan tushuncha beradi. va 
kichik guruhlarni shakllantiradi. 
3. Modullar yordamida o‗quv 
mashg‗ulotining tuzilishli-
mantiqiy sxemasini taqdim etadi. 
4. Vaqti-vaqti bilan talabalarga 
murojaat etib, ularni hamkorlik, 
faollikka undaydi. 
5. Talabalar, kichik guruhlar 
faoliyatini nazorat qilib boradi. 
6. Kutilgan natijaga erishilganlik 
darajasini baholaydi. 
8. Mashg‗ulotni yakunlaydi 
1. O‗qituvchi nutqni tinglaydilar, 
mavzu hamda uning mazmunini 
yorituvchi asosiy g‗oyalarni 
yozib oladilar. 
2. ―Paqamlar‖ kichik guruhlarda 
ishlash ko‗nikmalarini 
o‗zlashtiradilar.  
3. Taqdim etiladigan sxema, 
plakat va taqdimot bilan 
tanishadilar. 
4. Zarur o‗rinlarda savollar bilan  
murojaat qiladilar. 
5. O‗qituvchi yoki tengdoshlari 
bilan muloqot asosida mavzuga 
oid bilimlarini 
mustahkamlaydilar. 
6. Mavzu yuzasidan 
tushuncha va bilimlarga ega 
bo‗ladilar 
 
 
 
1. Talabalarni mavzu rejasi bilan 
tanishtiradi. 
2. Plakatlar mohiyatini yoritadi. 
3― Paqamlar‖ metodi bo‗yicha 
1. Mavzu rejasi bilan 
tanishadilar. 
2. Guruhlarga berilgan material 
mazmunini o‗rganadilar. 

 
93 
 
 
2-
босқич. 
Асосий 
қисм – 
англаш 
босқичи  
(50 
дақиқа) 
  
mavzuga oid materialni 
guruhlarga tarqatadi. 
4. Mavzu mohiyatini yorituvchi 
tayanch tushunchalarni ajratib 
ko‗rsatadi. 
5. Taqdimot asosida nazariy 
ma'lumotlarni bayon etadi.  
6. O‗quv materialining har bir 
bo‗limi va  umumiy mazmuni 
bo‗yicha xulosa qiladi 
3. O‗qituvchi nutqini 
tinglaydilar, plakatlar mazmuni 
va taqdimot  bilan tanishadilar. 
4. Taqdim etilayotgan mavzu, 
uning bo‗limlari, asosiy 
tushunchalarga oid savollar bilan 
murojaat qiladilar. 
5. O‗quv materialining asosiy 
o‗rinlarini o‗z daftarlariga 
qayd etis 
 
 
3-
босқич. 
Якуний 
қисм – 
фикрла
ш 
босқичи 
(10 
дақиқа) 
1. Guruhlardan kichik mavzular 
mohiyatini o‗rganishni  so‗raydi. 
2. Guruhlarga kichik mavzular 
mazmuni yoritish uchun imkon 
beradi. 
3. Guruhlarning jamoa tomonidan 
berilgan savollarga  javob qaytarishlari 
uchun sharoit yaratadi. 
4. Mashg‗ulot yuzasidan talabalarning 
fikrlarini o‗rganadi.  
5. Talabalarga mustaqil ishlash  
uchun topshiriq berib, uning 
baholanishiga oid mezonlari e'lon 
qilali 
1. Guruh tarkibida kichik 
mavzuni mohiyatini 
o‗rganadilar. 
 2. Kichik mavzular mohiyatini 
yoritadilar. 
3. Berilgan savollarga javob 
qaytaradilar. 
4. Mashg‗ulot yuzasidan 
fikrlarini bayon qiladilar. 
5. O‗qituvchi tomonidan 
berilgan topshiriqni yozib 
oladilar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5 – Mavzu : Ta'lim tamoyillari va qonuniyatlari. 
 
Rеja: 
1.
 
Ta'limning ilmiy, tizimli va izchil bo‘lish qoidasi. 
2.
 
Ta'lim va tarbiyaning birligi va nazariyaning amaliyot bilan bog‘lab o‘qitish 
qoidasi. 
3.
 
Ta'limda ko‘rsatmalilik va ta'limning o‘quvchilarga mos bo‘lish qoidalari  
4.
 
Ta'lim qonuniyatlari tarbiyaning ajralmas qismi ekanligi. 
5.
 
Shark va G‘arb olimlari ta'lim printsiplari (Farobiy, Bеruniy, Ibn Sino, 
Komеnskiy). 

 
94 
 
Ta'lim tamoyillari -
 
Ta'lim shakllari mеtodlari, usullari, vositalari, ta'lim jarayoni 
ishtirokchilarining  faoliyat  mazmuniga  qo‘yiladigan  talablarni  anglatuvchi 
dastlabki qoidalar tushuniladi.     
 
Ta'limning ilmiylik tamoyili 
 
Ta'limning puxtaligi tamoyili 
 
Ta'limda nazariya bilan 
amaliyotning birligi tamoyili. 
 
 
Ta'limning tushunarligi tamoyili   
 
Ta'limning ko‘rgazmalik tamoyili   
Ta'limda o‘quvchilarining 
mustaqilligi, ijodkorligini tashkil 
etish tamoyili. 
 
Ta'limda o‘qitishninig ta'limiy, 
tarbiyaviy, rivojlantiruvchi  
Funktsiyalarining yaxlitligi 
tamoyili. 
 
Ta'limda o‘quvchilarningyosh va 
individual xususiyatlarini hisobga 
olish tamoyili. 
 
Ta'lim tamoyillari 
 
Ta'limni  mazmunli  va  tashkiliy-netodik  tamoyillaridan  tashkil  lopgan 
tizim sifatida e'tirof etish mumkin:  
I. Ta'limninfi mazmunli tamoyillari. Ular ta'lim mazmunini tanlash bilan bog'liq 
bo'lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g'oyalarni ifodalaydi: 

 
fuqarolik; 

 
ilmiyligi; 

 
tarbiyalovchi ta'lim; 

 
fundamentalligi  va  amaliy  yo'nalganligi  (ta'limning  hayot  bilan, 
nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi); 

 
tabiat bilan uyg'unligi; 

 
madaniyat bilan uyg'unligi; 

 
insonparvarligi. 
Fuqarolik  tamoyili.  Unga  ko'ra  ta'lim  mazmunini,  shaxsning  subyektivligini 
rivojlantirish,  lining  ma'naviyligi  va  ijtimoiy  yctukligiga  yo'naltirishda  namoyon 
bo'lishi  kerak.  U  ta'lim  mazmunini  insonparvarlashtirishni  nazarda  tutadi  va 
fuqarolikni  anglash,  O'zbekiston  Respublikasining  ijtimoiy  va  siyosiy  tuzilishi 
haqidagi  tasavvurlar  tizimi,  o'zbek  xalqi  madaniyati  psixologik  xususiyatlari, 
lining mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar 
haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bog'liq. 

 
95 
Ta'limning  ilmiyligi  tamoyili  ta'lim  mazmunini  zamonaviy  fan  va  texnika 
rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to'plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. 
Bu  tamoyil  ta'lim  vaqtida  va  o'qishdan  tashqari  vaqtda  amalga  oshiriladigan  ta'lim 
mazmuni  o'quvchilarni  obyektiv  ilmiy  dalillar,  hodisalar,  qonunlar,  zamonaviy 
yutuqlar  va  rivojlanish  istiqbollarini  ochib  berishga  yaqinlashtirib,  u  yoki  bu 
sohaning  asosiy  nazariya  yoki  konsepsiyalari  bilan  tanishtirishga  yo'naltirilgan 
bo'lishini talab etadi. 
Ta'limning  tarbiyalovchilik  tamoyili  yaxlit  pedagogik  jarayonda  ta'lim  va 
tarbiyaning  birligi  qonuniyatlariga  tayanadi.  Bu  tamoyil  ta'lim  jarayonida 
barkamol  rivojlangan  shaxsni  shakllantirishni  ko'zda  tutadi.  Ta'lim  jarayonida 
tarbiyalashning  samarali  kechishi  shaxsning  intellektual  rivojlanishi,  birinchi 
navbatda, 
o'quvchilarning 
qiziqishlari, 
idrok 
etish 
hamda 
individual 
qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog'liq. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling