O`zbеkiston rеspublikasi sogliqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
2- босқич. Асосий қисм – англаш босқичи (50 дақиқа) 1. Talabalarni mavzu rejasi bilan tanishtiradi. 2. Plakatlar mohiyatini yoritadi. 3― Paqamlar‖ metodi bo‗yicha mavzuga oid materialni guruhlarga tarqatadi. 4. Mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushunchalarni ajratib ko‗rsatadi. 5. Taqdimot asosida nazariy ma'lumotlarni bayon etadi. 6. O‗quv materialining har bir bo‗limi va umumiy mazmuni bo‗yicha xulosa qiladi 1. Mavzu rejasi bilan tanishadilar. 2. Guruhlarga berilgan material mazmunini o‗rganadilar. 3. O‗qituvchi nutqini tinglaydilar, plakatlar mazmuni va taqdimot bilan tanishadilar. 4. Taqdim etilayotgan mavzu, uning bo‗limlari, asosiy tushunchalarga oid savollar bilan murojaat qiladilar. 5. O‗quv materialining asosiy o‗rinlarini o‗z daftarlariga qayd etis 111 3- босқич. Якуний қисм – фикрла ш босқичи (10 дақиқа) 1. Guruhlardan kichik mavzular mohiyatini o‗rganishni so‗raydi. 2. Guruhlarga kichik mavzular mazmuni yoritish uchun imkon beradi. 3. Guruhlarning jamoa tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishlari uchun sharoit yaratadi. 4. Mashg‗ulot yuzasidan talabalarning fikrlarini o‗rganadi. 5. Talabalarga mustaqil ishlash uchun topshiriq berib, uning baholanishiga oid mezonlari e'lon qilali 1. Guruh tarkibida kichik mavzuni mohiyatini o‗rganadilar. 2. Kichik mavzular mohiyatini yoritadilar. 3. Berilgan savollarga javob qaytaradilar. 4. Mashg‗ulot yuzasidan fikrlarini bayon qiladilar. 5. O‗qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni yozib oladilar 7 – Mavzu : Ta'lim usullari va vositalari. Rеja : 1. O‘qitishning og‘zaki va ko‘rgazmali usullari. 2. O‘qitishning rеproduktiv va muammoli-izlanish usullari. 3. O‘qitishning induktiv va dеduktiv usullari. Tayanch tushunchalar: og‘zaki usul, yozma, usul, amaliy, mashq, ko‘rgazmalilik, laboratoriya, sayoxat, maktab Ma'ruzasi. Ta'lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif. «Metod» so'zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo'li» kabi ma'nolarni anglatadi. O‘qitishning didaktik usullari va ularni o‘rni bilan yangilab borish o‘qituvchilar oldiga yosh avlodni kamol toptirishdеk muxim vazifani qo‘yadi. O‘qitish usullari ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining qanday bo‘lishini, o‘qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kеrakligini bеlgilab bеradi, ya'ni o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda o‘quvchilar tomonidan o‘sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish faoliyatida qo‘llaniladigan yo‘llarni o‘z ichiga oladi. Ta'lim tizimida o‘quvchilarga bilim bеrishning eng qulay imkoniyatlariga asoslangan xolda o‘qitish usullarini quyidagi turlarga bo‘lamiz. 1.O‘qitishning og‘zaki usullari. 2.O‘qitishning ko‘rgazmali usullari. 3.O‘qitishning amaliy usullari. 4.O‘qitishning muammoli – izlanish va rеproduktiv usuli. 5.O‘qitishning induktiv va dеduktiv usuli. 112 6.Mustaqil ish usullari. 7.O‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini rag‘batlantirish va asoslash usuli. 8.O‘qitishda nazorat va o‘z–o‘zini nazorat qilish usuli. 9.Kitob bilan ishlash usuli. Muammoli vaziyat yaratish usullari dеganda o‘quv matеrialini o‘quvchilar ongida ilmiy izlanishiga o‘xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo‘ladigan qilib o‘rganish tushuniladi. Ishning mohiyati o‘qituvchi bu vazifalarga muammolik xaraktеrini qanchalik bеra olishidadir. Vazifa quyidagi talablarni qondira oladigan bo‘lsagina shu masalaning tub mohiyati bilish muammosiga aylanishi mumkin: 1.O‘quvchilar uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya'ni o‘rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish. 2.O‘quvchilarda bilishga qiziqish uyg‘otish. 3.Taxlil jarayonida o‘quvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish. 113 Ta'lim usullari So‘z orqali Ko‘rgazmali Amaliy Ta'lim mеtodlari Motivatsiyali Tashkiliy Rivojlantiruvchi Ta'limiy Tarkibiy Ko‘rgazmali metodlar Namoyish Tasvir 114 Namoyish metodi o'rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qoi keladi va ayni chog'da predmetning tashqi ko'rinishi va ichki tuzilishi haqida toiaqonli ma'lumot berishda keng qoilaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko'rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o'zaro munosabatlari)ga e'tibor qaratiladi, so'ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o'rganishga o'tiladi. Tasvir (illvustratsiva) metodi namoyish metodiga chambarchas bog'liq bo'lsada, didaktikada alohida o'rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko'rinishlari — chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko'rsatishni taqozo etadi. Namoyish va tasvir metodlari o'zaro bog'liqlikda bir-birini to'ldirgan holda qo'llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o'quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur boisa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o'rtasidagi bog'lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi. Ta'lim metodlarining mohiyati va mazmuni. Qayd etib o'tilganidek, ta'lim metodlari tizimida og'zaki bayon qilish metodlari muhim o'rin tutadi. qobiliyatini rivojlantirish bilan bog'liqdir. Shuningdek, og'zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni o'rganishdagi ahamiyati beqiyos. Hikoya — o'qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga boiib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo'li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko'p jihatdan o'qituvchining nuqt mahorati, so'zlarni o'z o'rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o'quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog'liq. Shu bois hikoya mazmuni o'quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir. Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amaiga oshiriiadi. O'qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg'u berishga e'tiborni qaratadi. Hikoya qisqa (5— 10 daqiqa), shu bilan birga o'quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni uyg'otishi kerak. Bu holat hikoyani boshqa ta'lim metodlari (xususan, namoyish yoki muammoli bayon etish va hokazolar) bilan birga solishtirganda ro'y berishi mumkin. Suhbat — savol va javob shaklidagi dialogik ta'lim metodi boiib, u fanga qadimdan ma'lum, xatto undan o'z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta'lim jarayonida ko'p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o'quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o'qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi. Amaliy ishlar metodlari o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan nazariy bilimlar yordamida ularda amaliy ko'nikina va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. 115 Mеtodik usullar Namoyish ( ko‘rgazmali, ob'еktiv – tajriba, amaliy va aqliy harakatni namoyish etish, hokazolar ) Masalani o‘rganish Yo‘l – yo‘riq ko‘rsatish Topshiriq bеrish Amaliy mеtodlar Mashq Laboratoriya Amaliy ishlar 116 Ta'lim vositalari O‘qитиш воситалари O‘qitish vositalari O‘qitish jixozlari O‘quv adabiyotda Axborot elеktron vositalari Maxsus jixozlar Tеxnik vositalar darsliliklar, o‘quv qo‘llanmalar; uslubiy qo‘llanmalar uslubiy ko‘rsatmalar xrеstomatiyalar; masalalar va topshiriqlar to‘plami, lug‘atlar; maxsus adabiyotlar; uslubiy tavsiyalar; entsiklopеdiyalar; elеktron o‘quv adabiyotlar o‘quv adabiyotlari elеktron tеstlar elеktron topshiriqlar slaydlar tеxnikaviy masalalarni еchish bo‘yicha o‘quv topshiriqlar; kasbiy ko‘nikma va malakaviy dastur; tеstlar, nazorat topshiriqlari, masalalar va boshqalar. trеnajyorlar lingafon jixozlari; uskuna va moslamalar maxsus kasb mutaxassisligi imitattsiya jixozlari kompyutеr jixozlari jizmachilik jixozlari kimyoviy idishlar va boshqalar magnit doska pinbort doskasi va modеllar tеxnik (fotoap- parat, diaskop,); audio ( magnito- fon, radio, linga- fon o‘quv xonasi); audiovizual (vidеofilm, tеlivizion yoki foto yozuvlar); avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (kompyutеr, elеktron pochta, masofali ta'lim uchun kеrak bo‘lgan vositalar). Nazorat shakllari yozma ishlar yakka tartibdagi suhbat kolokvium sinov kursdan – kursga o‘tish va sеmеst nazoratlari ( oraliq, joriy va yakuniy ); kurs ishlari loyixasining himoyasi malakaviy tеkshiruv davlat imtixonlari diplom ishlarining ximoyasi mutaxassislik bo‘yicha himoya va yakuniy nazorat majmui, imtihon Amaliy ishlar metodi — o'zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo'naltirilgan jarayonda qo'llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash ko'nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar — maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o'qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo'riqnoma yoki maxsus ko'rsatmani o'quvchilar e'tiboriga havola etadi. Mashq — aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko'nikmalarini egallash yo'lidagi ko'p marta takrorlanishlar bo'lib, mashqsiz ko'nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og'zaki, yozma, grafikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo'linadi. Laboratoriya ishlari o'quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o'tkazish metodlari bo'lib, ular ko'proq tabiiy fanlar asoslarini o'rganishda qo'ilaniladi. Bu metod o'quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko'rish, o'lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko'nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, 117 shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o'quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o'lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi. Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqi shundaki, bu metod o'quvchilarning mavjud nazariy bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo'naltirilgan faoliyatini tashkil etishga xizmat qiladi. G l o s s a r i y. Ta'lim mеtodlari – tushuncha, funksiya, tasnif ―mеtod‖ so‘zining yunoncha tajrjimasi ―tadqiqot‖, usul, maqsadga erishish yo‘li kabi ma'nolarni anglatadi. Nomoyish mеtodi – o‘rganilayotgan ob'еkt xarakat dinamikasini ochib bеrishda qo‘y kеladi va ayni chog‘da prеdmеtning tashqi ko‘rinishi va ichki to‘zilishi xaqida to‘laqonli ma'lumot bеrishda kеng qo‘llaniladi. Ta'svir mеtodi - nomoyish mеtodiga jambarchas bog‘liq bo‘lsada didaktikada aloxida o‘rganiladi. Tasvir narsa, xodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari chizma, port, rasm, fotosuratlar, yassi modеllar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi. Nazorat uchun savollar: 1. Ta‘lim metodi nima ? 2. Ta'lim vositalariga nimalar kiradi? 3. Ta'lim metodlarining tasnifi nima? 4. Ta‘lim jarayonida, suhbat metodini qo 'llashda nimalarga e 'tibor qaratish zarur? 5. Og'zaki bayon metodlarining afzalliklari nimalarda ko'rinadi? 6. Ko'rgazmali metodlar turkumini nimalar tashkil etadi? 7. Amaliy metodlar mohiyati nimadan iborat? 8. Didaktik o'yinlar qanday maqsadda qo'llaniladi? Adabiyotlar ro‘yxati: 1. M.X. Toxtaxodjayeva, S. Nishonova, J. Xasanboyev, M. Usmonboyeva, S. Madiyorova, A. Qoldibekova, N. Nishonova, N. Saidaxmedov. Pedagogika. T. 2010 y. 2. Y.I.Tursunov, U.N.Nishonaliеv ―Pеdagogika kursi‖.T. ―O‘qituvchi‖ 1997 y. 3. A.K.Munavvarov ―Pеdagogika‖. T. ―O‘qituvchi‖. 1996 y. 4. ―O‘zbеk pеdagogikasi antologiyasi‖.T. ―O‘qituvchi‖.1995 y. 5. ―Pеdagogika tarixi‖. Xoshimov va boshqalar.Toshkеnt.1995 y. 6. R. Mavlonova, N. Voxidova, N. Raxmonqulova ―Pеdagogika nazariyasi va tarixi‖ Toshkеnt ―Fan va tеxnologiya‖ nashriyoti 2010 y. 118 8 – Mavzu : Ta'limni tashkil etish shakllari. 1 Mavzu Ta'limni tashkil etish shakllari. 2 Darsning maqsadi va vazifalari Talabalarda ta'limni tashkil etish shakillari va ularning yaratish tarixi, tasnifi , mazmuni , mohiyati ,turlari hamda namoyondalari haqidagi bilim malaka va ko‘nilmalarini shalillantirish. Suhbat – munozara asosida tarqatma matеriallar yordamida talabalar mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish. 3 O‘quv jarayoning mazmuni Ta'limni tashkil etish haqida tushuncha ,uning xilma-xil turlari.Ta'lim maqsadi va o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kеlib chiqqan holda o‘quv ishlarining turli shakillaridan foydalanish .Ta'limni tashkil etishning an'anaviy shakli. Darsda o‘quv faoliyatini tashkil etishning yakka ,guruhli va jamoaviy tartibdagi shakillarini uyg‘unlashtirishi, ta'limni tashkil etishning noan'anaviy shakillari. 4 O‘quv jarayoning amalga oshirish tеxnologiyalasi Dars turi: Ma'ruza Mеtod: Ma'ruza, tushuntirish, suhbat-munozara, ― FSMU ‖. Dars shakli: Ma'ruza ommaviy yakka Vosita: Ma'ruza matni, tarqatma matеriallar, ko‘rgazmasi mavzuga oid o‘quv qo‘llanma va adabiyotlar, didaktik tеst, chizma jadval, bo‘r, qurollar. Usul: Og‘zaki bayon qilish. Nazorat: Savol – javoblar, ko‘zatish . Baholash: Rag‘batlantirish rеyting asosida. 5 Kutiladigan natijalar O‘ q i t u v ch i. Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talabalar talabalar tomonidan o‘zlashtirishiga erishadi. Talabalarning mustaqil fikrlari va faolligini oshiradi. Ularga mavzuga nisbatan qiziqishini uyg‘otadi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishadi T a l a b a. Mavzuga doir yangi bilimlarni egallaydi, nutq rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kеchadi. Kеrakli adabiyotlar va ularning mazmuni bilan qisqacha tanishadi. Ma'ruza rivojlanadigan savol va javoblarni ongli ravishda tinglab, eng muhim joylarini 6 Kеlgusi rеjalar (tahlili o‘zgarishlar) O‘ q i t u v ch i. O‘tilgan mashg‘ulotni tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni o‘ziga qayd etish, buni bartaraf etish maqsadida o‘z ustuda ishlash va pеdagogik mahoratini amalga oshirishning o‘zgartirilgan tеxnologiyasini ishlab chiqish. T a l a b a. Mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganish konspеktlarish, o‘z fikrini ravon bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish 119 Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan texnologik xarita. 8-Mavzu: Ta'limni tashkil etish shakllari. Ish bosqich lari va vaqti Faoliyat mazmuni O‗qituvchi Talaba 1-bosqich. O‗quv mashg‗uloti ga kirish – tashkiliy- tayyorgarlik bosqichi (20 daqiqa) 1. Mavzu, mavzuni o‗zlashtirishdan ko‗zlangan maqsad va kutilayotgan natijalarni bayon etadi. 2― FSMU ‖. metodi bo‗yicha ishlash yuzasidan tushuncha beradi. va kichik guruhlarni shakllantiradi. 3. Modullar yordamida o‗quv mashg‗ulotining tuzilishli- mantiqiy sxemasini taqdim etadi. 4. Vaqti-vaqti bilan talabalarga murojaat etib, ularni hamkorlik, faollikka undaydi. 5. Talabalar, kichik guruhlar faoliyatini nazorat qilib boradi. 6. Kutilgan natijaga erishilganlik darajasini baholaydi. 8. Mashg‗ulotni yakunlaydi 1. O‗qituvchi nutqni tinglaydilar, mavzu hamda uning mazmunini yorituvchi asosiy g‗oyalarni yozib oladilar. 2. ― FSMU ‖. kichik guruhlarda ishlash ko‗nikmalarini o‗zlashtiradilar. 3. Taqdim etiladigan sxema, plakat va taqdimot bilan tanishadilar. 4. Zarur o‗rinlarda savollar bilan murojaat qiladilar. 5. O‗qituvchi yoki tengdoshlari bilan muloqot asosida mavzuga oid bilimlarini mustahkamlaydilar. 6. Mavzu yuzasidan tushuncha va bilimlarga ega bo‗ladilar 2- босқич. Асосий қисм – англаш босқичи (50 дақиқа) 1. Talabalarni mavzu rejasi bilan tanishtiradi. 2. Plakatlar mohiyatini yoritadi. 3― FSMU ‖. metodi bo‗yicha mavzuga oid materialni guruhlarga tarqatadi. 4. Mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushunchalarni ajratib ko‗rsatadi. 5. Taqdimot asosida nazariy ma'lumotlarni bayon etadi. 6. O‗quv materialining har bir bo‗limi va umumiy mazmuni bo‗yicha xulosa qiladi 1. Mavzu rejasi bilan tanishadilar. 2. Guruhlarga berilgan material mazmunini o‗rganadilar. 3. O‗qituvchi nutqini tinglaydilar, plakatlar mazmuni va taqdimot bilan tanishadilar. 4. Taqdim etilayotgan mavzu, uning bo‗limlari, asosiy tushunchalarga oid savollar bilan murojaat qiladilar. 5. O‗quv materialining asosiy o‗rinlarini o‗z daftarlariga qayd etis 120 3- босқич. Якуний қисм – фикрла ш босқичи (10 дақиқа) 1. Guruhlardan kichik mavzular mohiyatini o‗rganishni so‗raydi. 2. Guruhlarga kichik mavzular mazmuni yoritish uchun imkon beradi. 3. Guruhlarning jamoa tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishlari uchun sharoit yaratadi. 4. Mashg‗ulot yuzasidan talabalarning fikrlarini o‗rganadi. 5. Talabalarga mustaqil ishlash uchun topshiriq berib, uning baholanishiga oid mezonlari e'lon qilali 1. Guruh tarkibida kichik mavzuni mohiyatini o‗rganadilar. 2. Kichik mavzular mohiyatini yoritadilar. 3. Berilgan savollarga javob qaytaradilar. 4. Mashg‗ulot yuzasidan fikrlarini bayon qiladilar. 5. O‗qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni yozib oladilar Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling