O`zbеkiston rеspublikasi sogliqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5111000-Kasb ta`limi yo`nalishi 2-kurs talabalari uchun PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI
- S.M.Yuldasheva TOSHKENT- 2014
- 1.1.Fanning maqsad va vazifalari.
- 1.2 « Pedagogika nazariyasi va tarixi» fanidan bilim va ko‘nikmalarga qo‘yiladigan talablar
- 1.3. « Pedagogika nazariyasi va tarixi » fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogika nazariyasi va tarixi
- Kadrlar tayyorlashning milliy modeli . O‘zbekiston Respublikasida ta‘lim sohasidagi islohotlar.
- Ma`ruza №2 Mavzu: Pedagogika fanining predmeti , maqsad va vazifalari
- Adabiyotlar ro‘yhati: 1.1, 1.3, 1.5, 1.7 ,2.1, 2.2, 2.3, 2.4, 2.5, 2.8, 2.9, 2.10 Ma`ruza №3
- Ijtimoiylashuvi
- Adabiyotlar ro‘yhati: 1.1, 1.3, 1.5, 1.7 ,2.1, 2.2, 2.3, 2.4, 2.5, 2.8, 2.9, 2.10. Ma`ruza №4
- Adabiyotlar ro‘yhati: 1.1, 1.3, 1.5, 1.7 ,2.1, 2.2, 2.3, 2.4, 2.5, 2.8, 2.9, 2.10. Ma`ruza №5 Mavzu : Talim
- Adabiyotlar ro‘yhati: 1.1, 1.3, 1.5, 1.7 ,2.1, 2.2, 2.3, 2.4, 2.5, 2.8, 2.9, 2.10. Ma`ruza №6 Mavzu : Talim mazmuni
- Adabiyotlar ro‘yhati: 1.1, 1.3, 1.5, 1.7 ,2.1, 2.2, 2.3, 2.4, 2.5, 2.8, 2.9, 2.10. Ma`ruza №7
1 O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOGLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI «IJTIMOIY FANLAR » KAFЕDRASI 5111000-Kasb ta`limi yo`nalishi 2-kurs talabalari uchun PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN O`QUV - uslubiy MAJMUA (2014-2014 o`quv yili uchun) TOSHKENT- 2014 2 TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI «IJTIMOIY FANLAR » KAFЕDRASI Katta o‘qituvchi S.M.Yuldasheva TOSHKENT- 2014 3 Mundarija № Bo`limlar Bеtlar 1 Annotatsiya 4 2 Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan ishchi dastur 5 3 Fan bo`yicha ta'lim tеxnologiyalarini ishlab chiqishning kontsеptual asoslari 32 4 Ma'ruzalar mavzusi va tеxnologik xaritasi 34 5 Amaliy mashg`ulotlar mazmuni va tеxnologik xaritasi 193 6 Talabalar mustaqil ishlari 215 7 Fan bo‘yicha nazorat (Joriy, Oraliq, Yakuniy) 217 8 Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan test savollari 223 9 Glossariy 232 10 Foydali maslanatlar. 247 11 Informatsion-mеtodik ta'minot. Adabiyotlar ro‘yhati 243 12 Umumiy savollar 248 13 Baxolash mezoni 251 14 Muallaf haqida ma‘lumot 255 15 O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta'lim sistеmasini isloh qilish bo`yicha quyidagi mе'yoriy hujjatlar. 257 16 XoriJ adabiyotlari 258 17 Referat mavzulari 259 18 Tarqatma material 260-287 4 Ta'lim texnologiyasini ishlab chiqishda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‗qituvchilari tomonidan yaratilgan ―Ta'limda innovatsion texnologiyalar‖ (Loyiha muharriri i.f.d. prof. Bekmurodov A.Sh., p.f.n. dots. Golish L.V) uslubiy qo‗llanmasidan hamda ―Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat‖ malaka oshirish kursida olingan bilimlardan foydalanildi. Ushbu majmuani tayyorlashda Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti va Termiz Davlat Pedagogika Universiteti profеssor-o‗qituvchilari tomonidan yaratilgan o‗quv – uslubiy majmuadan foydalanildi Annotatsiya Mazkur ―O‘quv uslubiy majmua‖ Kasb ta`limi ta yo‘nalishi talabalari uchun «Pеdagogika nazariyasi va tarixi» fanidan maruza, sеminar mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishda, mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda, joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarga tayyorlanishda foydalanadilar,shuningdеk , o‘z bilimini tеkshirib ko‘rishi uchun savollar kiritilgan bo‘lib talabani o‘z ustida ishlashga ko‘mak bеradi. Majmuada ushbu fandan baholash mеzoni ham kеltirilgan bo‘lib, talaba to‘plashi kеrak bo‘lgan ballarni yig‘ishda yo‘riqnoma sifatida foydalanadi. 5 O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOGLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI «IJTIMOIY FANLAR » KAFЕDRASI «Tasdiqlandi» O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.b. f.f.d prof. X.S.Zaynutdinov ______________________ «___»____2014 yil PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI fanidan I S H C H I D A S T U R Bilim sohasi: 500000 – Ijtimoiy ta‘minot va sog‘lio‘ni saqlash Ta'lim sohasi: 510000 - Sog‘lio‘ni saqlash Bakalavriat yo`nalishi: 5111000 - Kasb ta'limi Umumiy o`quv soati - 121 соат shu jumladan: Ma'ruza - 36 soat Amaliy (seminar) mashg`ulot – 36 soat Mustaqil ish - 49 соат Toshkent – 2014 yil 6 Tuzuvchi: ― Ijtimoiy fanlar‖ kafedrasi o‟qituvchisi Yuldasheva S.M. Taqrizchilar: O‘zMU OPI ― Gumanitar fanlar ‖ kafedrasi mudiri p.f.n. dosent S.M.Yuldasheva Toshkent farmasevtika institutininig ―Ijtimoiy fanlar‖ kafedrasi mudiri i.f.n. K.K.Ismailov Ishchi dastur kafedraninig 2014 yil «__» __________ dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etildi. Kafedra mudiri i.f.n. K.K.Ismailov Ishchi dastur soha uslubiy kengashida muhokama qilindi va tasdiqlash uchun tavsiya etildi. ―_____‖ ______________2014 yil ________ sonli bayonnomasi. Soha uslubiy kengash raisi: Ishchi dastur MUKda ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. ―_____‖ ______________2014 yil ________ sonli bayonnomasi. 7 Bakalavr darajasini olish uchun ta'lim olayotgan barcha ta‘lim yo‘nalishlaridagi talabalar pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan: Ta'lim va tarbiya jarayonini boshqarish, ta'lim tizimida pedagogikaning o‘rni va roli, pedagogika va ta'lim nazariyasida ilmiy-tadqiqot usullari, o‘quvchi shahsini tarbiyasi va rivojlanishi, ta'lim-tarbiyaning qonunlari va tamoyillari, ta'limning tashkil etish shakllari va usullari, O‘zbekiston Respublikasida kasbiy ta'limni rivojlanish tarixi,―Ta'lim to‘g‘risida‖gi qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, uzluksiz ta'limning maqsadi, mazmuni, to‘zilishi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limini tashkil etish va boshqarish to‘g‘risidagi asosiy normativ xujjatlar, o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi mazmuni, kasb-hunar kollejlarini boshqarish, pedagogik mahorat va pedagogik bilimdonlik tushunchasi, pedagogik faoliyatning o‘ziga xosligi, kasbiy bilimlar, pedagogik qobiliyatlar, pedagogik texnika va uni shakllantirish usullari, muloqat madaniyati va o‘qituvchi faoliyatining psixologiyasi, o‘quv-tarbiyaviy ish jarayonida o‘qituvchilarning pedagogik muloqat mahoratini tahlil qila olish va uni amalga oshirish yo‘llarini bilishi, pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiyaning afzalliklari, ularning qo‘llanish va tavsifi, o‘quv jarayonining asosiy kom‘onentlari va bosqichlari haqida, o‘quv jarayonini takomillashtirish, pedagogik texnologiyani didaktik loyihalashtirish, ta'limda axborot texnologiyalari, O‘rta maxsus kasb- hunar ta'lim muassasalarida ta'limni tashkil etish shakllari, usullari, vositalari, O‘rta maxsus kasb-hunar ta'lim muassasalarida kichiq mutaxassis tayyorlashga davlat tomonidan qo‘yilgan talablar, umumkasbiy fanlarni o‘qitish metodikasi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizimida ishlab chiqarish ta'limi metodikasi, ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tkazish metodikasi, kasb ta'limi didaktikasi va metodikasi asoslari, o‘qituvchining o‘quv-uslubiy hujjatlari, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishi va nazorat, zamonaviy ta'lim texnologiyalari haqida tasavvurlarga ega bo‘lishi nazarda tutiladi; 1.1.Fanning maqsad va vazifalari. Bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning hozirgi zamon pedagogika fanining nazariy asoslari bilan qurollantirish: ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ni amalga oshirish sharoitida o‘quvchilarni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashda ta'lim samaradorligini oshirish uchun ularda zarur ko‘nikmalarni hosil qilish: bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning pedagogik tafakko‘rini shakllantirish negizini yaratish: pedagogik fikrlash qobiliyatini tarkib to‘tirish: ta'limning pedagogik qonuniyatlari hamda tamoyillariga mos holda tegishli qarorlar qabul qilish: korrektsion (maxsus) pedagogik asoslarni tushunish: Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Hos Hojib, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy va boshqa mutaffakirlarning ta'limiy, ahloqiy qarashlarini, umumbashariy qadriyatlar, ―Qur'onu Karim‖, ―Hadisu Sharif‖dagi umuminsoniy va ma'naviy ahloqiy tamoyillarini o‘rganish; hozirgi zamon texnologiyalarini bilish hamda ularni amaliyotda qo‘llay olishdan iborat. 8 1.2 « Pedagogika nazariyasi va tarixi» fanidan bilim va ko‘nikmalarga qo‘yiladigan talablar «Pedagogika nazariyasi va tarixi » o‘quv fanini o‘rganish jarayonida quyidagi pedagogik tushunchalarni bilish va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur: ta'lim-tarbiya ishlarini mustaqillik g`oyalaridan foydalanilgan qolda pedagogik qonuniyatlar va tamoyillarga uyg`un qolda o‘tkazish; pedagogik faoliyatni rejalashtirishda, yaqin, o‘rta davrni va istiqbolni ko‘zlab maqsad, vazifalarni belgilash; amaliyotda o‘itish hamda ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning asosiy shakllarini qo‘llash; amaliyotda o‘qitish va ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning qulay metod va vositalarini qo‘llash, ma'lum vaziyatlarda ulardan tog`ri foydalana olish; ta'lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Sharq va g`arbning ilg`or pedagogik tajribalaridan foydalangan holda tashkil etish; oquvchilar jamoasini o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni to‘g‘ri bajarilishini tashkil etish; shaxs faoliyati va xulqini rag`batlantirib borish; pedagogik vaziyatlar, ta'lim va tarbiya natijalarini tahlil eta olish, jamoani o‘rganish; o‘zlashtirmaslik sabablarini, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun samarali tadbirlarni belgilash; o‘z bilimini oshirib borish, amaliyotda pedagogika fanidagi yutuqar, ilg`or tajribalardan foydalanish, qulay pedagogik tadqiqotlar o‘tkazish, pedagogik faoliyatda yuzakichilik va bir qoli‘da ishlashga yo‘l qo‘ymay, ishga ijobiy munosabatni namoyon etish; guruh rahbari va tarbiyachi-murabbiy vazifalarining samaradorligiga erishish, tashqi ta'lim, ota-onalar, mahalla, jamoatchilik, bilan o‘z-o‘zini boshqarishni tashkil etish. 1.3. « Pedagogika nazariyasi va tarixi » fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogika nazariyasi va tarixi fani – falsafa, iqtisod, O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, siyosatshunoslik, madaniyat- shunoslik, sotsiologiya, psixologiya, huquqshunoslik, mantiq, etika va estetika, ma'naviyat va ma'rifat asoslari, O`zbekiston tarixi o`quv fanlarini o`qitish metodikasi maktab gigienasi va fiziologiyasi, o`zbek va rus tillari kabi fanlar bilan o‘zviy aloqada o`rganiladi. 9 2.Fanning mazmuni . Ma`ruza №1 Mavzu: Kadrlar tayyorlashning milliy modeli . O‘zbekiston Respublikasida ta‘lim sohasidagi islohotlar. O‘zbekiston Respublikasida ta‘lim sohasidagi islohotlar. Ta‘lim to‘grisidagi qonun va uning mohiyati, mazmuni. O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlashning milliy modeli va uning asosiy tarkibiy qismlari; Uzluksiz ta'lim tizimi va turlari.Pedagoglik (o‘qituvchi-muallim, tarbiyachi- murabbiy) kasbi. pedagoglik kasbining paydo bo‘lishi va ravnaq to‘ishi. Sharq mutafakkirlari (Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, alisher Navoiy va boshqalar) va o‘arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining tutgan o‘rni haqida. o‘qituvchi-bakalavrning asosiy vazifalari, burch va mas'uliyatlari.Pedagogik mahoratni egallash yo‘llari. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Yan Amos Komenskiy, Lev Tolstoy, hamza o‘akimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy kabi buyuk mutafakkirlarning ilmiy salohiyati va pedagogik madaniyati. Ularning pedagogika fani va maorif rivojiga qo‘shgan hissasi. hozirgi sharoitda o‘qituvchi-murabbiy shaxsiga qo‘yilgan talablarning ortib borishi. O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi-Pedagogik mahorat ustasi. Ўзбекистон Президенти И.А.Каримов ўқитувчи бурчи, маъсулияти. Инсонпарварлиги ва унинг баркамол шахсни шакллантиришдаги ўрни ҳақида.( ―Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори‖ асарида ) 6 соат Adabiyotlar ro‘yhati: 1.1, 1.3, 1.5, 1.7 ,2.1, 2.2, 2.3, 2.4, 2.5, 2.8, 2.9, 2.10. Ma`ruza №2 Mavzu: Pedagogika fanining predmeti , maqsad va vazifalari Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, rivojlanish bosqichlari va ilmiy-nazariy, amaliy istiqbolni belgilash vazifalari. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari va tushunchalari tarbiya, ta'lim o‘qitish, o‘qish), ma'lumot, bilim, ko‘nikma va malakalar, rivojlanish. Pedagogika fanining tuzilishi. Pedagogika fanining tarmoqlari. Pedagogikaning falsafa, sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, meditsina va boshqa insonshunoslik fanlari bilan aloqasi. Pedagogika fanlari tizimi. Asosiy pedagogik jarayonlar va ularning bir butunligi, pedagogik jarayonlarni tadqiq qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Ilmiy pedagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy jihatlari. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning tavsifi. Nazariy tadqiqot metodlari qiyosiy-tarixiy tahlil, qiyosiy taqqoslash, umumlashtirish, modellashtirish va boshqalar. Amaliy tadqiqot metodlari ilmiy kuzatish, suhbat, 10 intervyu, so‘rovnoma, test, reyting, statistik tahlil, hujjatlar taxlili, ilmiy tajriba, ilmiy tajriba sinovi (tabiiy, laboratoriya, amaliy va boshqalar). Tajriba — sinov ishlari va ularni kuzatish metodikasi. Adabiyotlar ro‘yhati: 1.1, 1.3, 1.5, 1.7 ,2.1, 2.2, 2.3, 2.4, 2.5, 2.8, 2.9, 2.10 Ma`ruza №3 Mavzu: Shaxsning rivojlanishi , tarbiyasi va Ijtimoiylashuvi Pedagogik antro‘ologiya. Shaxs haqida tushuncha. Individ — shaxs, shaxsning o‘ziga xosligi. Shaxs haqida tushuncha, individ, shaxs, individuallik. Shaxs rivojlanishining biologik va ijtimoiy asoslari hamda jihatlari. Shaxs rivojlanishi va tarbiyasining o‘zaro uyg‘unligi. Bola shaxsi — tarbiya ob'ekti va sub'ekti sifatida. Shaxs faoliyati. O‘quvchi- yoshlarni yosh xususiyatlariga ko‘ra davrlarga bo‘lish. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning shakllanishi. Ўзбекистоннинг ривожланишининг маънавий-ахлоқий негизлари Президентимиз И.А.Каримовнинг асарларида ўз аксини топганлиги (Юксак маънавият – енгилмас куч асари) 6 соат. Adabiyotlar ro‘yhati: 1.1, 1.3, 1.5, 1.7 ,2.1, 2.2, 2.3, 2.4, 2.5, 2.8, 2.9, 2.10. Ma`ruza №4 Mavzu: Didaktika ta'lim nazariyasi sifatida. Ta'lim va o‘qitish nazariyasi (didaktika)-Pedagogika fanining tarkibiy qismi hamda ma'lumotli bo‘lish — ma'naviy-amaliy faoliyat jarayoni sifatida. Uning jamiyatda tutgan o‘rni. Didaktikaning vazifalari va ahamiyati, asosiy tushunchalari. hozirgi davr didaktika rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari (kontse‘tsiyasi). Uzluksiz ta'lim kontse‘tsiyasi. O‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi kontse‘tsiyasi. Rivojlanuvchi va tarbiyalovchi ta'lim kontse‘tsiyasi. Uni hozirgi davr pedagogikasida amalga oshirishga turlicha yondashuvlar. O‘quv jarayonini «texnologiyalashtirish» kontse‘tsiyasi. Uning ijobiy va salbiy tomonlari. Hozirgi davr didaktikasi tizimlari (an'anaviy va «zamonaviy»). hozirgi davr pedagogikasida ta'lim paradigmalari an'anaviy-konservativ, ilmiy, insonparvarlashgan (mantiqiy), ratsionalistik (bixevioristik), texnokratik, ezoterik. Adabiyotlar ro‘yhati: 1.1, 1.3, 1.5, 1.7 ,2.1, 2.2, 2.3, 2.4, 2.5, 2.8, 2.9, 2.10. Ma`ruza №5 Mavzu: Ta'lim tamoyillari , qonuniyatlari Ta'lim jarayoni mohiyati. Ta'lim jarayonining yagona tizim sifatida tasnifi. 11 Ta'lim borliqni bilishning o‘ziga xos shakli sifatida. O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavsifi, ularning ta'lim jarayonidagi o‘zaro aloqasi. Sharq (al-Forobiy, Beruniy, Ibn Sino) va G‘arb mutafakkirlarining gneseologik g‘oyalari (qarashlari) ta'lim jarayonining asosi sifatida. Ta'lim jarayonida o‘zaro aloqa va bolalarning rivojlanishi. O‘qitishning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarining birligi. O‘quvchi-yoshlarning o‘quv faoliyati va uning tuzilishi. Tarbiyalanuvchilarning reproduktiv va ijodiy bilish faoliyati. Bilimlarni o‘zlashtirish, malaka va ko‘nikmalar jarayoni hamda shaxsning rivojlanishi. Ta'lim jarayonini tashkil qilishda tarbiyachilar yo‘l qo‘yadigan xatolar va ularning oldini olish. Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari. Ularning psixologik va fiziologik asoslovi. Sharq mutafakkirlari ta'lim tamoyillari haqida. Adabiyotlar ro‘yhati: 1.1, 1.3, 1.5, 1.7 ,2.1, 2.2, 2.3, 2.4, 2.5, 2.8, 2.9, 2.10. Ma`ruza №6 Mavzu: Ta'lim mazmuni va mohiyati Ta'lim – tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usuli ekanligi. Ta'lim - o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayoni. Ta'lim o‘qituvchi tomonidan boshqariluvchi o‘ziga xos anglash jarayoni. Ta'limning mohiyati savodga o‘rgatish yoki boshqa har qanday o‘quv faniga o‘rgatishdagi kabi o‘qitayotgan odam va o‘qiyotgan odamning pedagogik munosabatlarida ifoda etilishi. Ta'lim – bu boshqariladigan bilim olish, ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o‘zlashtirish, shaxsni shakllantirish asosini tashkil qiluvchi u yoki bu faoliyat ko‘nikmasini egallash, takrorlash sodir bo‘ladigan jarayon. Adabiyotlar ro‘yhati: 1.1, 1.3, 1.5, 1.7 ,2.1, 2.2, 2.3, 2.4, 2.5, 2.8, 2.9, 2.10. Ma`ruza №7 Mavzu: Ta'lim usullari va vositalari Ta'lim metodlari va usullari haqida tushuncha. hozirgi zamon didaktikasi va xususiy metodikasida ta'lim metodlarini tavsiflashga turlicha yondashuvlar. Ayrim ta'lim metodlarining tavsifi. Sharq mutafakkirlari (Forobiy, Xorazmiy, Beruniy,IbnSino va boshqalar) ta'lim metodlari haqida. Turli yosh guruhlarida ta'lim metodlarini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari. Ta'lim mazmunining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘quvchilarning bilish faoliyati, rivojlanish darajasiga ko‘ra ta'lim metodlarini faollashtirish yo‘llari. Ta'lim metodlarini takomillashtirish. pedagogika tajribasida ta'lim metodlari samaradorligini oshirish yo‘llari. Ta'limning texnikaviy vositalari, kom‘yuterlar va turli audiovidual vositalardan foydalanish imkoniyatlari. Оммавий ахбарот воситалри, интернет тармоғи орқали мамлакатимизда маънавий-маърифий соҳаларида ислоҳатлар ҳақида маълумотлар тўплаш ва уларни тахлил қилиш 6 соат 12 Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling