O`zbеkiston rеspublikasi sogliqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/35
Sana15.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35

G l o s s a r i y 
Ta'lim  sohasidagi  isloxat  –  Mavjud  moddiy  tеxnika,  o‘quv  uslubiy  rеsurslarga 
tayanib ta'lim tizimi mazmuni va mohiyatini shaklini yangilash.   
Ihtiyoriy – majburiy ta'lim – Ta'lim shaklini qay birida o‘qishni tanlash ixtiyoriy 
bo‘lib, shu bosqichda o‘qishning majburiyligi    
Shaxs  -  Kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  sub'еkti  va  ob'еkti,  ta'lim  sohasidagi 
xizmatlarning istе'molchisi va ularni amalga oshiruvchi. 
Davlat  va  jamiyat  –  Ta'lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimining  faoliyatini  tartibga 
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib 
olishning kafillari bo‘lib, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash 
bo‘yicha ta'lim muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtiradi.  
Uzluksiz  ta'lim  –  Malakali  raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlashning  asosi  bo‘lib, 
ta'limning barcha turlarini: maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus, 
kasb-hunar  ta'limi,  oliy  ta'lim,  oliy  o‘quv  yurtidan  kеyingi  ta'lim,  kadrlar 
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'limni, DTSni, 
kadrlar tayyorlash tizimi to‘zilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga 
oladi.  
Fan – Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or 
pеdagogik va axborot tеxnologiyalarini ishlab chiquvchi.  
Ishlab chiqarish – Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdеk, ularning tayyorgarlik 
sifati  va  saviyasiga  nisbatan  qo‘yiladigan  talablarni  bеlgilovchi  asosiy 
buyurtmachi,  kadrlar  tayyorlash  tizimini  moliya  va  moddiy  -  tеxnika  jihatidan 
ta'minlash jarayonining qatnashchisi.  
 
 
 

 
55 
Nazorat uchun savollar: 
     1. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning bosh g'oyasi nimadan iborat? 
2.
 
Kadrlar tayyorlash milliy modeli nima? 
3.
 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  asosiy  tarkibiy  qismlari  nimalardan 
iborat? 
4.
 
Uzluksiz ta 'lim tizimining mohiyatini yoritib bering. 
5.
 
Oliy o 'quv yurtidan keyingi ta 'lim mazmunini izohlab bering. 
6.
 
Pedagoglik kasbining asosiy xususiyatlari nimatarda namoyon bo 'ladi? 
7.
 
O'qituvchi qanday sifatlarga ega bo 'lishi zarur? 
8.
 
Sizning  nazaringizda  bugungi  kun.o'qituvchisiga  qanday  pedagogik  talablar 
qo'yilmoqda? 
 
Adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Barkamol avlod orzusi,  T., 1999 y. 
2. Barkamol avlod – o‘zbеkiston taraqqiyotining poydеvori , T., 1998 y. 
3. O‘zbеkiston  rеspublikasining  konstituttsiyasi , T., 1992 y. 
4.  M.X.  Toxtaxodjayeva,  S.  Nishonova,  J.  Xasanboyev,  M.  Usmonboyeva,  S. 
Madiyorova,  A.  Qoldibekova,  N.  Nishonova,  N.  Saidaxmedov.  Pedagogika.  T. 
2010 y.  
 
 

 
56 
2 – Mavzu : Pеdagogika fanining prеdmеti, maqsadi va vazifasi.   
 

Mavzu 
Pеdagogika fanining prеdmеti, maqsadi va vazifasi.    
2  Darsning maqsadi 
va vazifalari 
Talabalarga Pеdagogika nazariyasi va amaliyoti fani, ijtimoiy fan 
ekanligi, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. Rivojlanish 
bosqichlari, vazifalari maqsadi prеdmеti haqidagi fikrlarini 
boyitish. 
Mavzuga doir tarqatilgan matеriallarni talabalar tomonidan yakka 
va guruxli xolatini o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat munozara 
orqali tarqatma matеriallardan matnlar qay darajada 
o‘zlashtirilganligini nazorat qilish, maxsus vazifalarni amalga 
oshirish.       
3  O‘quv jarayoning 
mazmuni 
Pеdagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning jamiyat taraqqiyotida 
tutgan o‘rni, rivojlanish bosqichlari va ilmiy – nazariy, amaliy 
istiqbolini bеlgilash vazifalari. Pеdagogika fanining to‘zilishi. 
Pеdagogika fani tarmoqlari. Pеdagogika faning boshqa fanlar 
bilan aloqasi. Asosiy pеdagogik jarayonlar va ularning bir 
butunligi, pеdagogik jarayonlarni tadbiq qilishning o‘ziga xos 
xususiyatlari ilmiy pеdagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy 
jixatlari.       
4  O‘quv jarayoning 
amalga oshirish 
tеxnologiyalasi  
 
Dars turi: Ma'ruza  
Mеtod: ―Aqliy xujum‖  
Dars shakli: Guruxlarda, jamoada ishlash   
Vosita: Ma'ruza matni, mavzuga oid o‘quv qo‘llanma va 
adabiyotlar, didaktik tarqatma  matеriallar, tеst, chizma jadval, 
bo‘r.  
Usul: Tayyor yozma matеriallar va chizmalar asosida 
Nazorat: Savol – javoblar, ko‘zatish    
Baholash: Rеyting asosida.       
5  Kutiladigan 
natijalar 
O‘ q i t u v ch i. 
Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha 
talabalar talabalar tomonidan 
o‘zlashtirishiga erishadi. 
Talabalarning mustaqil fikrlari va 
faolligini oshiradi. Ularga 
mavzuga nisbatan qiziqishini 
uyg‘otadi, o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadlarga erishadi. 
T a l a b a. 
Mavzuga doir yangi 
bilimlarni egallaydi, nutq 
rivojlanadi va eslab qolish 
qobiliyati kеchadi. Kеrakli 
adabiyotlar va ularning 
mazmuni bilan qisqacha 
tanishadi. Ma'ruza 
rivojlanadigan savol va 
javoblarni ongli ravishda 
tinglab, eng muhim joylarini 
yozib olishadi.  
6  Kеlgusi rеjalar 
(tahlili 
o‘zgarishlar)
   
O‘ q i t u v ch i. 
O‘tilgan mashg‘ulotni tahlil qilish, 
yo‘l qo‘yilgan xato va 
kamchiliklarni o‘ziga qayd etish, 
T a l a b a. 
Mavzuga oid adabiyotlarni 
o‘rganish konspеktlarish, o‘z 
fikrini ravon bayon qilish 

 
57 
buni bartaraf etish  
maqsadida o‘z ustuda ishlash va 
pеdagogik mahoratini amalga 
oshirishning o‘zgartirilgan 
tеxnologiyasini ishlab chiqish.  
ko‘nikmasiga ega bo‘lish.    
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan texnologik xarita. 
 
1-Mavzu: Pеdagogika fanining prеdmеti, maqsadi va vazifasi. 
 
Ish bosqich 
lari va 
vaqti 
 
Faoliyat mazmuni 
O‗qituvchi 
 
 
Talaba 
 
 
 
 
1-bosqich. 
O‗quv 
mashg‗uloti
ga 
kirish – 
tashkiliy-
tayyorgarlik 
bosqichi 
(20 daqiqa) 
 
1. Mavzu, mavzuni 
o‗zlashtirishdan ko‗zlangan 
maqsad va kutilayotgan 
natijalarni bayon etadi. 
2. ―Aqliy xujum‖
 
metodi 
bo‗yicha ishlash yuzasidan 
tushuncha beradi. va kichik 
guruhlarni shakllantiradi. 
3. Modullar yordamida o‗quv 
mashg‗ulotining tuzilishli-
mantiqiy sxemasini taqdim etadi. 
4. Vaqti-vaqti bilan talabalarga 
murojaat etib, ularni hamkorlik, 
faollikka undaydi. 
5. Talabalar, kichik guruhlar 
faoliyatini nazorat qilib boradi. 
6. Kutilgan natijaga erishilganlik 
darajasini baholaydi. 
8. Mashg‗ulotni yakunlaydi 
1. O‗qituvchi nutqni tinglaydilar, 
mavzu hamda uning mazmunini 
yorituvchi asosiy g‗oyalarni 
yozib oladilar. 
2. ―Aqliy xujum‖
 
kichik 
guruhlarda ishlash 
ko‗nikmalarini o‗zlashtiradilar.  
3. Taqdim etiladigan sxema, 
plakat va taqdimot bilan 
tanishadilar. 
4. Zarur o‗rinlarda savollar bilan  
murojaat qiladilar. 
5. O‗qituvchi yoki tengdoshlari 
bilan muloqot asosida mavzuga 
oid bilimlarini 
mustahkamlaydilar. 
6. Mavzu yuzasidan 
tushuncha va bilimlarga ega 
bo‗ladilar 

 
58 
 
 
 
 
 
2-
босқич. 
Асосий 
қисм – 
англаш 
босқичи  
(50 
дақиқа) 
  
1. Talabalarni mavzu rejasi bilan 
tanishtiradi. 
2. Plakatlar mohiyatini yoritadi. 
3―Aqliy xujum‖
 
metodi 
bo‗yicha mavzuga oid 
materialni guruhlarga tarqatadi. 
4. Mavzu mohiyatini yorituvchi 
tayanch tushunchalarni ajratib 
ko‗rsatadi. 
5. Taqdimot asosida nazariy 
ma'lumotlarni bayon etadi.  
6. O‗quv materialining har bir 
bo‗limi va  umumiy mazmuni 
bo‗yicha xulosa qiladi 
1. Mavzu rejasi bilan 
tanishadilar. 
2. Guruhlarga berilgan material 
mazmunini o‗rganadilar. 
3. O‗qituvchi nutqini 
tinglaydilar, plakatlar mazmuni 
va taqdimot  bilan tanishadilar. 
4. Taqdim etilayotgan mavzu, 
uning bo‗limlari, asosiy 
tushunchalarga oid savollar bilan 
murojaat qiladilar. 
5. O‗quv materialining asosiy 
o‗rinlarini o‗z daftarlariga 
qayd etis 
 
 
3-
босқич. 
Якуний 
қисм – 
фикрла
ш 
босқичи 
(10 
дақиқа) 
1. Guruhlardan kichik mavzular 
mohiyatini o‗rganishni  so‗raydi. 
2. Guruhlarga kichik mavzular 
mazmuni yoritish uchun imkon 
beradi. 
3. Guruhlarning jamoa tomonidan 
berilgan savollarga  javob qaytarishlari 
uchun sharoit yaratadi. 
4. Mashg‗ulot yuzasidan talabalarning 
fikrlarini o‗rganadi.  
5. Talabalarga mustaqil ishlash  
uchun topshiriq berib, uning 
baholanishiga oid mezonlari e'lon 
qilali 
1. Guruh tarkibida kichik 
mavzuni mohiyatini 
o‗rganadilar. 
 2. Kichik mavzular mohiyatini 
yoritadilar. 
3. Berilgan savollarga javob 
qaytaradilar. 
4. Mashg‗ulot yuzasidan 
fikrlarini bayon qiladilar. 
5. O‗qituvchi tomonidan 
berilgan topshiriqni yozib 
oladilar 
 
 
2 – Mavzu : Pеdagogika fanining prеdmеti, maqsadi va vazifasi. 
 
Rеja: 
1.
 
Pedagogika predmeti  
2.
 
Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari 
3.
 
Pedagogika fanining vazifalari  
4.
 
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari 
5.
 
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi 
6.
 
Pedagogika fanlari tizimi  
Pedagogika  predmeti.  Pedagogika  (yunoncha  paidagogike  bo'lib,  paidagogos 
«bola» va «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan 
jamiyatda  yagona  ijtimoiy  maqsadga  muvofiq  yosh  avlodni  tarbiyalash  hamda 

 
59 
unga  ta'lim  berishning  mohiyati  va  muammolarini  o'rganadigan  fan.  Pedagogika 
ijtimoiy  fanlar  tizimiga  kiruvchi  fan  sanalib,  yosh  avlod  hamda  kattalarni  milliy 
istiqlol g'oyalari asosida tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o'rganadi. 
Pedagogika  fani  shaxsni  rivojlantirishning  ikki  muhim  jihati  —  uni  o'qitish  va 
tarbiyalashga  asosiy  e'tiborni  qaratganligi  bois  didaktika  (ta'lim  nazariyasi)  va 
tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. 
Didaktika  (ta'lim  nazariyasi,  yunoncha  didaktikos  «o'rgatuvchi»  didasko 
«o'rganuvchi»)  ta'limning  nazariy  jihatlari,  ta'lim  jarayonining  mohiyati, 
tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'qituvchi faoliyatlari, ta'limning maqsadi, 
mazmuni,  shakl,  metod,  vositalari,  natijasi,  ta'lim  jarayonini  takomillashtirish 
yo'llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi. 
Ta'lim o'z  mohiyatiga ko'ra  umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy 
ta'lim  har  bir  shaxsning  kamol  topishi  hamda  u  tomonidan  hayotiy  faoliyatni 
tashkil  eta  olishi  uchun  zarur  bo'lgan  ma'lumotlarni  berishga  yo'naltiriladi. 
Umumiy  ta'lim  asosida  o'zlashtirilgan  ma'lumotlar  kelgusida  shaxsning  kasbiy 
tayyorgarligini  ta'minlashga  imkon  beruvchi  maxsus  ta'lim  olishi  uchun  asos 
bo'ladi.  Maxsus  talim  —  o'zida  mutaxassislik  xususiyatlarini  namoyon  qilib, 
shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish 
asosida amaliy ko'nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Ta'lim,  shuningdek,  turli  darajadagi  ta'lim  dasturlarini  amalga  oshirishiga  ko'ra 
maktabgacha  ta'lim,  umumiy  o'rta  ta'lim,  o'rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'limi,  oliy 
ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta'lim kabi turlarga bo'linadi.  
Tarbiya  nazarivasi  —  pedagogikaning  muhim  tarkibiy  qismlaridan  biri  bo'lib, 
tarbiya  jarayoni  mazmuni,  shakl,  metod,  vosita  va  usullari,  uni  tashkil  etish 
muammolarini o'rganadi. 
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni 
har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish 
jarayonidir.  Ijtimoiy  tarbiya  aqliy,  axloqiy,  jismoniy,  mehnat,  estetik,  iqtisodiy, 
huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo'nalishlarda tashkil etiladi. 
Ta'lim –tarbiyaning 
zamonaviy 
qonuniyatlari 
 
Ta'lim tarbiyaning 
usullari, vositalari 
 
Ta'lim tarbiyaning 
mazmuni 
 
Dunyoning moddiy – 
ma'naviy rivojida shaxs 
kamolati uyg‘unligi 
 
Pеdagogika fanining prеdmеti 
 

 
60 
            
Ijtimoiy  tarbiya  va  uning  bosqichlari.  Insoniyatning  yashash  uchun 
kurashish  va  turli  tabiiy  ofatlardan  himoyalanish  yo'lida  olib  borgan  harakatlari 
tarbiya  g'oyalarining  shakllanishiga  asos  bo'lib  xizmat  qilgan.  Ibtidoiy  jamoa 
tuzumida  odamlarning  guruh-guruh  bo'lib  hayot  kechirishi  sababli  bolalarga 
tirikchilik  o'tkazish  yo'lidagi  faoliyat  (o'simlik  mevalari,  ildizlarini  terish, 
hayvonlarni  ovlash)ni  tashkil  etish  borasidagi  tajribalarni  o'rgatish  guruh  a'zolari 
tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o'yin 
jarayonlarida o'zlashtirilgan.  Mehnat  faoliyatini  tashkil  etish  jinsiy  xarakterga  ega 
bo'lganligi  bois  o'g'il  va  qiz  bolalarni  tarbiyalashda  o'ziga  xos  jihatlar  ko'zga 
tashlangan.  Oila,  xususiy  mulk  va  davlatning  paydo  bo'lishi  ijtimoiy  tarbiya 
mazmunida  ham  tub  o'zgarishlarning  sodir  etilishi,  quldorlarning  paydo  bo'lishiga 
olib  keldi.  Aynan  mana  shu  davrdan  tarbiya  jamiyatning  ijtimoiy  talab  va 
ehtiyojlari  asosida  yo'lga  qo'yila  boshladi.  Erkin  fuqarolarni  tarbiyaning  maqsadi, 
vazifalari,  mazmuni  va  vositalari  borasidagi  fikrlar  Demokratik,  Platon  va 
Aristotellarning  asarlarida  muhim  o'rin  egallagan.  Mutafakkirlarning  asarlarida 
ushbu  fikrlar  mustaqil  pedagogik  nazariya  sifatida  emas,  balki  falsafiy  qarashlar 
yoki jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon etilgan. 
Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang'ich asoslar 
qo'yildi. 
Quldorlik  tuzumida  erkin  bo'lmagan  kishilar  (qullar)ning  haq-huquqlari 
cheklanganligi  bois  tarbiya  tizimi  faqatgina  quldorlar,  ularning  farzandlari  uchun 
xizmat qilgan. 
Quldorlik  tuzumi  o'rnida  shakllangan  feodal  tuzumda  pedagogik  g'oyalar 
feodallar  manfaatini  ifoda  eta  boshladi.  Mazkur  davr  pedagogik  jarayonni  tashkil 
etishda  diniy  g'oyalar  yetakchi  o'rin  egallashi  bilan  tavsiflanadi.  Ijtimoiy  hayotda 
diniy  muassasalar  (G'arbda  cherkov,  Sharqda  esa  masjidlar)ning  roli  osha  borib, 
bolalarni o'qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi 
dunyoviy  g'oyalarni  ilgari  surish,  ilmiy  nazariyalarni  yaratish  va  targ'ib  etishning 
din  peshvolari  tomonidan  qoralanishi  kabi  holatlar  ham  ko'zga  tashlangan  bo'lsa-
da, ammo  savdo-iqtisodiy  aloqalar ko'lamining  kengayishi, tabiiy  ofatlarga  qarshi 
keskin  chora  ko'rish  ehtiyoji  ilmiy  bilimlarni  rivojlantirish  hayotiy  zaruriyat 
ekanligini  isbotladi.  Insoniyat  tarixidan  mustahkam  o'rin  olgan  Sharq  Uyg'onishi 
deb  nom  olgan  tarixiy  jarayon  aynan  feodal  tuzumi  —  o'rta  asrlar  davrida  sodir 
boidi.  Sharqda  buyuk  allomalar  -  Muhammad  Muso  al-Xorazmiy,  Abu  Nasr 
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg'oniy, G'arbda esa 
T.Mor,  T.Kampanella,  E.Rotterdamskiy,  F.Rable,  M.Monten  va  boshqalar 
tomonidan  har  tomonlama  rivojlangan,  ruhiy  va  jismoniy  jihatdan  sog'lom,  antik 
dunyo  va  burjuaziya  davri  yutuqlari  asosida  ilmiy  bilimlarni  o'zlashtira  olgan 
shaxsni tarbiyalash g'oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi.  
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy 
jihatdan asoslandi. Bu o'rinda pedagogika fani rivojiga o'zining  munosib hissasini 
qo'shgan  mutafakkirlar:  G'arbda  —  Ya.A.Komenskiy,  D.Didro,  J.J.Russo, 
F.Gerbart,  V.V.Disterveg,  K.D.Ushinskiy,  A.S.Makarenko,  V.A.Suxomlinskiy, 
Sharqda  I.Ibrat,  S.Siddiqiy,  A.Shakuriy,  S.Ayniy,  A.Avloniy,  A.Fitrat, 
H.H.Niyoziy,  M.Abdura-shidov,  M.Behbudiylar  shaxsga  ta'lim  berish  va  uni 

 
61 
tarbiyalash borasidagi qarashlarni yanada boyitdilar hamda ta'lim  tizimiga ilm-fan, 
texnika  yangiliklarini  tatbiq  etish,  o'qitishni  yangi  tizim  (izchil,  uzluksiz, 
asoslangan) asosida tashkil etish kabi g'oyalarni ilgari surdilar. 
 
Pеdagogika faning vazifalari 
 
Dunyoning moddiy- ma'naviy 
rivojidan barkamol  
shaxsni shakllantirish 
 
Shaxsning aqliy – amaliy 
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish 
 
Insonning ijodiy qobiliyatlarini 
nomoyon etish 
 
Insonning intеllеktual jihatdan 
rivojini ta'minlash 
 
Insonning o‘zi xohlagan 
kasbini tanlashi uchun imkoniyat 
yaratish. 
 
O‘zi tanlagan mutaxassisligi 
bo‘yicha baxtiyor faoliyat 
ko‘rsatishi uchun tarbiyaviy 
didaktik shart – sharoitlar yaratish 
 
Pedagogika  fanining  vazifalari.  Pedagogika  fani  shaxsni  shakllantirishdek 
ijtimoiy  buyurtmani  bajarish  asosida  jamiyat  taraqqiyotini ta'minlashga  alohida  hissa 
qo'shadi.  Pedagogika  fani  maqsadi  va  vazifalarining  belgilanishida  ijtimoiy 
munosabatlar  mazmuni,  davlat  va  jamiyat  qurilishi,  lining  hayotida  yetakchi  o'rin 
tutuvchi g'oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. 
O'zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo 
etish  sharoitida  mazkur  fan  yuksak  ma'naviy  va  axloqiy  talablarga  javob  beruvchi 
yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g'oyasi asosida 
ta'lim  va  tarbiya  nazariyasini  ijodiy  rivojlantirish  vazifasini  hal  etadi.  Mazkur 
jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e'tibor qaratiladi: 
1.
 
Ma'naviy  va  axloqiy  talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrni 
tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o'rganish. 
2.
 
Shaxsni hartomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 
3.
 
Ijtimoiy  taraqqiyot  darajasidan  kelibchiqqan  holda,  rivojlangan  xorijiy 
mamlakatlar  ta'lim  tizimi  tajribasini  o'rganish  asosida  uzluksiz  ta'lim  tizimini 
takomillashtirish. 
4.
 
Ta'lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati 
mazmunini asoslash. 
5.
 
Ilg'or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish. 
6.
 
Pedagoglarni  pedagogika  nazariyasiga  oid  bilimlar  hamda  ta'lim  –  tarbiya 
usullari bilan qurollantirish. 
7.
 
Ta'lim  –  tarbiya  birligi  hamda  ijtimoiy  tarbiya  yo'nalishlari  o'rtasidagi  o'zaro 
aloqadorlikni ta'minlashning pedagogik shart – sharoitlarini o'rganish. 
8.
 
O'qitish hamda tarbiyalash jarayoniningsamarali texnologiyalarini yaratish. 
9.
 
Oila  tarbiyasini  muvaffaqiyatli  tashkil  etish  yuzasidan  ota-onalar  uchun  ilmiy-
metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. 

 
62 
Pedagogika fanining asosiy  
kategoriyalari 
Shaxs — psixologik 
jihatdan taraqqiy etgan, 
shaxsiy xususiyatlari va 
xatti-harakatlari bilan 
boshqalardan ajralib 
turuvchi, muayyan xulq-
atvor va dunyoqarashga 
ega bo'lgan jamiyat a'zosi. 
 
 
Ko'nikma - shaxsning 
muayyan faoliyatni 
tashkil eta olish qobiliyati. 
 
Ta'lim —o'quvchilarni 
nazariy bilim, amaliy 
ko'nikma va malakalar bilan 
qurollantirish, ularning 
bilish qobiliyatlarini o'stirish 
va dunyoqarashlarini 
shakllantirishga 
yo'naltirilgan jarayon. 
 
Tarbiya — muayyan, aniq 
maqsad hamda ijtimoiy-
tarixiy tajriba asosida yosh 
avlodni hartomonlama 
o'stirish, uning ongi, xulq-
atvori va dunyoqarashini 
tarkib toptirish jarayoni. 
 
Rivojlanish — shaxsning 
fiziologik va intellektual 
o'sishida namoyon bo'ladigan 
miqdor va sifat o'zgarishlar 
mohiyatini ifoda etuvchi 
murakkab jarayon. 
 
 
Malaka — muayyan 
harakat yoki faoliyatni 
bajarishning 
avtomatlashtirilgan 
shakli. 
Ma'lumot — ta'lim -
tarbiya  natijasida 
o'zlashtirilgan  va 
tizimlashtirilgan bilim, 
hosil qilingan ko'nikma va 
malakalar hamda tarkib 
topgan dunyoqarash 
majmui. 
 
Bilim — shaxsning ongida 
tushunchalar, sxemalar, 
ma'lum obrazlar 
ko'rinishida aks etuvchi 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling