O`zbеkiston rеspublikasi sogliqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Karimov I .A. Barkamol avlod - O‘zbеkiston taraqqiyotining poydеvori. - T.: «Sharq», 1998 y. 2. Zimnyaya I .A. Pеdagogichеskaya psixologiya. - M., «Logos», 2002, 7-11- bеtlar; 3. Pеdagogika. (A. Munavarov tahriri ostida), -T: «O‘qituvchi», 1996. 3-9-bеtlar. 4. Podlasiy L.P. Pеdagogika. - M.: «Vlados», 2003. 10-11-bеtlar. 5. « Tursunov I.Y., Nishonaliеv U. Pеdagogika kursi. - T.: «O‘qituvchi, 1997. 7- 26- bеtlar. 6. G‘ulomov S.S. Ta'lim tizimiga axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini kеng joriy etishdagi stratеgik va ustuvor yo‘nalishlar. - T., 2003. 71 3 – Mavzu : Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi 1 Mavzu Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi 2 Darsning maqsadi va vazifalari Talabalarda shaxs, shaxs rivojlanishi, shaxs tarbiyasi, ijtimoiylashuvi, shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi asosiy omillar va ularning ahamiyati xaqida bilim malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish suhbat munozara orqali tarqatma matеriallardan matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish. Mavzuga oid tushunchalarni nazariy bilimlar asosida o‘rganish. 3 O‘quv jarayoning mazmuni Shaxs xaqida tushuncha. Individ – shaxs, shaxsning o‘ziga xosligi, shaxs xaqida tushuncha, individ, shaxs, individuallik. Shaxs rivojlanishining biologik va ijtimoiy asoslari hamda jixatlari. Shaxs rivojlanishining va tarbiyasining o‘zaro uyg‘unligi. Bola shaxsi tarbiya ob'еkti va sub'еkti sifatida. Shaxs faoliyati, o‘quvchi – yoshlarni yosh xususiyatlariga ko‘ra davrlarga bo‘lish. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs shakllanishi. 4 O‘quv jarayoning amalga oshirish tеxnologiyalasi Dars turi: Ma'ruza Mеtod: Suhbat, munozara, ―konceptual jadval‖ Dars shakli: Ma'ruza mashg‘uloti gurux va jamoada ishlash Vosita: Ma'ruza matni, mavzuga oid o‘quv qo‘llanma va adabiyotlar, didaktik tarqatma matеriallar, tеst, chizma jadval, bo‘r, ko‘rgazmali qurollar. Usul: Og‘zaki bayon qilish. Nazorat: Savol – javoblar, ko‘zatish Baholash: Rag‘batlantirish rеyting asosida. 5 Kutiladigan natijalar O‘ q i t u v ch i. Talabalarga mavzu mohiyatini yoritib bеrish, mavzuga doir g‘arb va sharq mutafakkirlari pеdagog olim va psixologlar qarashlari bilan tanishtirish. Shaxs, shaxs rivojlanishi va ijtimoiylashuvi borasida talabalar tasavvur va dunyoqarashi, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirish. T a l a b a. Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka xolda va gurux bo‘lib ishlashni o‘rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O‘z – o‘zini nazorat qilishni va boxolashni o‘rganadilar. 6 Kеlgusi rеjalar (tahlili o‘zgarishlar) O‘ q i t u v ch i. Ma'ruza matnini yangi manbalar bilan bolyitib, o‘tilgan mavzuni tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni o‘ziga qayd etish, buni bartaraf etish maqsadida o‘z ustuda ishlash T a l a b a. Mavzuni yanada mukammal o‘rganish maqsadida mavzuga doir savol – javoblar tuzish, tеstlar tuzish, krasdvortlar tayyorlash. 72 Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan texnologik xarita. 1-Mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi Ish bosqich lari va vaqti Faoliyat mazmuni O‗qituvchi Talaba 1-bosqich. O‗quv mashg‗uloti ga kirish – tashkiliy- tayyorgarlik bosqichi (20 daqiqa) 1. Mavzu, mavzuni o‗zlashtirishdan ko‗zlangan maqsad va kutilayotgan natijalarni bayon etadi. 2. ―konceptual jadval‖ metodi bo‗yicha ishlash yuzasidan tushuncha beradi. va kichik guruhlarni shakllantiradi. 3. Modullar yordamida o‗quv mashg‗ulotining tuzilishli- mantiqiy sxemasini taqdim etadi. 4. Vaqti-vaqti bilan talabalarga murojaat etib, ularni hamkorlik, faollikka undaydi. 5. Talabalar, kichik guruhlar faoliyatini nazorat qilib boradi. 6. Kutilgan natijaga erishilganlik darajasini baholaydi. 8. Mashg‗ulotni yakunlaydi 1. O‗qituvchi nutqni tinglaydilar, mavzu hamda uning mazmunini yorituvchi asosiy g‗oyalarni yozib oladilar. 2. konceptual jadval‖ kichik guruhlarda ishlash ko‗nikmalarini o‗zlashtiradilar. 3. Taqdim etiladigan sxema, plakat va taqdimot bilan tanishadilar. 4. Zarur o‗rinlarda savollar bilan murojaat qiladilar. 5. O‗qituvchi yoki tengdoshlari bilan muloqot asosida mavzuga oid bilimlarini mustahkamlaydilar. 6. Mavzu yuzasidan tushuncha va bilimlarga ega bo‗ladilar 2- босқич. Асосий қисм – англаш босқичи (50 дақиқа) 1. Talabalarni mavzu rejasi bilan tanishtiradi. 2. Plakatlar mohiyatini yoritadi. 3. ―konceptual jadval‖ metodi bo‗yicha mavzuga oid materialni guruhlarga tarqatadi. 4. Mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushunchalarni ajratib ko‗rsatadi. 5. Taqdimot asosida nazariy ma'lumotlarni bayon etadi. 6. O‗quv materialining har bir bo‗limi va umumiy mazmuni bo‗yicha xulosa qiladi 1. Mavzu rejasi bilan tanishadilar. 2. Guruhlarga berilgan material mazmunini o‗rganadilar. 3. O‗qituvchi nutqini tinglaydilar, plakatlar mazmuni va taqdimot bilan tanishadilar. 4. Taqdim etilayotgan mavzu, uning bo‗limlari, asosiy tushunchalarga oid savollar bilan murojaat qiladilar. 5. O‗quv materialining asosiy o‗rinlarini o‗z daftarlariga qayd etis 73 3- босқич. Якуний қисм – фикрла ш босқичи (10 дақиқа) 1. Guruhlardan kichik mavzular mohiyatini o‗rganishni so‗raydi. 2. Guruhlarga kichik mavzular mazmuni yoritish uchun imkon beradi. 3. Guruhlarning jamoa tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishlari uchun sharoit yaratadi. 4. Mashg‗ulot yuzasidan talabalarning fikrlarini o‗rganadi. 5. Talabalarga mustaqil ishlash uchun topshiriq berib, uning baholanishiga oid mezonlari e'lon qilali 1. Guruh tarkibida kichik mavzuni mohiyatini o‗rganadilar. 2. Kichik mavzular mohiyatini yoritadilar. 3. Berilgan savollarga javob qaytaradilar. 4. Mashg‗ulot yuzasidan fikrlarini bayon qiladilar. 5. O‗qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni yozib oladilar 3 – Mavzu : Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi Rеja : 1. Shaxs xaqida tushuncha. 2. Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi. 3. Shaxsning shakllanishi, ta'sir etuvchi asosiy omillar. 4. Bolalarning yosh davrlari xususiyatlari. Tayang tushunchalar: Individ, shaxs, inson, ijtimoiy muрit, irsiyat, faoliyat, faollik. Shaxs – ruxiy jixatdan traqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan farq qiladigan, jamiyatdagi voqеa va xodisalarga ongli munosabatda bo‘la oladigan jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlariga kirisha oladigan muayyan jamiyatning azosi tushuniladi. I ndivid Inson: Shaxs Tirik Shaxs Avlod – ajdod Ota – ona jonzod Tashqi Nutq O‘xshashlik Biologik mavjudod Soch rangi Irsiyat Ovqatlanish 74 Bo‘yi Tana rangi Xususiyatlar Shartsiz rеflеks Irsiy kasalliklar imkoniyat layoqat Tug‘ma Mеhnat qobiliyat Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo'lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyatning a'zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo'lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o'zini yaxlit inson sifatida his etishi, o'z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog'i kerak. «Individ» nima? Bola ma'lum yoshga qadar «individ» sanaladi. Individ (lotincha «individium» so'zidan olingan bo'lib, «bo'linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma'nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir. Individuallik esa shaxsning o'ziga xos xususiyatlari bo'lib, uning namoyon bo'lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o'rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo'lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi. Individual yondashuv o'quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo'lgan qiziqish hamda iste'dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta'riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo'lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo'nalishi bo'yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo'ladi. Ana shular ta'sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanishning o'zi nima? Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o'tish, yangilanish, yangining paydo bo'lishi, eskining 75 yo'qolib borishi, miqdor o'zgarishining sifat o'zgarishiga o'tishini ifodalaydi. Rivojlanishning manbayi qarama-qarshiliklarning o'rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta'limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik. biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi, ularni bir- biridan ajratib bo'lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta'sir etadi. Inson butun umri davomida o'zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo'lsa, u jamiyat a'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o'ziga munosib o'rin egallavdi. Chunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to'g'ri ko'rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to'g'ri hal etish uchun uning xulqiga ta'sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta'sir etishi uchun o'sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o'rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Shaxs tarbiyasiga ta'sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta'siri o'rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko'pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta'siri kuchli bo'ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o'rin tutadimi? Balki tarbjyaning ta'siri yuqoridir? Ular o'rtasidagi o'zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo'nalish deb nomlangan nuqtayi nazar yetakchi o'rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo'yadi. Ular tug'ma imkonivatlar, taqdir, toie har kimning hayotdagi o'rnini belgilab bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim — bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo'lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o'tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta'limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D'yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtayi nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o'zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog'laydilar. 76 Axborot vositalari Gеografik muhit Ekologig muhit Tabiat Yashash joyi Bobo – buvi Ota – ona oila Tashqi muhit Muhit Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog'liq deb ko'rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta'sir tushuniladi. Shu nuqtayi nazardan tarbiya tufayli bolani o'zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo'lib kamolga yetishida nasi (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta'sirini aniqlashda ilg'or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta'limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma'naviy boyligi uning munosabatlariga bog'liq, deb hisoblaydilar. Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Insoh sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o'z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma'lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi yoki yo'q qilishi mumkin. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo'lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo'lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g'oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o'rtasida ham uzviy aloqa mavjud. Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit. inson o'rtasidagi murakkab aloqa ta'siri ostida ro'y beradi, inson ularga faol ta'sir etadi va shu yo'l bilan hayoti va o'z tabiatini o'zgartiradi. Mеhnat Bog‘cha Oliy o‘quv yurtlari Litsеy kollеj Maktab Ta'lim muassasalari 77 Odob Shaxs rivojlanishida faoliyatning o'rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo'ladi. Faoliyat o'zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko'rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko'ra belgilanadi. Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to'g'ri tashkil etish lozim. Lekin ko'p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo'ladi. O'smir va o'spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o'yin, o'qish va mehnat kiradi. Ular yo'nalishiga ko'ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko'ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi muloqotdir. Rivojlanishning yosh va o'ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta'siri kuchli bo'ladi. Bolaning individual — o'ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o'ziga xos xususiyatini o'rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma'nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Shuningdek, turli yosh davrlarining o'ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o'quvchilari bilan 10-sinf o'quvchisini tenglashtirib bo'lmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo'linadi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling