O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Olingan ajratmalarni begona moddalardan tozalash


Download 390.77 Kb.
bet102/133
Sana08.01.2022
Hajmi390.77 Kb.
#235050
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133
Bog'liq
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi

Olingan ajratmalarni begona moddalardan tozalash.

Bu eng asosiy bosqich bo‘lib, olinadigan dori vositasining sifati va turg‘unligi ko‘pincha ularning tozalik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Odatda bitta novogalen preparatini olishda bir nechta tozalash usullari ketma-ket qo‘llanilishi mumkin. Hozirgi vaqtda ta’sir qiluvchi yoki begona moddalarni tanlab cho‘ktirish xromatografik va o‘zaro aralashmaydigan ikkita suyuqlik yordamida tozalash usullari mavjud. Ta’sir qiluvchi yoki begona moddalarni tanlab cho‘ktirish har xil usullar bilan amalga oshiriladi.



Denaturatsiya. Ko‘pchilik o‘simlik xom ashyolaridan olingan ajratmalar tarkibida begona oqsillar bo‘ladi. Bu murakkab organik birikmalar, turli tashqi omillarga (qizdirish, UB nurlari, radiatsiya, ultratovush va boshq.) juda sezgir bo‘ladi. Bu omillar ta’sirida oqsillar o‘z xossalarini o‘zgartiradi va cho‘kmaga tushadi. Bunga oqsillar denaturatsiyasi deyiladi. Bu qaytmas jarayon bo‘lib, undan ajratmalarni tozalashda foydalaniladi. Agar ajratma qaynatilsa, oqsillar denaturatsiyaga uchrab, cho‘kmaga tushadi va u suzib yoki filtrlab olinadi.

Tuzlash. Ajratmaga ko‘p miqdorda kuchli to‘yingan elektrolitlar ya’ni yuqori konsentratsiyali tuzlarning eritmalari qo‘shilsa, yuqori molekulyar massali tabiiy birikmalar (oqsillar, yelimlar, shilimshiq moddalar va pektinlar) cho‘kmaga tushadi. Buning sababi kuchli elektro­lit ionlari biopolimer atrofidagi suvni o‘ziga tortib oladi va zaryadsizlanib qolgan molekulalar bir-birlari bilan yopishib, cho‘kmaga tushadi.

Kation va anionlarning gidratatsiyalanish qobiliyatiga qarab tuzlar turlicha tuzlash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Tuzli eritmalarning tuzlash qobiliyati asosan anionlarga bog‘liq bo‘lib, eng kuchli anion bu litiy sulfat bo‘lsa ham, amalda arzon bo‘lganligi uchun ko‘pincha natriy xlorid ishlatiladi.


Download 390.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling