Dorilarning biosamaradorligiga ta’sir etadigan omillar
Dori turi. Dorining biosuyuqlikda, qon yoki to’qimalarda parchalanishi. Dorilarning me’da -ichak, buyrak, o’pka, ter bezlari orqali ajralishi.
Birinchi bosqichga qabul qilingan dori turidan biofaol moddaning ajralib chiqishi va uning kerakli a’zoga borib so’rilishigacha bo’lgan jarayonlar kiradi.
Ikkinchi bosqichda biosuyuqlikka o’tgan dori diffuziya qonuniga binoan so’riladi. Diffuziya kinetikasiga farmatsevtik omillar ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, sirt faolligi, texnologik jarayon, dori turining suyuqlikda erishi va parchalanishi. Diffuziya kinetikasiga to’qima membranasining xususiyati va holati, to’qimaning ferment faolligi kiradi. Dorilarning so’rilishi bemorning yoshi, jinsi, tana holatiga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |