O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
Biofarmatsiya – texnologiyaning nazariy asosi
Download 390.77 Kb.
|
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
Biofarmatsiya – texnologiyaning nazariy asosi. Dorilarning biosamaradorligi va terapevtik ekvivalentligi.
Reja:
Biofarmatsiya – texnologiyaning nazariy asosi. Dorilarning biosamaradorligi va terapevtik ekvivalentligi. Absolyut va nisbiy biosamaradorlikning aniqlash mohiyati. Farmatsevtik omillar. Biologik faollikni aniqlash usullari. «Biofarmatsiya» - texnologiyaning nazariy asosi bo’lib, birinchi marta farmatsiyada XX asrning 60-yillaridan qo’llanila boshlandi. Adabiyotlardagi ma’lumotlarga qaraganda, biofarmatsiya atamasini birinchi marta 1961 yilda AQSH olimlari Levi va Vagnerlar ishlatishgan. Bu atamaning aniq va to’lik ifodasi 1972 yilda Amerika farmatsevtika assotsiatsiyasining ilmiy farmatsevtika Akademiyasi tomonidan keltiriladi. Bunga binoan biofarmatsiyaning asosiy vazifasi dorilarning odamda va hayvonlarning biologik faolligiga ta’sir ko’rsatadigan omillarni o’rganish va shunga binoan ularning terapevtik unumdorligini oshirish va qo’shimcha ta’sirini kamaytirishdir. Qadim zamonlarda dorilarning terapevtik unumdorligiga ta’sir etuvchi ayrim omillar ma’lum bo’lgan. Jumladan, Gippokrat (eramizdan oldingi 460-370 yillar) dorilarning faolligi uning turiga va tayyorlash jarayoniga boglikligini , Galen (130-200 yillar) va Ibn Sino (980-1037-yillar) esa maydalik darajasiga xam boglikligini amaliyotda isbotlaganlar. Demak, bundan 3-5 ming yillar ilgariyoq biofarmatsiya omillari o’rganila boshlangan. Ibn Sino bu omillarga asoslanib, dori haqida uz bilimlarining nazariy asoslarini va atamalarini yaratdi. U odamning mijozi va dorilarning xususiyatlariga qarab, ularning terapevtik unumdorligini oldindan aytib bera olgan. Ibn Sino dorilar ikki qismdan tashkil topgan, deb hisoblagan. 1-ta’sir etuvchi, 2-yordamchi moddalar. Yordamchi moddalar sifatida to’ldiruvchi, boglovchi, yumshatuvchi, qovushqoqlikni oshiruvchi, turgunlashtiruvchi moddalar, noxush hidini va mazani yaxshilovchi, ta’sirni uzaytiruvchi, qoplovchi kabilardan foydalangan. Ko’pincha u bu maqsadda asalni ishlatgan. Chunki u asalni «xamma dorilarning toji», deb atagan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, «biofarmatsiya» tushunchasiga amerikalik olimlar Levi va Vagner emas, vatandoshimiz Ibn Sino asos solgan. «Biofarmatsiya» atamasini yuqorida nomlari qayd etilgan olimlar qo’llaganligi tufayligina ularni biofarmatsiya asoschisi deb qarash noo’rin hisoblanadi. Dori turi tanaga tushganda murakkab jarayonlarga duch keladi, so’ngra o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu jarayonning quyidagi soddalashtirilgan bosqichlarini keltirish mumkin:
Download 390.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling