Natriy ishqori va natriy gidrokarbonat bilan turg‘unlashtirish. Bu stabilizatorlar yordamida kuchsiz kislota va kuchli asosdan tashkil topgan tuzlarning in’eksion eritmalarini turg‘unlashtirish maqsadga muvofiq.
Sol. Acidi nicotinici 1% pro inectionibus (1 ml). Eritmaning muhiti nordon bo‘lganligi uchun 1 l eritmaga 7 g natriy gidrokarbonat qo‘shish bilan pH muhiti 5,0-7,0 ga keltiriladi.
Sol. Coffeini-natrii benzoates 10 aut 20% pro inectionibus (1 ml). 1 l eritmaga 4 ml 0,1 mol/l li natriy ishqori qo‘shish bilan pH muhiti 6,8-8,5 ga keltirilib turg‘unlashtiriladi.
Sol. Natrii Tiosulfatis 30% pro inectionibus (5, 10 va 50 ml). 1 l eritmaga 20 g natriy gidrokarbonat qo‘shish bilan pH muhiti 7,8-8,4 ga keltirilib, turg‘unlashtiriladi.
Yuqorida keltirilgan eritmalarning barchasi o‘tuvchi bug‘da, 1000C haroratda 30 daqiqa davomida sterillanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |