O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Gazlar yordamida sterillash


Download 390.77 Kb.
bet119/133
Sana08.01.2022
Hajmi390.77 Kb.
#235050
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133
Bog'liq
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi

Gazlar yordamida sterillash.

Bu usulda sterillash uchun oson uchuvchan, vakuum yoki kuchsiz qizdirish orqali muhitda tez yo‘qotish mumkin bo‘lgan moddalardan foydalaniladi. Haroratga chidamsiz bo‘lgan moddalar aynan shu usul bo‘yicha sterillanadi.

Gazlar yordamida sterillashda betta propiolakton, etilen oksidi yoki uning turli hil flegmatizatorlari: metilbromid, uglerod (II) oksidi, xladon (freon) va boshqalar bilan hosil qilgan aralashmalaridan foydalaniladi. Ularning antimikrob ta’siri, suvli eritmalarida hosil bo‘lgan gidrolizatlarning bevosita mikroorganizmlarga antimikrob ta’sir qilishiga asoslangan. Sterilizatsiya jarayoni gazli sterilizatorlarda yoki mikroanaerostatlarda (portativ apparatlarda) olib boriladi. Ular quyidagi rejim bo‘yicha ishlaydi:


  • etilen oksidi – sterillash dozasi 1200 mg/dm3, sterillash harorati 180C kam bo‘lmasligi, nisbiy namlik 80%, sterillash vaqti 16 soat bo‘lishi lozim (portativ apparatlar);

  • etilen oksidini metil bromid bilan 1 : 2,5 og‘irlik nisbatidagi aralashmasi. Buning uchun 2 xil sharoit mavjud: a) sterillash dozasi 2000 mg/dm3, sterillash harorati 550C, nisbiy namlik 80%, sterillash vaqti 5 soat. b) sterillash dozasi 2000 mg/dm3, sterillash harorati 180C kam bo‘lmasligi, nisbiy namlik 80%, sterillash vaqti 16 soat bo‘lishi lozim (portativ apparatlar).

Ob’ektning butunligini saqlab qolgan holda gaz yordamida sterillash jarayonining harorati va vaqti, shuningdek dozasi va nisbiy namlik o‘zgartirilishi mumkin. Bu o‘zgartirish MTH da o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. Sterilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan ob’ekt qalinligi 0,06 dan 0,2 mm gacha bo‘lgan polietilen plyonkalari, pergament va boshqa materiallardan tayyorlangan paketlarga qadoqlanadi. Bu usul bilan asosan rezina, shisha, metall va polimerdan tayyorlangan materiallarni sterillash maqsadga muvofiq.

Etilen oksidi va metil bromidning zaharliligi uchun, bu gazlar yordamida sterilizatsiya qilishda, MTH da keltirilgan me’yor darajasida ventilyasion qurilma gazlardan holi qilinadi.

Gazsizlantirish shart-sharoiti MTH da keltirilgan, sterilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan ob’ektning o‘lchami, qo‘llanilishi, ob’ekt materiali va qadoqlash usuliga qarab belgilanadi.

Gaz yordamida sterillash ko‘rsatkichlari va samaradorligi nazorat-o‘lchagich asboblari, kimyoviy va biologik testlar orqali nazorat qilib boriladi.

Etilen oksidi va karbonat angidridi aralashmasidan sterilizatsiya maqsadida foydalanish, birinchi bor Britaniya farmakopeyasiga 1963 yilda, AQSH farmakopeyasida esa 1965 yilda kiritildi. Ularda keltirilishcha suyuq etilen oksidi 10,7oC haroratda qizdiriladi va po‘lat ballonlarda saqlanadi. U oson alangalanuvchi va teri uchun zararli. 0,5 mg/l etilen oksidi inson organizmi uchun zararsiz bo‘lib, uning zararlilik darajasini kamaytirish uchun karbonat angidridi bilan 9:1 nisbatdagi aralashmasi ishlatiladi. Xorijiy davlatlarda etilen oksididan termolabil moddalar, asbob-uskuna va apparatlar, plastmassa va bog‘lov materiallarini sterillash maqsadida ishlatiladi.

Betta propilakton suyuqlik bo‘lib, 153oC haroratda qaynaydi. Suvda eriydi va betta oksipropion kislotasini hosil qiladi. Betta propiolaktonni sterillovchi eritma sifatida ishlatiladigan konsentratsiyasi 0,2%, harorat 37oS, vaqt 2 soat.




Download 390.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling