O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
Gidrofil surtmalar uchun ishlatiladigan asoslar
Download 390.77 Kb.
|
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
Gidrofil surtmalar uchun ishlatiladigan asoslar
1. Suvda eruvchan asoslar - ular o’z tarkibida gidrofil xossaga ega bo’lgan suvsiz erituvchilarni saqlaydi (polietilenglikol 400, propilenglikol va boshq.), shuningdek katta konsentratsiyali suvda eruvchan polimerlar (polietilenglikol 1500, proksanol 268 va boshq.)ham bo’lishi mumkin. 2. Suvni shimuvchi asoslar, ular o’z tarkibida suvda eruvchan polimerlar va suvsiz gidrofil erituvchilardan tashqari lipofil moddalarni ham saqlaydi (yuqori molekulali yog’ spirtlari, vazelin, vazelin moyi, lanolin, mum va boshq.). Bu asoslar o’z navbatida moyni suvdagi emulsiyalari hisoblanib, tarkibida moyning suvdagi emulgatorlarini saqlaydi. Surtmalarga qo’yilgan talablardan yana biri ularni tayyorlash, saqlash va qo’llash davomida bir xilligini (dori va yordamchi moddalarni begona qo’shimchalarsiz bir xil aralashganligi va fizik jihatdan turg’unligi) ta’minlashdir. Agar texnologik jarayon davomida surtmalarni bir xilligi buzilgan bo’lsa maxsus namuna olish yo’li orqali tanlangan surtmalar tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda miqdori aniqlanadi. Dori va yordamchi moddalarni dispersligini oshirish bilan tayyorlanadigan surtmalarda, modda zarrachalarining o’lchamlari alohida nazoratga olib boriladi. Surtma tarkibi va texnologiyasi uchun ishlatiladigan asoslar va tegishli yordamchi moddalar surtmaning samaradorligiga, zararsizligiga, dori moddasi bilan mos kelishliligiga va dori va yordamchi moddalarning biologik samaradorligiga putur yetkazmasligiga, surtmalarning reologik, fizik-kimyoviy xossalariga, mikrobiologik turg’unligiga va saqlanish muddatiga ta’sir etmasligiga qarab tanlanadi. Surtmalar uchun tanlangan asoslar dori moddasini tashuvchi va surtmaga yetarli fizik ko’rsatkichlarni ta’minlovchi vazifalarini o’taydi. Asoslar dori moddasining fizik-kimyoviy xossalariga va surtmaning umumiy xossasiga qarab tanlanadi. Surtmaga maksimal darajadagi terapevtik samaradorlikni ta’minlab beruvchi asoslarga quyidagi talablar qo’yiladi: zaruriy tuzilish-mexanik va yaxshi surtilish xossalariga ega bo’lishi; dori moddasi bilan yaxshi kelisha olishi va yaxshi absorbsiyalash xossasiga ega bo’lishi; tashqi muhit ta’siridan o’zgarmasligi va dori moddalarining suvdagi eritmalarini yaxshi qabul qilishi; farmakologik nuqtai nazaridan bezarar, terini qitiqlamasligi va sezuvchanligiga, shuningdek terining boshlang’ich rN ko’rsatkichiga (3,10-4,70) ta’sir qilmasligi; mikroorganizmlar yashashi va ko’payishi uchun sharoit tug’dirmasligi; qo’llash uchun ko’zda tutilgan maqsadga to’g’ri kelishi kerak. Download 390.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling