O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
Download 390.77 Kb.
|
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
Gidrofil asoslar. Bu guruhga mansub bo’lgan surtma asoslari teriga surtilganda o’zlaridan hech qanday iz yoki dog’ qoldirmaydi. Ular teriga surtilgandan so’ng har xil vaqt oralig’ida qurib, bir necha vaqt oralig’ida terida ushlanib turilib, so’ng birdaniga so’riladi. Suvning bug’lanishi terining haroratiga bog’liq ekan, bu guruh asoslari xo’l bog’lamlarga o’xshash sovutuvchi ta’sirga ham ega. Ular ko’plab dori moddalari bilan mos keladigan asoslar bo’lib, tashqi suvli fazalaridagi dori moddalarini organizmning to’qimalariga oson o’tkazadi. Ular fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan suvda erimaydigan, lekin suvda bo’kadigan yuqori molekulali brikmalar (YuMB), kolloid gellar (yarim kolloidlar) va dispers kolloid moddalarga o’xshashdir.
Sovunli asoslar. Bu asoslar asosan ixtiol, qora moy va boshqa moddalardan surtmalar tayyorlashda keng qo’llaniladi. Sovunli asoslar sovunni suvda qizdirish yo’li bilan eritish orqali yoki ularni suvni glitserin bilan aralashmasi, stearin kislotasini potash bilan yoki kalsiyli soda bilan aralashmasida eritish orqali olinadi. Natijada har xil qovushqoqlikdagi gidro yoki glitsero gellar hosil bo’ladi. Kaliyli sovunlar ancha yumshoq gellarni hosil qiladi. Sovunli asoslar teri orqali oson so’riladi. Ular yuqori gidrotrop xossali bo’lganligi uchun moyli asoslar bilan yaxshi aralashib, emulsion asoslar hosil qiladi. Sovunli asoslar ishqoriy sharoitga ega bo’lganligi uchun ham ularni butunlay indifferent deb bo’lmaydi. Jelatin-glitserinli asoslar. Bu asoslar tarkibida turli xil miqdorlarda jelatin (1-3%) va glitserin (10-30%) saqlaydi. Bu asosni tayyorlash uchun bo’laklarga bo’lingan jelatin belgilangan miqdordagi suv bilan aralashtirilib, 3-4 soatga bo’ktirish uchun qoldiriladi. So’ng glitserin qo’shilib, suv hammomida qizdirish bilan bir jinsli massa hosil bo’lgunga qadar aralashtiriladi. Natijada teriga oson surtiladigan va teridan tez yuviladigan massa hosil bo’ladi. Biroq ular tez buziladi. Download 390.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling