Turg‘unlashtiruvchilar (stabilizatorlar) qo‘shib tayyorlanadigan in’eksion eritmalar.
Alkaloidlar va yana bir qator organik asoslarning tuzlaridan eritmalar tayyorlashda asosan ularning turg‘unligini aynan xlorid kislotasi yordamida ta’minlash talab qilinadi. Alkaloid tuzlarining suvli eritmalarida hosil bo‘lgan kuchsiz asos va kuchli kislota alkaloid tuzlarini gidrolizga uchrashini ta’minlaydigan kuchsiz nordon reaksiya jarayonini sodir qiladi.
Xlorid kislotasi va natriy xlorid bilan turg‘unlatirish.
Glyukozaning 5, 10, 25 va 40% li in’eksion eritmalari (mos ravishda 10, 20, 25 va 50 ml xlorid kislotasi). Glyukoza eritmalari saqlanish davomida noturg‘un bo‘lib, uning turg‘unligiga asosan muhit pHi ta’sir ko‘rsatadi. pH 1,0 – 3,0 bo‘lganda geterotsiklik aldegid – oksimetilfurfurol hosil bo‘ladi. U eritmani sariq rangga bo‘yaydi. pH 3,0 – 5,0 bo‘lganda bu jarayon ancha sekinlashadi pH 5,0 dan ortganda glyukoza zanjirining parchalanishi va organik kislotalarning hosil bo‘lishi yanada qiyinlashadi. Shuningdek bu zanjirning parchalanishiga og‘ir metall qoldiqlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun glyukoza eritmalari tayyorlanishida ular oldindan faollashgan ko‘mir bilan (og‘ir metall qoldiqlari va rangli mahsulotlardan holi bo‘lish uchun) qayta ishlanadi va xlorid kislotasi bilan muhit pH i 3,0 – 4,0 ga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |