O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Dorilarning biosamaradorligini aniqlash usullari. Terapevtik ekvivalentlik. Farmakokinetika


Download 390.77 Kb.
bet129/133
Sana08.01.2022
Hajmi390.77 Kb.
#235050
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133
Bog'liq
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi

Dorilarning biosamaradorligini aniqlash usullari. Terapevtik ekvivalentlik. Farmakokinetika.

 

Farmakokinetika dorilarning tanadagi (qonda, suyukliklarda, turli a’zolarda) xarakatini, ularning sifat va miqdor o’zgarishini va bu o’zgarishlarning sodir bo’lish sabablarini o’rganadi. Tanada dorilarning xarakati ularning so’rilishi, a’zolarga taqsimlanishi va chiqarilishidan iborat bo’ladi.



Dorilarning so’rilishi.   Dorilarning so’rilishi yoki absorbsiyasi deb dori turidan ajralib chiqqan ta’sir qiluvchi moddaning a’zolarga yetib borishiga aytiladi. Shu shart bajarilishi uchun ta’sir qiluvchi modda albatta dori turidan ajralib chiqishi va a’zolarga yetib borishi kerak.

Keyinchalik bu ta’sir qiluvchi moddaning diffuziyasi sust (diffuziya va konveksiya) va faol holda kechadi.

Agar ta’sir etuvchi moddaning ajralib chiqishi farmatsevtik omillarning majmuasiga bog’lik bo’lsa, dorilarning tanadagi xarakati teri qatlami yuzasi, shilimshiq qavat, mushak to’qimalarining turi, tuzilishi va fiziologik xolatiga bog’lik bo’ladi. Demak, dorilarning ta’siri ularning u yoki bu a’zolar to’qimasi bilan muloqatda bo’lishi natijasida vujudga keladi, to’qima membranasidan diffuziya va konveksiya orqali o’tishi kuzatiladi.

Diffuziya. Diffuziyaning xarakatlantiruvchi kuchi membrana ichki va tashqi qavatlaridagi dori konsentratsiyalarning farqi hisoblanadi. Bunda moddalar g’ovaksiz membranalar orqali o’tadigan bo’lsa, o’tayotgan oqim membrana materiali va yuza qavatining erituvchisi orasidagi taqsimlanish ko’rsatkichiga to’gri, membrana qalinligiga esa teskari nisbatda bo’ladi. Dorilarning tez so’rilishiga membrana tashqarisida yuqori konsentratsiyani hosil qilish,suvda erimaydigan modda bo’lsa, katta satx yuzasini yaratish (maydalik darajasini oshirish) bilan erishiladi. Bu qonuniyat yuqorida keltirilgan dorilarning terapevtik unumdorligiga ta’sir qiluvchi omillar muhim ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.


Download 390.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling