O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Download 390.77 Kb.
bet127/133
Sana08.01.2022
Hajmi390.77 Kb.
#235050
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   133
Bog'liq
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi

Uchinchi bosqichda fiziologik omillar asosiy o’rin tutadi, ya’ni dorilar yoki uning metabolitlari tanada (qonda, to’qimalarda) taqsimlanadi.

To’rtinchi bosqichda dorilarning tanadagi harakatida asosiy bioximik omillar kuzatiladi. Bunda dorilar yoki metabolitlarining biosuyuqlikdagi harakati va ajralib chiqishi sodir bo’ladi. Dorilarning tanaga so’rilish tezligiga farmatsevtik omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Bu omillarga dorilarning kimyoviy va fizik holati, yordamchi moddalar, dori turi va uni qabul qilish yo’llari va farmakotexnologik jarayonlarning ta’siri kiradi.

Yuqorida keltirilgan omillarni mujassam holda o’rganish dorilarning tanaga kiritilishi, uning harakati va ta’sir qilishi biofarmatsiyaning asosi hisoblanadi. Bu keltirilgan tasvirimiz umumiy deb qabul qilinishi lozim. Chunki,biofarmatsiyaga boshqa omillar xam ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun dori va ularning faolligi o’rtasidagi munosabatni biofarmatsiya bilan farmakokinetikaga birgalikda qaralgandagina aniqlash mumkin.

Farmakokinetikani aniqlash texnologlarga maqsadga muvofiq dori turini yaratishga yordam beradi. Keyingi yillarda biofarmatsiya juda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda, chunki barcha farmatsevtika institutlari va korxonalarining asosiy ishi shu sohani o’z ichiga qamrab oladi. Bu soxada prof. I.S.Ajgixin, prof. A.I.Tensova va boshqalar yetakchi olimlar hisoblanadilar. Dorilarning so’rilish tezligi va terapevtik unumdorligiga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillar quyidagilar. Har qanday dori moddaning asosi uning kimyoviy tuzilishi hisoblanadi. Bunga shu dori moddadan dori turi tayyorlash uchun qo’llaniladigan texnologik omillar, moddaning kristalik shakli, maydalik darajasi, eruvchanligi, yordamchi moddalar va xokazolar ta’sir qiladi.

Kristallik shakli. Polimorfizm.  Dori moddalarning texnologik xususiyatlarini belgilovchi omillardan biri - modda zarrachalarining tuzilishi bo’lib, ular tabiatda kristall va amorf holda uchraydi.

Mutaxassislarning tadqiqotlari kimyoviy tarkibi bir xil bo’lgan ko’pchilik organik va anorganik moddalarning fizik va texnologik xossalari har xil bo’lishini ko’rsatadi. Bu esa dori moddalar har xil kristalik holatda bo’la olishi mumkinligidan dalolat beradi. Natijada bitta dori modda har xil fizikaviy xossalarni namoyon qiladi.

Moddaning har xil kristallik shaklda (modifikatsiyada) bo’la olish xossasi polimorfizm deyiladi. Moddalarning polimorfizm holati A, B, S xarflari bilan yoki  va boshqa raqamlar orqali belgilanadi. Ko’pchilik birikmalar 5,6,7, hatto 11 va undan ko’p kristallik holatda bo’lishi mumkin. Polimorfizm holati ko’pincha salitsilatlar, barbituratlar, gormonlar va sulfanilamidlarda uchraydi. Masalan, atsetilsalitsil kislota 6 xil, kortizon atsetat 5 xil, levomitsetinning 2 xil kristalik holatda bo’la olishi aniqlangan. Bunday moddalarning eruvchanligi, suyulish harorati, oksidlanuvchanligi bir-biridan farq qiladi va shuning uchun ularning so’rilishi va dori turlarining turg’unligi har xil bo’ladi. Polimorfizm hodisasi hozirgi zamon farmatsevtik texnologiyasi uchun katta ahamiyatga ega, chunki dori turi qaysi kristalik holatdan tashkil topganligiga qarab uning samaradorligi va turg’unligi har xil bo’ladi. Aksariyat turg’un bo’lmagan kristalik xolatga ega bo’lgan moddalar biosuyuqliklarda yaxshi erib, tanaga oson va tez so’riladi. Dorilarning kristalik holatda bo’lishi ularning olinish usuliga, quritish, maydalash, dori turini tayyorlash jarayoniga va saqlanishiga bog’liq bo’ladi.

Kimyoviy holati.  Bir xil modda bir necha kimyoviy holatda ishlatilishi mumkin. Masalan, shoxkuya o’simligidan olinadigan alkaloid turli kislotalar bilan hosil qilgan tuziga qarab, har xil nomlanadi: ergotin - sirka kislotali, kornuzol - uzum kislotali, ergotal - fosfat kislotali tuzi, adrenalin gormoni esa gidroxlorid va gidrotartarat tuzlari holida bo’ladi.

Tuzlar texnologik, kimyoviy, fizik va biofarmatsevtik tomondan xar xil bo’ladi, ya’ni so’rilish tezligi va biologik ta’siri bo’lishi mumkin. Masalan, askorbinat kislotaning bitta vodorodi natriy ioniga almashtirilsa, butunlay yangi xususiyatli modda hosil bo’ladi. Bu askorbinat kislotadan farqli o’laroq, tanada elektrolit holatni o’zgartirish, insulin ishlab chiqaradigan bezlar faoliyatini susaytirish xususiyatiga ega bo’ladi. Amidopirin oq rangli plastinka shaklidagi kristall modda bo’lib, suvda sekin eriydi (1:20).

Amidopirin molekulasidagi bitta vodorod natriy sulfonat guruhiga almashtirilsa, suvda yaxshi eriydigan (1:155) och sargish tayoqcha va prizmasimon shakldagi analgin hosil bo’ladi.

Morfin alkaloidining kimyoviy molekulasiga metil guruhi kiritilsa kodein, etil guruhi kiritilsa dionin hosil bo’lib, ikki xil fizik-kimyoviy xususiyatga va ta’sirga ega bo’lgan yangi modda hosil bo’ladi.




Download 390.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling