Antioksidantlar bilan turg‘unlashtirish. Oksidlanshi jarayoni (o‘z-o‘zidan oksidlanish) in’eksion eritmalarda atmosferada kislorod ta’sirida yuzaga keladi. Buning natijasida eritmaning rangini o‘zgarishi, cho‘kma hosil bo‘lishi yoki boshqa xodisalar kuzatiladi. O‘z-o‘zidan oksidlanish jarayoniga uchraydigan moddalarga tarkibida harakatlanuvchan vodorod atomini saqlagan moddalar kiradi. Yorug‘lik harorat va boshqa ta’sirlar yordamida, vodorod atomining harakatlanuvchanligi yanada ortadi va modda molekulasidan radikalning erkin holatda ajralishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |