O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Download 390.77 Kb.
bet128/133
Sana08.01.2022
Hajmi390.77 Kb.
#235050
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133
Bog'liq
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi

Maydalik darajasi.  Dori moddalar zarrachasining maydalik darajasi faqatgina ularning sochiluvchanligiga, bir xil aralashishiga, sochilma zichligiga va aniq dozalarga bo’linishiga ta’sir qilib qolmasdan, balki biofarmatsevtik xususiyatlariga ham ta’sir qiladi. Bu ayniqsa murakkab dori turlarini tayyorlashda yaqqol namoyon bo’ladi. Dori qaysi turda tavsiya qilinishidan qat’i nazar, uning so’rilish tezligiga dori zarrachalarining maydalik darajasi albatta ta’sir qiladi. Ko’pchilik dori kukunlarining maydalik darajasi ortishi bilan ularning tanaga so’rilish tezligi, terapevtik unumdorligi mutanosib ravishda ortib boradi. Lekin bunda ularning turgunligi va qushimcha ta’siri o’zgarmasligi kerak. Masalan, atsetilsalitsilat kislotaning maydalik darajasi 30 marta ortsa, uning terapevtik unumdorligi ikki baravar oshishi aniqlangan; detsipirazon 200 baravar maydalanganda, terapevtik unumdorligi 13,4 marta oshadi; sulfadimezinning o’ta maydalangan kukuni odamlarga berilganda uning qondagi yuqori konsentratsiyasi odatdagiga nisbatan ikki soat oldin hosil bo’lib, umumiy so’rilgan miqdori 20% ko’p bo’ladi.

Moddalarning eruvchanligi.  Dori moddalarning ko’pchiligi suvda yomon eriydi yoki erimaydi. Uning so’rilishini yaxshilash uchun eruvchanligini yaxshilash lozim. Sirt faol moddalar ishtirokida ularni yomon eriydigan yoki erimaydigan holatga o’tkazish mumkin. Masalan, tvin-80 ishtirokida sinestrolning eruvchanligini 31 marta, metiltestosteronning eruvchanligini 20 marta, dietilstilbestrolning eruvchanligini 110 marta oshirish mumkinligi amalda isbotlangan. Shu maqsadda glitserizin kislotaning ammoniyli tuzi ham ishlatilib, uning 0,1% li eritmasi (glitseram) gidrokortizonning eruvchanligini 100 marta oshiradi. Glitseramning 0,2% li ishkoriy eritmasi furagin moddasi eruvchanligini 300 marta, furadoninnikini esa 75 marta oshiradi.

SP-7 va SP-10 sirt faol moddalar mono-yoki poliglikol dialkil efirlari bo’lib, asatsey, astiron va palfitserin dorilarining eruvchanligini 50 martagacha oshirishi mumkin. Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, dori turlarini tayyorlashda dorilarning kristallik holati, maydalik darajasi, eruvchanligi va kimyoviy holati hisobga olingandagina yuqori terapevtik unumdorlikka ega bo’lgan dori turini yaratish mumkin.



Dori turining ahamiyati.  Dori turi bilan davolash uning eng qulay ishlatish yulini tanlashga boglik. Shuning uchun dori ishlab chiqarishning o’sishi uni tayyorlash jarayonlarining takomillashishi va yangi dori turlarining yaratilishiga bogliq bo’ladi. Dori turi dialektik nuqtai nazardan dori va yordamchi moddalar hamda texnologik jarayonlar majmuasidir. Dori turini tanlash uni tanaga yuborish yo’lini ham ifodalaydi. Shu sababdan dorilarning so’rilishi, ta’sir qilishi uchun ketgan vaqt xamda qaysi a’zoga ta’sir ko’rsatishi dori turini yuborish usuliga bog’liq bo’ladi. Masalan, nitroglitserin tabletkasi til ostiga qo’yilganda, 2-5 daqiqa ichida o’z ta’sirini ko’rsatadi. Aerozol holdagi oktil nitrat og’iz bo’shlig’iga purkalganda esa 30 soniya ichida stenokardiya hurujini to’xtatadi. Astma kasali xuruj qilganda ishlatiladigan prednizolon va efedrin ham aerozol tabletkasiga qaraganda bir necha marta tez ta’sir qiladi. Bu dori turi ta’sir qilish tezligi bo’yicha ko’pincha in’eksiya uchun ishlatiladigan dorilardan ham ustun turadi.

 Ayrim hollarda ichishga buyurilgan dori turiga nisbatan yo’gon ichak orqali (rektal) yuborilgan dori turi afzalroq hisoblanadi. Masalan, sistamin gidroxlorid tabletkasi qabul qilinganda so’rilish 58 % ni tashkil etsa, xuddi shu miqdordagi shamcha shakli ishlatilganda 85,5% so’riladi. Amidopirin shamcha shaklida ishlatilganda 5 daqiqadan so’ng qonga so’rilib o’tganligi aniqlangan. Kukun holida ishlatilganda esa 15-20 daqiqadan so’nggina qonda aniqlangan. Xuddi shunday holat izadrin gidroxloridda xam kuzatilgan.



Tiotriazazin preparati jigar kasalliklarida va yaralarni davolashda ishlatiladi. Uning 3 xil dori turi yaratilib (eritma, tabletka, shamcha) xar xil usullar bilan (ogiz orqali, yo’g’on ichakka, mushak orasiga va qorin bo’shligiga ) yuborib ko’rilganda, ularning hammasi jigar kasalligini davolashni tezlashtirishi, lekin tabletka dori turining terapevtik unumdorligi yuqori ekanligi kuzatilgan.

Etaden qiyin bitadigan yaralarni davolashda ishlatiladi. Undan venaga, yo’g’on ichakka yuboriladigan va og’iz orqali qabul qilinadigan dori turlari tayyorlangan. Ular ichida shamchalarning terapevtik unumdorligi yaxshiroq ekanligi aniqlangan.

Triftazin qiyom holida ishlatilganda tabletka dori turiga nisbatan tez so’riladi va uzoq muddat ta’sir etadi.

Furaginning kapsula holdagi so’rilishi 87%, tabletka holida esa 50% ni tashkil etadi. Ovqatdan so’ng qabul qilinganida esa so’rilishi 8 marta ortadi.

Fenasol granula holida tabletka va kukun holidagiga nisbatan faolroq ta’sir ko’rsatishi tajribada isbotlangan.

Yordamchi moddalarning ahamiyati. Dori turlarini tayyorlashda ishlatiladigan barcha yordamchi moddalar ularning kimyoviy, fizik va boshqa tomonlardan betaraf bo’lishiga qaramasdan biofarmatsevtik nuqtai nazardan befarq deb bo’lmaydi. Ular ma’lum darajada dori moddalarning ajralib chiqish va so’rilish tezligiga ta’sir ko’rsatib, dorilarning ta’sir kuchini oshiradi yoki susaytiradi. Shuning uchun dori turini tayyorlashda tanlab olinadigan yordamchi moddalar xar bir dori modda uchun uziga xos bo’lishi maqsadga muvofiq. Asossiz ravishda tanlab olingan yordamchi moddalar dori ta’sirini kamaytiribgina qolmay, umuman yo’qqa chiqarishi xam mumkin. Ta’sir qiluvchi modda bilan yordamchi moddalar o’zaro birikib, kompleks birikma hosil qilishi, adsorbsiyalanishi natijasida so’rilish tezligi keskin o’zgarishi mumkin. Adabiyotlarda yordamchi moddalarning biofarmatsiyaga ta’sirini ko’rsatadigan ilmiy ishlar ko’plab keltirilgan.

Fenobarbitaldan PEO-400 yordamchi moddasi bilan tayyorlangan shamcha va tabletkada suvda qiyin eriydigan kompleks birikma hosil bo’ladi, natijada fenobarbitalning so’rilishi yomonlashadi, shuning uchun u ta’sir qilmaydi. Agar shunday dori turlari natriy barbital yoki boshqa barbituratlar bilan tayyorlansa, ishlatilgan PEO dorilar xech qanday salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Yordamchi modda sifatida ko’p ishlatiladigan ikkilamchi kalsiy fosfat ishtirokida tayyorlangan tetratsiklin tabletkasi ichakda umuman so’rilmaydigan birikma hosil qiladi. Sut qandi, bentonit, faollashtirilgan ko’mir ishtirokida tayyorlangan atsetilsalitsil kislota, strixnin nitrat, apomorfin gidroxlorid dori turida xam so’rilishning keskin kamayishi va terapevtik unumdorligining susayishi kuzatilgan. PVP ishtirokida tayyorlangan levomitsetin kabi antibiotiklarda ularning mikrobga qarshi kuchi keskin kamayadi.

PVP esa salitsilamid, prednizolon kabi dori moddalarining so’rilishi va terapevtik unumdorligini kuchaytiradi.

Ko’p ishlatiladigan, befarq xususiyatga ega deb qarab kelingan sut qandi xam biofarmatsiya nuqtai nazaridan bunday emas ekan. Masalan, testosteron sut qandi bilan birgalikda ishlatilganda so’rilish tezligi ortadi, fenobarbitalniki esa kamayadi, izoniazid bilan ishlatilganda uning faolligini kamaytiradi. Sut qandi ta’sirida ko’p dorilarning turg’unligi yo’qoladi. Asoslanmagan holda ishlatilgan yordamchi moddalar saqlash jarayonida dori moddalarning faolligini susaytiradi. Masalan, steroidlar magniy oksidi va magniy 3-silikat ishtirokida tez parchalanadi.

Ampuladagi Vvitaminining natriy sulfit, natriy metabisulfit va boshqa sulfitlar ishtirokida turg’un­ligi kamayadi. D vitaminining talk, kalsiy sulfat, kalsiy fosfat, limon kislota ishtirokida turg’unligi kamayadi. Talk atsetilsalitsilat kislotaning tashki ko’rinishini o’zgartiradi.

Bir xil sharoitda qand, sut qandi, glyukoza ishtirokida tayyorlangan belladonna ekstrakti bilan papaverin gidroxlorid, dibazol va papazol tabletkalaridan ta’sir qiluvchi moddalarning ajralib chiqishi kalsiy karbonat bilan tayyorlangandagiga qaraganda 25-38% yuqori bo’ladi. Shu ma’noda yuqorida keltirilgan yordamchi moddalarni tabletkalarning terapevtik faolligini susaytirishi bo’yicha quyidagi qatorga joylashtirish mumkin:

 

  qand < glyukoza < sut qandi < kalsiy karbonat



 

Xuddi shu xodisa piratsen, kobalt-30, kupir tabletkalarida xam kuzatiladi. Dorilarning terapevtik unumdorligiga yordamchi moddalarning miqdori xam ta’sir ko’rsatadi. Bu papaverin gidroxlorid tabletkasi misolida yakkol namoyon bo’ladi.



Texnologik omillarning ta’siri. Dori turining sifati, turg’unligi, terapevtik unumdorligi uni tayyorlash jarayoniga ko’prok bog’lik bo’ladi. Dori tayyorlashda ma’lum bo’lgan maydalash, quritish, donadorlash, taxtakachlash kabi omillar tayyor dorilarning terapevtik unumdorligiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu omillar hisobga olinsa, maqsadga muvofiq dori turini tanlash va uning faolligini oshirish mumkin bo’ladi. Nam usulda donadorlashda dori moddalarning faolligi va miqdori kamayishi mumkinligi isbotlangan. Masalan, rauvolfiya alkaloidini donadorlashda bog’lovchi moddalarning tabiatiga qarab alkaloid 14% (suv) dan 8% (spirt) gacha yuqolishi mumkin. Tritripsin va neomitsinni donadorlashda KMS eritmasi ishlatilsa, ularning terapevtik unumdorligi ancha pasayadi.

Presslash bosimining biofarmatsevtik ko’rsatkichlarga ta’sirini stafilokokk anatoksini misolida xam ko’rish mumkin. 100 MPa bosimda olingan tabletkalarning faolligi 4-5 bo’lib, 250 MPa bosimda 2 ga kamaygan, ya’ni 22,2 - 27,7 % va 16% ni tashkil qilgan. Preparat faolligining kamayishi bosim ortishiga bog’likligi aniqlangan.

To’gridan-to’gri presslab olingan tabletkalardagi dori moddalarning so’rilish tezligi ko’pincha donadorlash orqali olinganiga nisbatan yuqori ekanligi amaliyotda tasdiqlangan. Sifatli, turg’un va yuqori terapevtik unumdorlikka ega bo’lgan dori tayyorlash uchun maqsadga muvofiq texnologik omillarni tanlab olish yuqoridagi misolllardan ko’rinib turibdi.

 


Download 390.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling