Polietilenoksid. PEO-200, 300, 400, 600 lar rangsiz, moysimon qovushqoq suyuqliklar bo‘lib, spirt va suvda yaxshi eriydi, fiziologik indifferent, gidrolizga uchramaydi. In’eksion eritmalar tayyorlashda asosan barqaror hisoblangan PEO-400 ishlatiladi. PEO-400 suvda yomon eriydigan va gidrolizlanishga moyilligi bo‘lgan sulfanilamidlar, barbituratlar, antibiotiklar, natriy askorbinatlarni eruvchanligini yaxshilash va turg‘unligini oshirish maqsadida asosiy erituvchiga nisbatan 70% gacha qo‘shiladi. Masalan, digoksin, levomitsetin, penitsillin, serkolizin kabi dori moddalarining eritmalarini tayyorlashda ishlatiladi. Lekin PEO-400 ayrim dori moddalar bilan kompleks birikma hosil qiladi natijada ular sterillash vaqtida biologik faolligini to‘la yo‘qotishi mumkin. Ularga tarkibida fenol guruhini saqlagan birikmalar kiradi. PEO-400 tarkibida past molekulali fraksiyalarni saqlamasligi kerak, chunki ular oksidlanib zaharli birikmalar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |