O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi


Download 363.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana21.01.2023
Hajmi363.9 Kb.
#1107347
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-MK ma\'ruza matni 2022

 
Sifat tushunchasi 
Sifat – bu iste'molchilik xohishlarini va raqobatbardoshlik shakllanishini vujudga kelishiga 


hal qiluvchi ta'sir ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichdir. Sifat - ob'yektning belgilangan va 
ko‘zlangan talablarini qondirish xususiyatlariga tegishli ko‘rsatkichlari majmuasi (MS ISO 
8402: 1994);
Sifatga talablar – aniq talablarni ifodalash yoki ularni ob'yektni sotishga va tekshirishga 
imkon beruvchi, ko‘rsatkichlariga qo‘yilgan sifat va miqdor talablari to‘plami ko‘rinishiga 
o‘tkazish (MS ISO 8402: 1994. p. 2.3). ISO 8402—94 xalqaro standarti sifat bo‘yicha 
terminlarni o‘rnatadi, ularni mohiyatiga va ISO 9000 «Sifat tizimi» seriyasi standartlarida 
qo‘llanilishiga izoh beradi. Ob'yekt — bu individual ravishda ta'rif berish va ko‘rib chiqish 
mumkin bo‘lgan tushuncha. U keng ko‘lamdagi tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga faqat mahsulotni 
emas, balki faoliyat turi yoki protsessni, tashkilot yoki shaxsni oladi. 
Mahsulot faoliyat yoki protsess natijasi sifatida ko‘riladi. Mahsulot xossalari — buyumni 
yoki ashyoni yaratilishida, ekspluatatsiyasida yoki ishlatilishida namoyon bo‘luvchi ob'yektiv 
xususiyati. Mahsulot belgisi uning barcha xossalari yoki holatlarini aks ettiruvchi sifat va 
miqdor ko‘rsatkichlari. 
Mahsulot sifati ko‘rsatkichi — mahsulot sifatini tashkil qiluvchi bir yoki bir nechta 
xossalarining miqdoriy ko‘rsatkichi bo‘lib, uning yaratilishi, ekspluatatsiyasi va ishlatilishining 
aniq sharoitlariga nisbatan ko‘rib chiqiladi. 
Sifat tushunchasi va sifatga bo‗lgan munosabat ko‗p asrlar davomida shakllanib kelgan. 
Sifat umum ehtiyojlar va ishlab chiqarish imkoniyatlarining o‗sib borishi va ularni 
qanoatlantirish bo‗yicha turli xil holatlarda rivojlangan. Vaqt o‗tishi bilan va xususan oxirgi o‗n 
yillikda sifatning mohiyati va rivojlanish jarayoni, uning parametrlari va unga yondashishlar 
hamda talablar keskin ravishda o‗zgardi.
Xalqaro ISO 9000 standarti lug‘atida belgilanishicha, sifat - bu mahsulot yoki 
xizmatlarga belgilangan talablarni yoki kutilayotgan ehtiyojlarni qondirish xususiyatini 
anglatadigan tavsiflari yig‗indisidir.
Mahsulotlarning sifatiga e‘tibor berish eramizdan avvalgi 2150-yillardan beri boshlab 
qayd qilingan. Bu davrda savdo-sotiq aloqalari ma‘lum hududlar chegarasidan chiqib, xalqaro 
miqyosida rivojlana boshlagan edi.
O‘troqchilik paydo bo‗lishi bilan hamma uchun majburiy qoidalar ishlab chiqila boshladi, 
misol uchun Hindistonda ―Xammurapi‖ kodeksi amalga kiritilgan. Bobilning miloddan awalgi 
1792-1750-yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlari majrnui, undan ham 
qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan awalgi 2112-2094-yillar)ning qonunlari. Uning 229- 
moddasida qurilgan binolar buzilsa va bundan odamlar yarador bo‗lsa yoki buyumlarga zarar 
yetkazilsa, quruvchi jarimalarga tortilishi, biron odam o‗lganida esa qatl qilinishi belgilangan. 
Bunga o‗xshash qoidalar Finikiyaliklarda ham qo‗llanilgan: auditor (nazoratchi)ning sifat 
nazoratida yo‗l qo‗ygan xatosi uchun qo‗li kesilgan. Qadimgi Turkiyada podshoh Boyazid II 
Ixtisabining «Bursa» qonunlarida sifatsiz tovarlar bo‗yicha jazolar belgilagan. Xitoy 
imperatorlari, ishlab chiqaruvchi shaxsi va tovarning keyingi harakati hamda qayerga ishlatilishi 
to‗g‗risida iz qoldirilishini ta‘minlash maqsadida, ishlab chiqaruvchilardan o‗z mahsulotlariga 
muhr bosishlarini talab qilganlar. Agar tovar belgilangan talablarga javob berinasa, ishlab 
chiqaruvchi va sotuvchiga iqtisodiy jazo qoilanilgan. Bu o‗ziga xos standartlashtirishning ilk 
yorqin namunasidir.
Shu bilan birga ta‘kidlash joizki, mahsulotlarning sifatiga bo‗lgan talablar faqat mahalliy 
aholi tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarga emas, balki hamma uchun birdek amal qilardi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib sifat tushunchasiga bir nechta ta‘rif berilishi mumkin:
Sifat-bu iste‘molchi ehtiyojlarini qondirilishi.
Sifat - bu yuqori malakali xodimlar va yuqori texnologik qurilmalar yordamida 
erishiladigan unumdorlik.
Sifat — bu ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi. Bu ishlarning tez va aniq 
bajarilishi.
Sifat - bu faoliyatni optimallashtirilishi. Bu harakatlar dasturiga rioya qilinishi, qo‗yilgan 
vazifalarning o‗z vaqtida bajarilishi.


Sifat - bu rivojlanishning uzoq muddatli jarayoni.
Sifat - bu mablag‗ joylashtirilishi. Uzoq muddatli rejada ixtiyoriy ishni boshidanoq to‗g‗ri 
bajarilishi keyinchalik nomuvofiqliklarni bartaraf qilishdan arzon turadi.
Sifat menejmenti tizimi - bu tashkilot sifat bilan bog‗liq vazifalarni hal qiladigan usuldir. 
Keng ma‘noda u mahsulot sifati sohasida belgilan maqsadlarga erishish va iste‘molchilar 
talablarini qanoatlantirish uchun qo‗llaniladigan tashkilotni tashkiliy tuzilmasi, hujjatlari, ishlab 
chiqarish jarayonlari va resurslarni qamrab oladi. 
Sifat menedjmenti tizimi - u yoki bu faoliyat qanday va nima uchun amalga oshirilishi, 
vazifalarni hal qilish usullari va crishilgan natijalarni qayd qilinishi bayoni masalalarini qamrab 
oladi.

Download 363.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling