Oʻzbekiston respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi


Download 1.21 Mb.
bet46/47
Sana04.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1157884
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
микробиология 2021 қўлланма хамшира ТОШКЕНТ (2)

Morfologiyasi:


Stafilokokklar sharsimon shaklga ega bo’lib, diametri 0,8-1,0 mkm. Surtmada bittadan yoki uzum shingili shaklida joylashgan bo’ladi. Yiringdan tayyorlangan surtmalarda qisqa zanjir yoki juft xolda joylashgan bo’lib ko’rinadi. Turli fizik, ximik va biologik omillar ta’sirida stafilokokklar o’z shakllarini o’zgartirib, yirik sharsimon yoki juda mayda, hattoki filtrdan ham o’tib ketadngan kichik shakllarda ham bo’lishi mumkin. Xarakatsiz, spora va kapsula hosil knlmaydn, Gram usulida musbat bo’yaladi.



Morfologiyasi:



odam organizmiga teri, havo-tomchi, chang, alimentar yo’llar orqali yuqadi. Kasallik manbai bakteriya tashib yuruvchi sog’lom kishilar, bemor va kasal hayvonlar hisoblanadi. Stafilokokklar qo’zg’atadigan 120 dan ortiq kasallik aniqlangan. Bularga teri, teri osti yog’ qavati, limfa tugunlaridagi, nafas a’zolaridagi, quloq, halqum, burun va yondosh bo’shliqlari, ko’z a’zolarini, markaziy nerv tizimi, yurak-qon tomir tizimi, me’da ichak trakti, o’t pufagi, xarakat-tayanch tizimlardagi yiringli-yallig’lanish jarayonlarini misol qilish mumkin. Stafilokokklar bolalarda, ayniqsa chaqaloqlarda xilma-xil kasalliklarni keltirib chiqradi, ayrim hollarda bu o’limga ham olib kelishi mumkin.



Stafilokokklar



Patogen stafilokokk tushgan pishloq, tvorog, sut, tort, muzqaymoq va boshqa oziq maxsulotlari iste’mol qilinganda zaharlanishlar kelib chiqishi mumkin.


Bakteriyalarga qarshi kimyoviy dorilar, ayniqsa antibiotiklardan keng va noto’g’ri foydalanish, stafilokokk shtammlari orasida dorilarga chidamli tiplari paydo bo’lishiga olib kelmoqda, bu esa kasalliklarning og’ir kechishi va kasalxona ichi infektsiyasi sifatida tarqalishiga sabab bo’ladi.





Odam organizmi stafilokokka nisbatan birmuncha chidamli, bu fagotsitoz va tabiiy himoya omillari, maxsus antitelolar borligi hisobiga yuzaga kelgan, chunki stafilokokklarning saprofit va shartli-patogen turlari odam normal mikroflorasi tarkibiga kiradi. Stafilokokk kasalliklaridan so’ng kuchsiz immunitet hosil bo’ladi



Stafilokokk.



Kasallikni oldini olish uchun umumiy chora-tadbirlar: ish va uyda sog’lom muhit yaratish, vitamin tanqisligi va turli jarohatlarni oldini olish, kasalxona ichi shtammlarini yo’qotish, sanitariya-gigiena va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish kabilar kiradi.





Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling