BOLALARDA ARTERIAL GIPERTENZIYaLARNING DIAGNOSTIKASI.
Arterial gipertenziya bilan xastalangan bemor bolalar diagnostikasida quyidagi tekshirishlar o’tkaziladi: umumiy qon tahlili, siydik tahlili, siydikda bakteriuriyani aniqlash, qonning bioximiyaviy tahlilida siydikchil, kreatinin, qoldiqli azot, elektrolitlar miqdori, buyraklarni ul'tratovush yordamida tekshirish, elektrokardiogramma va ko’krak qafasi rentgenografiyasi (jadval 4). Imkoniyat darajasida exokardiografiya, nefroscintigrafiya, ekskretor urografiya, qonda al'dosteron miqdori va renin faolligini aniqlash tashxis qo’yishda katta yordam beradi. Ushbu tekshirishlar natijasiga ko’ra aksariyat hollarda qon bosimi ko’tarilishini keltirib chiqargan kasallikni aniqlash va chap qorincha miokardi gipertrofiyasining darajasiga ko’ra arterial gipertenziyaning davomiyligi haqida aniq xulosaga kelish mumkin.
Jadval 4. Arterial gipertenziyasi bo’lgan bolalarni tekshirish rejasi.
Birlamchi
|
Qo’shimcha tekshirishlar
|
Umumiy qon tahlili
Qonda siydikchil va elektrolitlar
Kreatinin
Umumiy siydik tahlili
Siydikni bak.ekish
Ko’krak qafasi rentgenografiyasi
Elektrokardiogramma
Buyraklar UTT
|
Qonda renin faolligi
Qonda al'dosteron
Nefroscintigrafiya Ts99 DMSA
Ehokardiografiya
Ekskretor urografiya
|
Keyingi tekshiruvlar
Obstruktiv nefropatiya yoki buyrak reflyuksini aniqlash;
Qorin bo’shlig’I a`zolari rentgenografiyasi;
Mikcion cistouretrografiya;
|
Do'stlaringiz bilan baham: |