O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi Reja
Soliqlar orqali tartibga solish –
Download 32.62 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq logistikasi
- Soliqlar orqali takomillashtirish
Soliqlar orqali tartibga solish – davlatning iqtisodiyotni tartibga solishning bilvosita usuli bo‘lib, davlat byudjetiga turli soliq va yig‘imlarni qo‘shimcha jalb etish, ayrim soliq to‘lovchilarga imtiyozlar berish yoki soliq to‘lovidan ozod qilish, soliqlarning undiruvchanlik mexanizmini yanada takomillashtirishga qaratilgan faoliyatidir.
Bu juda murakkab mexanizm bo‘lib, nafaqat soliqlar orqali ta’sir ko‘rsatishni, balki kelgusida soliq to‘lovchilarning iqtisodiy va ijtimoiy farovonligini ham oshirishga qaratiladi. Bu shuni anglatadiki, soliqlar aynan soliq to‘lovchilarga qaratiladi, uning ijtimoiy yoki iqtisodiy samarasi, fiskal maqsadlari esa muayyan tarmoqdagi noqulay vaziyatni yaxshilash, uni rivojlantirish yoki qo‘llab quvvatlashni ko‘zda tutadi. Mikrodarajada soliq mexanizmi soliq menejmenti orqali amalga oshiriladi. Soliq menejmenti:soliq to‘lovlari va majburiyatlarini, shuningdek, har qanday soliqqa tortiladigan bazani samarali tartibga solishga qaratilgan boshqaruv tizimidir; soliq to‘lovchilar va davlat o‘rtasida davlatning soliqqa tortish mexanizmini yaxshilashga qaratilgan faoliyatidir. Soliq menejmentining 3 ta asosiy tarkibiy qismi mavjud. Bular: Soliq logistikasi – soliq to‘lovchilarning zaruriy soliq to‘lovlarini amalga oshirishini ta’minlash maqsadida ularning moliyaviy yoki soliqqa tortiladigan daromadlarini samarali boshqarishga qaratilgan faoliyatdir. Uning asosiy maqsadi soliq to‘lovlarini belgilangan tartibda va miqdorda to‘lanishiga erishish va ushbu maqsadda iqtisodiy jihatdan samarali va maqsadli bo‘lgan soliqqa tortish usullari va stavkalaridan foydalanishdir. Shu bilan birga soliq imtiyozlaridan ham samarali foydalanish, mablag‘larning manzilli undirilishiga erishish lozim. Soliqlar orqali takomillashtirish – soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish tartibi, sxemasi, miqdori, muddati va shaklini oqilona tashkil qilishga qaratilgan faoliyatdir. Soliqlar orqali takomillashtirish soliq to‘lovlari miqdorini saqlab qolgan holda ularni undirish shakllarini va muddatlarini qayta ko‘rib chiqishga ham yo‘naltirilgan. Buning natijasida soliq to‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan soliqqa tortish tizimi yaratiladi va ular o‘zlari uchun eng qulay bo‘lgan shart-sharoit va tartiblarda belgilangan soliqlarni to‘lashi mumkin bo‘ladi. Download 32.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling