O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
Bir-ikki kishi bo‘lib turish 
Bolalar bir kishidan bo‘lib qatorda yuradilar va tarbiyachining signali bo‘yicha 
ikki kishilik qatorga qayta saflanadilar va yana bir kishilik qatorga aylanadilar. 
Qayta saflanayotganda yurish tezligi pasaytirilmaydi, o‘rtadagi masofa 
o‘zgartirilmaydi. 
Issiq-sovuq 
Bolalar maydon bo‘ylab har xil yo‘nalishda tarbiyachi bir- ikki deb sanab yoki 
doiraga urib turganda odatdagicha yuradilar. Tarbiyachi «Issiq» deganda bolalar — 
oyoq uchida, «Sovuq» deganda esa, yarim cho‘qqayib yuradilar. 
Yurishning hamma turida ham qomatni yaxshi tutish kerak. 
Koptok — tosh 
Bolalar qatorda yuradilar. Qatorda birinchi bo‘lib turgan bolaning qo‘lida 
koptok, oxirgisida esa tosh bo‘ladi. Tarbiyachi “Koptok” deyishi bilan bolalar 
birinchi bolaning orqasidan oldinga yura boshlaydilar. “Tosh” deganda esa orqaga 
burilib oxirgi bolaning orqasidan yuradilar. 
Bolalar aniq va tez burilishlari kerak. 
To‘xtovsiz harakatda 
Bolalar o‘rmon yoki dala bo‘ylab juft-juft bo‘lib, o‘rtacha qadam tashlab bir 
tekis yuradilar. Tarbiyachining signalidan keyin oxirgi juft bo‘linadi: biri qatorning 
chap, ikkinchisi esa o‘ng tomonidan boradi. Ular hamma bolalarni quvlab o‘tib, 
qatorning oldiga borib turadilar. Quvlab o‘tuvchilar yugurib emas, balki tez yurib 
o‘tadilar. 


140 
Qorovul 
Bolalarning bittasi qorovul bo‘lib, doiraning o‘rtasida o‘tiradi. Uning ko‘zi 
bog‘lab qo‘yiladi. Qolgan bolalar esa doira chizig‘i orqasida turadilar. Tarbiyachi 
bolalardan birini qo‘li bilan imlaydi. U asta-sekin qorovulga yaqinlashib keladi. 
Qorovul qadam tovushini eshitib, uning qaysi tomondan kelayotganini qo‘li bilan 
ko‘rsatadi. Agar buni to‘g‘ri ko‘rsatsa, kelayotgan bola bilan joyini almashadi. 
Agar to‘g‘ri ko‘rsata olmasa, yana o‘zi joyida qoladi. Biror marta ham qo‘lga 
tushmagan bola o‘yinda yutgan hisoblanadi. 
Qorovulga mayda qadam bilan yaqinlashish kerak, qolgan o‘yinchilar esa 
to‘polon qilmasliklari lozim. 
Doirani yoz 
Bolalar qo‘llarini ushlamasdan, doira bo‘ylab yuradilar. Tarbiyachi, masalan, 
“Nargiza, doirani yoz”, deganidan so‘ng bolalar bir-birlarining qo‘llarini 
ushlaydilar, nomi aytilgan bola esa tez buriladi va qarama-qarshi yo‘nalishda yurib 
boradi. Bolalar yangi doira hosil bo‘lguncha yurib boradilar. Shundan so‘ng 
bolalar qo‘llarini yana qo‘yib yuboradilar. Doira bo‘ylab yurganda uning shakliga 
va bir-birlari orasidagi masofaga rioya qilish kerak. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling