O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Tovush chiqarmasdan 
Bir necha bolaning ko‘zi bog‘lanadi. Ular juft-juft bo‘lib bir-birlaridan 
qo‘llarini uzatganda tegmaydigan masofada turadilar. Ikkita bola qo‘lini ko‘tarib 
ushlab, darvoza hosil qilib turadi. Ko‘zi bog‘langan bolalar bittadan bo‘lib 
ovozlarini chiqarmasdan, ehtiyotlik bilan, engashib yoki emaklab darvoza orqali 
o‘tadilar. O‘tayotgan vaqtda biror shitirlagan ovoz chiqib qolsa, ularni ushlash 
uchun darvozada Turganlar qo‘llarini ko‘taradilar. Darvozadan bilintirmay 
o‘tgan bola yutgan hisob- lanadi. 
Doirada tezroq saf tortib tur 
Bolalar maydonda har xil yo‘nalishda erkin yuradilar. Tarbiyachining 
singaliga binoan tezda doiraga borib, saf tortib turadilar. Buning uchun tarbiyachi 
avval ularning qatorda saf tortib turishini oldindan ko‘rsatadi. Doirani iloji boricha 
birorta belgili joyda (tepalik, to‘nka, daraxt atrofida va hokazo joyda) qurish 
mumkin 
Bolalar doirani o‘z joylarini topib, bir-birlarini turtmasdan tezda hosil qiladilar. 
Ular qatorda saf tortib turish qoydasiga rioya qilishlari kerak. 
O‘yinni murakkablashtirish uchun bolalar 3—4 ta guruhlarga bo‘linadi. Signal 
bo‘yicha qaysi guruh yaxshi saf tortsa, o‘sha guruh bolalari yutgan hisoblanadi. 
Uchlik 
Bolalar qo‘llarini ushlashib, uchtadan bo‘lib turadilar. Har bir uchlik orasidagi 
masofa kamida 1 m bo‘ladi. Shu uchta bolaning o‘rtadagisi harakat yo‘nalishi 
tomon qarab turadi, qolgan ikkita bola orqa tomonga qarab turadi. Tarbiyachi 
signali bilan uchala bola maydon bo‘ylab harakat qiladi. «To‘xta» — degan signal 
berilishi bilan joylarida to‘xtaydilar va bolalar tezda joy almashadilar. 
Bolalar harakatlarni kelishilgan holda, bir-birlariga yordam berib, uch 
kishilashib yurishadi; oralaridagi masofaga rioya qilishlari kerak. 
Shar (soqqani) tushirma 
2—3 ta bola bir vaqtning o‘zida tartib bilan qoshiqdagi soqqa (shar)ni 8—10 m 
masofaga tushirib yubormasdan olib borish kerak. Soqqani qo‘l bilan ushlash 
mumkin emas. Agar bola soqqani tushirib yuborsa, uni qoshiqqa kaytadan solib
yurishda davom etadi. 


142 
Paqildoq 
Shishirilgan qog‘oz paket — paqildoq arqon uchiga bog‘lab, daraxt shoxiga 
bolalar qo‘li еtadigan qilib ilib quyiladi. Bolalar paqildoqdan 5 m masofada 
turadilar, tarbiyachi bitta bolaning ko‘zini bog‘lab qo‘yadi. Tarbiyachi «Boshla» 
deyishi bilan ko‘zi bog‘langan bola 5 qadam yurib to‘xtaydi va tezda qo‘llarini 
ko‘tarib, kaftlarini paqildoqqa tekkizishga harakat qiladi. Agar paqildoq kaftlari 
o‘rtasida bo‘lsa, u chapak chaladi. 
Faqat 5 qadam qo‘ygandan so‘ng paqildoqqa tegish mumkin. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling