O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Ko‘zi boyloq ushlandi 
Har bir o‘yinchi (onaboshidan tashqari) birorta narsa tanlab, o‘shaning yoniga 
turio oladi. Shundan keyin tarbiyachi onaboshining ko‘zini bog‘lab, uni xona yoki 
maydonchaning o‘rtasiga olib borib qo‘yadi va atrofga bir necha marta qaragin, 
deydi unga (bu еrga o‘yin chegarasi chizib qo‘yilgan bo‘ladi). Shundan sung ko‘zi 
bog‘langan bola o‘yinchilarni qidira boshlaydi. Bolalar esa stol, stul yonida 
(maydonchada bo‘lsa skameyka, daraxtlar yonida) turadilar. Onaboshiga chap 
berish uchun bolalar holatlarini o‘zgartirishlari mumkin, ular engashishlari, 
cho‘qqayib o‘tirishlari va yotishlari ham mumkin, lekin o‘zlari tanlab olgan usha 
narsaga oyoqlari tegib turishi shart. Agarda onaboshi maydon chegarasidan chiqib 
ketsa yoki xavfli joyga yaqinlashib qolsa (masalan, devorga), bolalar baravariga 
«Alanga» deb, uni ogohlantiradilar. 
Bolalar o‘z joylarini almashtirishlari mumkin. O‘z joyini onaboshiga berib 
qo‘ygan bola yutqazgan hisoblanadi va onaboshi bo‘ladi. 
Ko‘zi boyloq bola va shiqildoq 
Bolalar doira bo‘lib qo‘llarini ushlab turadilar. Doiraning markazida ikkita 
o‘yinchi turadi. Bittasining ko‘zi bog‘lanadi (bu onaboshi bo‘ladi), ikkinchisiga 
esa shiqildoq beriladi. Tarbiyachining signali bo‘yicha ikkinchi bola doira bo‘ylab 
shiqildoqni shiqillatib yugura boshlaydi, ko‘zi bog‘langan bola esa uni quvlab 
tutadi. Onaboshi shiqildoq bilan «yugurayotgan bolani tutgandan keyin yangi 
onaboshi saylanadi. O‘yin davom ettiriladi. Agar onaboshi uzoq vaqtgacha 
shiqildoqli bolani tuta olmasa, unda ikkala o‘yinchi ham almashtiriladi. 
O‘yinning turlari: 1. Tutuvchi va yugurib ketuvchining ko‘zi bog‘lanadi: 2. 
Onaboshi maydonchaning o‘rtasida ko‘zi bog‘langan holda turadi, uning orqasida 
еrga shiqildoq qo‘yib quyiladi. Bolalar doira bo‘ylab yuradilar va quyidagi she’rni 
aytadilar: 
Biz boramiz, boramiz, boramiz
Shiqildoqni olmaymiz. 
Onaboshi, onaboshi, sen yugur, 
Shiqildoqni quvib еt 


145 
Shundan so‘ng tarbiyachining ko‘rsatmasi bilan bolalardan biri onaboshining 
oldiga asta-sekin borib, shiqildoqni oladi va uni shiqillatib qochadi. Onaboshi esa 
uni tutishga harakat qiladi. 
O‘z sherigingga еtib ol! 
Bolalar juft-juft bo‘lib, biri ikkinchisining orqasidan 3—4 masofada turadi. 
Tarbiyachining ishorasi bilan oldingi qatorda turgan bolalar tez yugurib, 
maydonchaning narigi tomoniga o‘tadilar, orqada to‘rgan bolalar esa 
maydonchaning narigi tomoniga tez yuguradilar va o‘z sheriklarini tutadilar. O‘yin 
takrorlangan paytda bolalar rollarini almashadilar, o‘yin tamom bo‘lgach, har kim 
o‘z sherigini necha martalab tutib olishga muvaffaq bo‘lganligi hisoblab chiqiladi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling