To‘p ko‘targan tutuvchi
Bolalar davra qurib turadilar. Tutuvchi doiraning markazida turadi. Uning
oyoqlari ostida ikkita to‘p turadi. Tutuvchi irg‘ishlab sakrash, engashish,
cho‘qqayib o‘tirish, chapak chalish singari bir qancha harakatlarni bajaradi.
O‘yinda qatnashayotgan boshqa bolalar uning ketidan bu harakatlarni
takrorlaydilar. Tarbiyachi “Davradan qoch!” — deyishi bilan bolalar turli tomonga
yugurib ketadilar, tutuvchi esa tezlik bilan еrdagi to‘plarni oladi va ularni qochib
ketayotgan bolalarga tegizishga harakat qilib, uloqtiradi. Tarbiyachining: “Bir,
ikki, uch — tezroq, davraga yugur!”—degan signalidan keyin bolalar yana davra
qurib turadilar, Yangi tutuvchi saylanadi va o‘yin davom ettiriladi. Tarbiyachi
o‘yinning oxirida yakun yasab, tutuvchilardan kim aniqroq harakat qilganini
aytadi.
Tutuvchi yugurib ketayotgan bolalarga har ikkala to‘pni ham tekkiza olsa, u
holda tutuvchi o‘z vazifasida qoladi.
To‘pni ilib ol
O‘yinda uch bola qatnashadi. Ularning ikkitasi bir-biridan kamida 3 m
uzoqlikda turib olib, bir-birlariga to‘p irg‘itishadi. Uchinchi bola o‘rtada turib
irg‘itilgan to‘pni tutib olishga harakat qiladi. Agar u to‘pni ilib olsa, to‘pni otgan
bolaning o‘rniga turadi. U esa onaboshining o‘rnini egallaydi.
Oyoqni poldan ko‘tar!
Bolalar davra yasab turadilar. Doiraning o‘rtasida tarbiyachi tayinlagan
tutuvchi turadi. Tarbiyachi “Yugur”! deyishi bilan bolalar xona bo‘ylab
yuguradilar. Tutuvchi bolalarning orqasidan yugurib, ularning birortasiga qo‘l
tekkizishga harakat qiladi. Qochib borib gimnastika skameykasida turib olgan yoki
oyog‘ini ko‘tarib, polga o‘tirib olgan bo‘lsa, unga qo‘l tekkizish mumkin emas.
Tutuvchi kimga qo‘lini tegizsa, u tutuvchi bo‘ladi. U tezda joyida to‘xtab, qo‘lini
yuqoriga ko‘tarib “Men tutuvchiman!” — deydi. Yangi tutuvchi oldingi tutuvchiga
birdaniga qo‘lini gekkizishi mumkin emas. Agar tutuvchi uzoq vaqtgacha birorta
bolaga qo‘l tekkiza olmasa, unda tarbiyachi: “Bir, ikki, uch tezroq doiraga yugur!”
deydi. Bolalar doiraga turadi, tarbiyachi yangi tutuvchini tayinlaydi. O‘yin yana
davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |