O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Kimning to‘pi uzoqqa tushadi 
Devordan 3—4 m masofa nariga chiziq chiziladi, so‘ngra har bir metrdan keyin 
chiziq chizib borilaveradi. 
Tarbiyachining signalidan keyin o‘yinchilardan biri chiqib, to‘pni qo‘liga olib, 
devorga kuch bilan uradi, devordan sapchib chiqqan to‘pning еrga tushgan joyi 
aniqlanadi. Keyin ikkinchi, uchinchi marta urilgan to‘pning tushgan joyi 
aniqlanadi va hokazo. Nihoyat kimning urgan to‘pi uzoqqa borib tushsa, usha 
o‘yinchi yutgan hisoblanadi. 
O‘yinni komandalarga bo‘lib o‘tkazish ham mumkin. 
 
Kim balandga otadi 
Bolalar ikki komandaga bo‘linadi, ular maydonda turishadi. To‘pni ushlab 
turgan bola uni balandga otadi, qolgan o‘yinchilar esa uni ilib olishi kerak. Endi 
to‘pni ilib olgan boshqa bola to‘pni yuqoriga otadi. Agar to‘pni hech kim ilib 
ololmasa, yana o‘sha o‘yinchining o‘zi yuqoriga otishi kerak. 
O‘yinda kam xatoga yo‘l qo‘ygan komanda g‘olib hisoblanadi. 
Bayroqchaga qarab tur 
Bolalar 2 kishidan bir qatorga saflanadilar. Maydonchaning o‘rtasiga 10—15 
qadam nariga bayroqchalar quyiladi, ularning o‘rtasida esa uzunligi 1-1,5 m 


154 
keladigan arqon yotadi. Ikkala tomondan bittadan o‘yinchi arqon uchlari yonida 
turib, o‘zlarining bayroqchalariga qarab turadilar. 
O‘qituvchining «Diqqat! «Marsh!» komandasidan keyin haligi nkkala bola 
tezda o‘z bayroqchalari tomon yugurib boradilar, uning atrofidan aylanib, orqaga 
yugurib qaytib kelib, arqonchani uchidai ushlab o‘z tomoniga qarab tortib oladilar. 
Birinchi bo‘lib tortib olgan o‘yinchiga bir ochko beriladi. O‘yin oxirida eng ko‘p 
to‘plagan komanda g‘olib hisoblanadi. 
Bo‘ri o‘yini 
“Bo‘ri” yoki “Boshlovchi” daraxt yoki o‘tlarning orqasiga berkinishi shart. 
Bolalar maydoncha bo‘ylab quyidagi so‘zlarni aytib: “Bo‘ri, sendan 
qo‘rqmaymiz!” deb qichqirishadi. Bo‘ri qulay vaqtni poylab, bekinib yotgan 
joyidan sakrab chiqadida, bolalarni quvlab, ushlab olishga harakat qiladi. Har bir 
bolaning qo‘lida bir qism o‘t bo‘ladi. Bo‘rini ushlab olish xavfi tug‘ilgan paytda 
bolalar qo‘lidagi o‘tni еrga tashlab, “Bu sening o‘ting!” deydi. Shundan so‘ng bo‘ri 
o‘tlarni еrdan terib olishi kerak. Bo‘ri o‘tni terayotib bolalardan uzoqlashib ketadi. 
O‘tni bir marta tashlash mumkin. Bo‘ri tutib olgan o‘yinchi o‘yindan chnqadi. 
Oxirida qaysi bola tutib olingan bo‘lsa, o‘sha bola keyingi o‘yinda bo‘ri bo‘ladi. 
O‘yinda qagnashadigan bolalarning soni ko‘p bo‘lsa, unda ikkita bo‘ri bo‘lishi 
mumkin. O‘yin davomida biror marta ham qo‘lga tushmagan o‘yinchi g‘olib 
hisoblanadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling