153
Badminton
Bu o‘yinni ikki o‘rtoq o‘ynaydi. Bolalar volanni
raketa bilan bir-biriga
uloqtirib, maydoncha bo‘ylab erkin harakat qilib yuradilar. Volanni havoda ushlab
turish uchun ular volanga tomon yuguradilar. Cho‘qqayib o‘tiradilar, irg‘ishlab
sakraydilar va uni raketa bilan urib qaytaradilar. Shuningdek,
bolalar volani bir-
birlariga to‘rdan oshirib uloqtirishni ham o‘rganadilar.
Arg‘amchi bilan yugurish
Bolalar ikki komandaga bo‘lingan holda start chizig‘i opldida turadilar.
O‘yinchilarning har birida bittadan arg‘amchi bo‘ladi.
Tarbiyachining signalidan so‘ng bolalar 30 m masofaga arg‘amchini aylantirib
yugurib borib, qaytib keladilar. Berilgan vazifani xatosiz aniq bajargan komanda
g‘olib hisoblanadi.
Bolalar bu o‘yinni yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan keyin ikki kishilab yugurish
mumkin.
Doirada tur
Maydonchaning o‘rtasiga ikkita ustuncha qo‘yib, tizimcha torti ladi.
O‘yinchilar teppa-teng ikki komandaga bo‘linadilar, ularning qo‘llarida tennis to‘pi
bo‘ladi. Birinchi turgan bolalar doira o‘rtasida bo‘ladilar.
Tarbiyachining signalidan so‘ng to‘pni tizimcha ustidan otib еrga tushirmasdan
ilib olish kerak. So‘ngra to‘pni ikkinchi, uchinchi o‘yinchiga va hokazoga otiladi.
Xatosiz, tez bajargan komanda g‘olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: