O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Qo‘lingni orqaga bekit 
Tarbiyachi bolalarning ichidan bittasini tutuvchi qilib tayinlaydi. U maydoncha 
o‘rtasida turadi. Qolgan o‘ynovchilar maydonchaning turli joylarida qo‘llarini 
orqalariga qo‘yib turadilar. Tarbiyachining “Boshla!”—degan so‘zidan keyin 
bolalar qo‘llarini tushiradilar va tutuvchidan qochib ketadilar. Tutuvchining 
vazifasi—bolalardan birortasiga (qo‘lini tekkizish)dir. Lekin faqat qo‘lini tushirib 
turgan bolaga qo‘l tekkizish mumkin. Agar bola qo‘lini orqasiga qo‘yishga ulgurib 
va men “qo‘rqmayman” deb aytsa, tutuvchi unga qo‘l tekkizishi mumkin emas. 
Agar tutuvchi 30—40 sekund davomida birorta ham bolani tuta olmasa, unda 
tarbiyachi uning o‘rniga yangisini saylaydi. O‘yin yana davom ettiriladi. 
Qo‘lini orqasiga qo‘yib turgan bolani tutish mumkin emas. 
O‘yinning boshqa turi. Tutuvchi qanday holatda turishni bolalar bilan avvaldan 
kelishib olishi mumkin. Masalan, bir oyoqda, oyoqni yon tomonga ko‘tarib turgan, 
qo‘lni belga qo‘yib, cho‘qqayib o‘tirgan bolalarga tegish mumkin emas. 
Qushlar parvozi 
Qushlar (bolalar) qanotlarini yozib, butun maydoncha bo‘ylab uchib yuradilar. 
“Bo‘ron boshlandi!” degan signal berilishi bilan ular daraxtlarga chiqib, 
yashirinadilar (ya’ni gimnastika devorchasiga tirmashib chiqadilar). Tarbiyachi: 
“Bo‘ron bosildi”—deyishi bilan qushlar shoxlardan pastga uchib tushadilar (ya’ni 
gimnastika devorchasidan pog‘onama-pog‘ona pastga tushadilar) va uchishni 
davom ettiradilar. 
Agar gimnastika devorchasi, minora bo‘lmasa, skameykalar, yashiklar va 
boshqa buyumlardan foydalaniladi. Bolalar shu buyumlar ustiga chiqib 
o‘ynaydilar. 
Maymun tutish 
Maymunni aks ettirayotgan bolalar maydonchaning bir chetiga quyilgan 
jihozlarga yaqin turadilar. Qarama-qarshi tomonda maymun tutuvchilar turishadi 
(4—6 ta bola). Ular maymunlarni aldab, daraxtdan pastga tushirish va tutib olishga 
harakat qilishadi. Tutuvchilar qaysi biri qanday harakat qilishni o‘zaro kelishib 
oladilar. Ular maydonchaning o‘rtasiga chiqib, o‘zlari uylab qo‘ygan harakatlarni 
bajaradilar va ko‘rsata boshlaydilar. Maymunlar o‘z vaqtida tezlik bilan 
devorchalarga chiqib oladilarda, o‘sha еrda turib tutuvchilar harakatini kuzatadilar. 
Tutuvchilar harakatlarni bajarib bo‘lganlaridan keyin maydonchaning oxiriga 


150 
ketadilar. Maymunlar daraxtlardan tushib, tutuvchilar harakat qilgan joyga 
yaqinlashib keladilar va ularning harakatiga o‘xshatib o‘zlari ham taqlidiy 
harakatlar qila boshlaydilar. Tarbiyachining “Ovchilar!” — degan signali bilan 
maymunlar yugurib qochadilar va daraxtlarga chiqib oladilar. Tutuvchilar daraxtga 
chiqishga ulgurolmay qolgan maymunlarni tutadilar. Tutilganlarni o‘zlari bilan 
birga olib ketadilar. O‘yin 2—3 marta takrorlangach, bolalar vazifalarini 
almashadilar. 
Bolalar gimnastika devorchasidan sakrab tushmasdan, balki uning oxirgi 
pog‘onasigacha pog‘onama-pog‘ona tushishlari zarurligini kuzatib turish kerak. 
O‘yin takrorlangan vaqtda tutuvchilarning harakatlari yangilanishi kerak. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling