148
holda zvenolar soniga qarab kattaroq chuqurcha qaziladi. Chuqurchalar orasidagi
masofa 50—60 sm bo‘ladi. Tarbiyachi har bir zvenodan
bittadan bolani start
chizig‘iga chaqirib, ularning qo‘llariga dastali savatcha tutqizadi (savatchada
sabzavot — lavlagi, sabzi, turp bo‘lishi mumkin). Tarbiyachi “Yugur”
deyishi
bilan savatchali bolalar chuqurcha tomon yuguradilar. Tarbiyachi yugurish vaqtida
bolalarga chuqurchaga savatchadagi birorta sabzavotni, masalan, lavlagini solishni
taklif qiladi. Kim vazifani to‘g‘ri bajarib, o‘z joyiga birinchi bulib qaytib kelsa,
o‘sha yutgan bo‘ladi. O‘yin yangi o‘yinchilar bilan davom ettiriladi. O‘yin tamom
bo‘lishi bilan har bir zvenodagi yutgan bolalar soni hisoblab chiqiladi.
Qaysi
zvenoda yutganlar ko‘p bo‘lsa, usha zveno g‘olib bo‘ladi.
O‘yin turlari. Sabzavotlar chuqurchada yotadi (polizda o‘sadi). Bolalar
chuqurchaga qarab bo‘sh savatcha bilan yuguradilar va polizdan sabzi, lavlagi yoki
turpni
yulib opib sayaatchaga solib, uz joylariga qaytib keladilar. Bolalar poliz
tomonga savatchadagi sabzavotlar (sabzi, kartoshka va boshqalar)
bilan yugurib
boradilar. Chuqurchaga sabzavotni chiroyli qilib qo‘yadilar (ekadilar) va uyga —
start chizig‘iga qaytib keladilar. Keyin boshqa bolalar hosilni yig‘ib olish uchun
yugurib boradilar va savatchani to‘ldirib, start chizig‘iga qaytib keladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: