Gulxonim
O‘yinda ishtirok etuvchilar juft-juft bo‘lib qatorga saflanadilar. Qatordan 2-3 m
masofada chiziq o‘tkazadilar. O‘yinchilardan biri—tutuvchi shu chiziqda turadi.
Hamma bolalar baravariga quyidagi she’rni o‘qiydilar:
Yon, gurilla, gulxanim
O‘chma sira gulxanim!
Ko‘kdagi qushlarga boq,
Tinmay chalar qo‘ng‘iroq.
Bir, ikki, uch — yugur!
“Yugur” degan so‘zdan keyin qator oxiridagi bolalardan boshlab hamma
qo‘llarini qo‘yib yuboradi va qator bo‘ylab yugurib ketadi. Ularning biri chap
tomondan, ikkinchisi o‘ng tomondan yuguradi. Ular qator oldiga yugurib
chiqadilar va yana qo‘l ushlashib olishga hamda tutuvchining oldiga turishga
harakat qiladilar. Tutuvchi bola yugurib kelgan bolalar hali qo‘l ushlashib
olmaslaridan ilgari ulardan birini tutib olishga harakat qiladi. Agarda tutuvchi bola
buning uddasidan chiqsa, o‘zi tutgan bola bilan qo‘l ushlashib, juft bo‘lib, qator
oldida turishadi. Sheriksiz qolgan bola tutuvchi bo‘ladi. O‘yin barcha bolalar bir
martadan yugurib chiqqanlaridan so‘ng tugaydi. Shundan keyin yangi tutuvchi
saylanadi. O‘yin yana davom ettiriladi.
Tutuvchi kelyapti! Oyog‘ingni еrdan ol!
Bu o‘yinda tutuvchi kelayotganidan xabardor bola kubik, taxta va yoki
boshqa biror buyum ustiga chiqib olishga ulgurishi kerak, ana shunda uni tutish
mumkin bo‘lmaydi
Tutuvchi davrada
Yerga diametri 3—5 m doira chiziladi. O‘yinda qatnashuvchilar sanoq
yordamida tutuvchi bolani tayinlaydilar. Tutuvchi doiraning markazida, qolgan
bolalar esa uning tashqarisida turadilar. Tarbiyachining “Bir ikki, uch — tut!”—
degan so‘zlaridan keyin bolalar doirani kesib o‘tmoqchi bo‘lib yuguradilar,
tutuvchi ularni tutadi. Faqat doira ichidagina tutish mumkin. Nechta bola tutish
kerakligi belgilab qo‘yiladi. Belgilangan miqdorda bolalar tutilgandan keyin yangi
tutuvchi saylanadi.
146
Do'stlaringiz bilan baham: |