O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Mexmonga borish 
Bolalar ikki guruhga bo‘linib, maydonchaning turli tomonlarida joylashadilar. 
Tarbiyachi bitta guruhdagilarni boshqa guruh bolalariga “mehmonga borishga” 
taklif qiladi. Bolalar maydonchaning qarama-qarshi tomoniga o‘tib, har biri o‘zi 
xohlagani oldiga borib turadi. Ular juft bo‘lib, irg‘ishlab sakrashadi, aylanib, 
o‘yinga tushishadi. Keyin birinchi guruh bolalari joyiga qaytib keladi. Endi 
ularning oldiga ikkinchi guruh bolalari boradilar. 
O‘yin qoiydasi shuki, maydonchadan to‘g‘ri yo‘nalishda, qaddi- qomatni 
to‘g‘ri tutib, еngil qadam tashlab o‘tiladi. 
Birinchi bo‘lib tur 
Bolalar boshlovchi orqasidan qator bo‘lib boradilar. Tarbiyachi bolalardan 
bittasining ismini aytib chaqiradi. Hamma to‘xtaydi, nomi aytilgan bola qatorni 
quvlab o‘tib, birinchi bo‘lib turadi, yurish davom etadi. 
Qator bosh tomoniga qisqa yo‘l bilan o‘tiladi. 
Signalni eshit 
Bolalar qatorda odatdagicha yurishadi, tarbiyachining signali bo‘yicha 
oyoqning tashqi tomoni bilan yurishadi, almashlab yurishadi. Singal bo‘yicha 
yurish texnikasi o‘zgartiriladi. 
Ulkanlar, pakanalar 
Bolalar tarbiyachining “Ulkanlar”—degan signaliga binoan qatorda katta 
qadam bilan, “Pakanalar” — deganda esa mayda qadam tashlab yuradilar. 
Goh katta qadam tashlab, goh mayda qadam tashlab yuriladi. 
O‘z joyingga qaytib kel 
Bolalar ikkita qatorda turadilar. Har bir bola orasidagi masofa kamida 1 m 
bo‘ladi. Har bir bola o‘z joyini toshlar (barglar, bayroqchalar) bilan belgilab 
qo‘yadi. Tarbiyachi bir- ikki deb sanaganidan keyin bolalar o‘ngga, so‘ngra 
chap tomonga 3—4 ta qo‘shimcha qadam qo‘yadilar va o‘z joylarini topib 
olishga harakat qiladilar. 
O‘yinda oldinga va orqaga qo‘shimcha qadam qo‘yib yurish ham mumkin. 
Darvoza 
Bolalar maydon bo‘ylab qo‘llarini ushlashib juft-juft bo‘lib yurishadi. 
Tarbiyachining “Darvoza” signali bo‘yicha bolalar joylarida to‘xtaydi va qo‘llarini 
yuqoriga ko‘taradi. Qator oxiridagi juft bola darvoza tagidan oldinga o‘tadi va 
birinchi bo‘lib turadi. Yurish davom etadi 


139 
O‘yin qoidasi shuki, bolalar qo‘llarini ushlashib, juft-juft bulib yuradilar, 
birgalikda harakat qiladilar. 
O‘yinni murakkablashtirish uchun bolalar qo‘llarini ushlamasdan, juft-juft 
bo‘lib yuradilar. «Darvoza» signali berilishi bilan qo‘llarini ushlashib, tezda 
yuqoriga ko‘taradilar. Oxirgi juft uning tagidan o‘tadi. 
Sovg‘a 
Bolalar qo‘llarini ushlashib, doira hosil qiladilar. Bitta bola doiraning o‘rtasida 
turadi. Bolalar doira bo‘ylab yurib, quyidagi she’rni aytadilar: 
Biz hammaga sovg‘a, sovg‘a keltirdik, 
Kim nimani xohlasa, o‘shani oladi. 
Mana sizga yarqiragan lenta bilan qo‘g‘irchoq, Ot, 
pildiroq va samolyot. 
Bolalar she’rni aytib bo‘lish bilan to‘xtaydilar. Doira o‘rtasidagi bola yuqorida 
nomlari aytilgan sovg‘adan qaysi birini olishini aytadi. Agar u ot nomini aytsa, 
irg‘ishlab sakraydilar, qo‘g‘irchoq desa—o‘ynaydilar, pildiroq desa — aylanadilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling