Oyog‘ingni ho‘l qilma
Maydonchaning bir tomonidagi stul yoki skameykalarda bolalar o‘tiradilar.
Ulardan 2—3 qadam narida chiziq chizib qo‘yiladi. Chiziq oldida 4—5 ta o‘yinchi
turadi. Maydonchaning qarama-qarshi tomonidagi har bir bolaga mo‘ljallangan
stullarga bittadan bayroqcha qo‘yiladi. Chiziqdan 4—5 m nariga chiziq chiziladi.
Bu botqoqlik bo‘ladi. Bolalar ikkitadan taxtacha oladilar. Bolalar taxtachalar
ustidan asta-sekin, oyoqlarini xo‘l qilmasdan (taxtachalardan tashqariga oyoq
bosmay) botqoqlikdan o‘tib, bayroqchalargacha borishlari kerak.
Tarbiyachining signalidan keyin bolalar botqoqlikning yoniga yugurib kelib,
birinchi taxtacha ustiga chiqadilar, keyin ikkinchi taxtacha ustiga hatlab o‘tadilar,
so‘ngra orqada qolgan birinchi taxtachani yana oldinga qo‘yib, ustidan o‘tadilar va
hokazo. Botqoqlikdan o‘tgach, o‘z bayroqchasiga birinchi bo‘lib еtib borgan va uni
boshi ustida birinchi bo‘lib ko‘targan bola o‘yinda g‘olib hisoblanadi.
Shundan keyin bu bolalar bayroqchani yana stullarga qo‘yib, ooqaga qaytib
botqoqlikdan o‘tgach, taxtachalarni navbatdagi o‘rtoqlariga beradilar. O‘yin
hamma bolalar botqoqlikdan o‘tib bo‘lmaguncha davom etadi.
O‘rgimchak va pashsha
O‘rgimchak yashaydigan in xonaning bir burchagida bo‘ladi, o‘rgimchak ini
doira shaklida chizib qo‘yiladi. Tarbiyachi bolalardan bittasini o‘rgimchak qilib
saylaydi, u inida turadi. Qolgan bolalar pashsha bo‘ladilar. Tarbiyachi signali
bo‘yicha bolalar pashshaning uchishiga taqlid qilgan holda g‘uvillab yugurib,
qo‘llarini silkitadilar. Tarbiyachi “O‘rgimchak”—deyi- shi bilan pashshalar o‘z
joylarida qimirlamay qotib qoladilar, o‘rgimchak o‘z inidan chiqadi, agar biror
bola qimirlasa, uni o‘z iniga olib kiradi.
O‘rgimchak tarbiyachining signali bo‘yicha inidan 2—3 marta chiqadi.
Shundan keyin tutilganlar sonini aniqlagach, tarbiyachi yangi o‘rgimchakni
saylaydi. O‘yin yana davom ettiriladi.
Pashshalar faqat tarbiyachining signalidan keyin uchishlari mumkin.
«O‘rgimchak!» signalidan keyin pashshalar qimirlashi mumkin emas.
Eslatma. O‘rgimchakning har bir chiqishi 10 sekunddan oshmasligi
kerak, chunki bolalar bundan uzoq vaqt harakatsiz turishlari qiyin. O‘rgimchak
hamma o‘yinchilarga e’tibor berishi kerak. O‘yinni yakunlashda biror marta ham
o‘rgimchak iniga tushmagan bolalarni rag‘batlantirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |