O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Quvlab еtishga ulgur 
Maydonchaning yoki xonaning biror tomonidan chiziq o‘tkaziladi. Bolalar saf 
tortib turadilar. Ular orqasida 1—2 qadam narida 2—3 tutuvchi bola turadi. 
Tarbiyachi «Tuting!» deyishi bilan bolalar qochadilar, tutuvchilar ularni quvlay 
boshlaydilar. Tutilganlar chetga chiqib turadi. O‘yin qaytarilganda tarbiyachi 
tutuvchini endi boshqa bolalardan saylaydi. Biror marta qo‘lga tushmagan
shuningdek tez va chaqqon harakat qilgan tutuvchi bolalar maqtab quyiladi. 


147 
Chambarakni kim uzoqqa dumalatadi! 
Tarbiyachi bolalarni 4—5 ta zvenoga buladi. Har bir zveno bittadan chambarak 
bilan start chizig‘i oldida turadilar. Har bir zvenodagi bittadan bola chambarakni 
iloji boricha uzoqqa yumalatadi, chambarak yiqilay degan paytda uni ushlab 
qoladi. Agar bola chambarakni orqasidan quvib еtolmasa, ya’ni chambarak yiqilsa, 
uni еrdan ko‘tarmasligi kerak. Chiziqdan hammadan uzoqda qo‘lida chambarak 
bilan turgan o‘yinchi yutgan hisoblanadi. Keyin bola chambarakni o‘z zvenosidagi 
keyingi o‘yinchiga uzatadi. O‘yin davom etadi. 
Kim buyumni tez olib o‘tadi! 
Tarbiyachi guruhni 3—4 ta zvenoga bo‘ladi. Bolalar xonada uzunasiga 
qo‘yilgan stulchalarda yoki skameykalarda, zvenolarga bo‘lingan holda utiradilar. 
Xonaning yoki maydonchaning bir tomoniga (zvenolar soniga qarab) 3—4 ta stul 
qo‘yiladi, ularda 5—6 tadan biror narsa: koptok, kubiklar, qum to‘ldirilgan 
xaltachalar, bayroqchalar va hokazolar bo‘ladi. Bu narsalar turgan stullarning 
qarama-qarshi tomoniga 6—8 m nariga o‘shancha bo‘sh stullar quyiladi. 
Tarbiyachi har bir zvenodan bittadan bolani chaqiradi. Bolalar, narsalar qo‘yilgan 
stullar yonida turadilar va “Bir, ikki, uch—ol!” degan signaldan keyin bo‘sh 
stullarga o‘sha narsalarni olib o‘tadilar. Hamma narsalarni birinchi bo‘lib olib 
o‘tgan bolalar yutgan bo‘ladi, ularga nishon beriladi. So‘ngra zvenodagi boshqa 
bolalar musobaqalashadilar. Qaysi zveno ko‘proq nishon (znachok) olgan bo‘lsa, 
o‘sha zveno yutgan hisoblanadi. “Bir, ikki, uch —ol!” — so‘zini hamma 
o‘ynovchilar baravariga aytishlari mumkin. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling